O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va inovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Download 38.04 Kb.
bet7/7
Sana22.02.2023
Hajmi38.04 Kb.
#1222224
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Odam fizologiyasi

Po'stloq osti nerv markazlari. Bosh miya yarim sharlari oq moddasining orasida, oraliq miyaning ustki qismida kulrang modda to'plami bo'lib, u ikki qismdan iborat: oqimtir yadro va targ'l tana. Oqimtir yadro tana muskullari tarangligini va harakatini boshqaruvchi nerv markazi hisoblanadi. U o'zidan pastida joylashgan oraliq va o'rta miya funksiyalarini boshqaradi. Oqimtir yadro zararlansa, tana muskullarining tarangligi ortib qo'l-oyoqlarning harakati qiyinlashadi, yuz muskllarining tarangligi ortib, go'yo yuzga niqob kiygandek bo'ladi, ya'n, odamning har xii emotsional (xafa, xursand) holatlarini aniqlab bo'lmaydi. Targ'il tana oqimtir yadro ishini boshqaradi. Targ'il tana kasallansa oqimtir yadroning ishi kuchayib ketadi va tana muskullarining tarangligi pasayib, ixtiyorsiz harakatlar paydo bo'ladi. Bu nerv sistemasining revmatizm kasalligida sodir bo'ladi. Bu kasallik xoreya deb atalib, u ko'proq bolalarda uchraydi. Bunda bemorning qo'l-oyog'i vaqt-vaqti bilan o'z-o'zidan ixtiyorsiz silkinib qimirlaydi, ko'zi ixtiyorsiz yumilib ochiladi. Ba'zida tilini ixtiyorsiz chiqaradi. Odam qo'li qaltiragani uchun xat yozishi buziladi. Ba'zi tushunmagan ota-onalar, hatto o'qituvchilar bunday kasal bolaga tanbeh berishadi. Vaholanki, bu tartibsiz harakatlar uning ixtiyoriga bog'liq emas. O'z vaqtida shifokorga murojaat qilib davolansa, bemor tez orada tuzaladi.




Bosh miya katta yarim sharlari

Bosh miya o'ng va chap yarim shardan iborat bo'lib, ular qadoqsimon tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Qadoqsimon tana nerv tolalaridan tashkil topgan bo'lib, ular o'ng va chap yarim sharlaming bir-biri bilan aloqasini ta'minlaydi. Bosh miya yarim sharlari ikki qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po'stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat. Bosh miya yarim sharlari po'stloq qavatining qalinligi 25-30 mm bo'ladi. Po'stloq tekis bo'lmasdan pushta va egatlardan iborat. Miya po'stlog'ining bunday tuzilishi unda nihoyatda ko'p miqdorda nerv hujayralari joylashuviga imkon beradi. Binobarin, miya po'stlog'ida 14-16 mlrd atrofida nerv hujayralari joylashgan. Qizig'i shundaki, miya po'stlog'i pushtalarining soni barcha odamda deyarli bir xii, lekin ularning tuzilishi bamisoli qo'l kafti chiziqlari singari xilma-xil bo'ladi. Agar miya po'stlog'ining pushta va egatlari yozib tekislansa, uning umumiy sathi 1468-1670 sm' ni tashkil qiIadi. Miya yarim sharlari peshana, chakka, tepa, ensa qismlarga bo'linadi. Miya po'stlog'i mikroskopda tekshirilganda, undagi nerv hujayralari olti qavat bo'lib joylashganligi aniqlangan.





Foydalanilgan adabiyotlar
Ahmedov N., Sodiqova N., Normal anatomiya, normal fiziologiya, T., 2003.
Ahmedov, Nosir Ahmedov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.
Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
Ibodullayev ensiklopediyasi
www.asab.uz
Download 38.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling