O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalarvazirligi farg’ona davlat universiteti


Milliy musiqasining yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishdagi o’rni va ahamiyati


Download 258.5 Kb.
bet15/20
Sana07.04.2023
Hajmi258.5 Kb.
#1340988
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Mansurova N Monografiya 2023 (2)

3.2. Milliy musiqasining yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishdagi o’rni va ahamiyati.
O’sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish va ularni barkamol inson qilib tarbiyalashda o’zbek milliy musiqiy madaniyatning roli nihoyatda kattadir. Musiqiy ta’lim va tarbiyaning bosh maqsadlaridan biri yosh avlodni xalq qo’shiqlarimizga vorislik qila oladigan hamda umumbashariy musiqiy qadriyatlarni teran anglay oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga etkazishdan iboratdir. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiyani xalq qo’shiqlari merosi negizida shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, “... yoshlarimizni haqiqiy san’atni anglashga o’rgatish, ularning estetik olamini sog’lom asosda shakllantirish bo’yicha oldimizda juda muhim vazifalar turibdi”[8;89].
Ko’pgina ilmiy tadqiqotlarda ham xalq qo’shiqlari tarkibidagi folklor, mumtoz va maqom kuy-qo’shiqlarini yuksak tarbiyaviy-ta’sirchanlikka ega ekanligi, ularni yoshlar ma’naviy olamiga chuqurroq singdirish, badiiy-estetik tarbiyasida to’g’ri va maqsadli foydalanish orqali yuqori samaradorlikka erishishi mumkinligi asoslab berilgan. Masalan, folklor yo’nalishidagi xalq qo’shiqlari o’z mazmunida xalq hayotining eng muhim, o’ziga xos turli ko’rinishlari va qirralarini aks ettiradiki, musiqa darslarida ularni o’rganish o’quvchi-yoshlarni milliy o’zligini anglashlarida beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Xalq musiqa ijodiyoti har bir xalqning o’lkan ma’anaviy boyligi hisoblanadi. Uning tarkibidagi eng ommaviy, tarbiyaviy-ta’sirchan xalq qo’shiqlari o’zining g’oyaviy-badiiy mazmuni, xalq hayotining barcha qirralarini ifoda etishi kabi xususiyatlari bilan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy va estetik dunyoqarashini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. “Har qanday xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odatlari, an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada tabiiyki ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan bo’lib xizmat qiladi”.
Ta’kidlab o’tilgan ma’naviy meros, madaniy boyliklar, milliy qadriyatlar tizimida xalq qo’shiqchilik ijodiyoti alohida mavqega ega bo’lib, ular xalqimizning milliy urf-odatlari, an’analari, bayram marosimlari, tarixiy, diniy, falsafiy qarashlari bilan chambarchas bog’liq holda o’zida ma’naviy-ma’rifiy g’oyalarni mujassam etadi. Chunki, badiiy etuk, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan juda ko’plab xalq ijodiyotiga mansub kuy-qo’shiqlar, mumtoz va maqom ashulalari bevosita xalqning yaratuvchilik qudratini mahsuli bo’lib, ularning tarbiyaviy ta’sir kuchi eng avvalo ular mazmunidagi go’zallik, ulug’vorlik, jo’shqinlik, tushkunlik, g’amginlik, ma’yuslik his-tuyg’ularini uyg’otuvchi xususiyatlarga ega ekanligidadir. Shuni unutmasligimiz kerakki, xalq qo’shiqlaridan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishda ularni badiiy etukligi, g’oyaviy mazmuniga ko’ra tarbiyaviy-ta’sirchanlikka ega namunalariga e’tibor berish, o’quvchi-yoshlarni turli yosh davrlariga, ovoz diapozoni, kuylash imkoniyatlariga mos kelishiga ko’ra tanlash eng muhim pedagogik talablardandir. Aksincha, engil-elpi, badiiy sayoz qo’shiqlar esa bola qalbini his etish tuyg’usini, estetik didini nogiron qilib qo’yishi mumkin. Shuning uchun ilk maktab yoshlaridanoq chinakam san’at asari bo’lgan xalq ijodiga xos qo’shiqlar bilan engil-elpi, “bir eshitgulik” qo’shiqlarni farqlash, unga nisbatan o’z munosabatlarini bildira olishdek ko’nikma va malakalarini shakllantirib borish musiqiy-estetik tarbiyaning dolzarb vazifalaridandir.
Yurtimizda o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish, ularda milliy an’analar va san’atga bo’lgan qiziqishlarini, tafakkurlarini rivojlantirish, milliy san’at asarlari bilan tanishtirish hamda ta’lim muassasalarida kelajagimiz bo’lgan yoshlarga musiqa ta’limi orqali allomalar merosidan foydalanish soxasida olib borilayotgan ishlar va mashg’ulotlarni qayta tashkil etish zarurligi bugungi kun talabi sifatida yaqqol ko’rinib qoldi.
Musiqa-inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki mazmun vositasida aks ettiruvchi san’at turi. Musiqa insonni ma’naviy-ijtimoiy tafakkurini shakllantirishda, ulardagi turli kayfiyatlarni, ya’ni ko’tarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, g’amginlik, xavf-qo’rquv hislatlarini insonni his-tuyg’ularini, orzu-umidlarini, xoxish-istaklarini o’ziga xos badiiy tilda ifoda etib o’zida mujassamlantiradi. Musiqa - ham fan, ham san’atdir. Chunki, musiqa har doim rivojlanib turuvchi jonli san’atdir. Musiqa inson umrini doimiy yo’ldoshi, musiqa insonni yuragiga chuqur kirib, uni ichki kechinmalarini aks ettiruvchi kuchga ega. Bundan tashqari, musiqa shaxsni ifodaviy sifatlarini ya’ni, qat’iyatli, intiluvchanlik, o’ychanlik, vazminlik va uning tabiati (mijoz)ni ham aks ettiradi[9;55].
Kishilik jamiyatidan hammamizga ma’lumki, voqiylik ta’siri ostida paydo bo’ladigan sezgi va idrok tafakkurining asosiy manbaidir. Bolalarda bosh miya va sezgi organlarini taraqqiyoti etarli darajda yuksak bo’lmaganligi tufayli ularda sezuvchanlik bir muncha ta’sirli bo’ladi. Musiqani to’la-to’kis idrok etish uchun diqqat, xotira, tafakkur zarur va muhimdir. Musiqani to’liq idrok etish uchun inson psixologiyasining faoliyati xilma-xil bo’lmog’i lozim. Rus pedagogi V.A.Suxomilinskiy “Musiqa – inson tafakkurining ulkan manbaidir” – deb ta’rif bergan. Bolalar xissiyotining o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning muayyan sharoit bilan bog’liqligidir, ya’ni bolalarda sodir bo’ladigan xissiy kechinmalar aniq bir sharoitdagina vujudga keladi. Bolalar biron bir musiqa asarini tinglar ekanlar, musiqaning rang-barang ovozlari musiqaning ifoda vositalarini ya’ni, temp, ritm, kuy o’lchov, registr, dinamikalarini farqlashni, eshitgan musiqa asarlarini qaysi janrga mansub ekanligini bir-biridan farqlay olishni idrok eta boradilar. Bu maqsadni amalga oshirishda barcha sohalar kabi musiqa san’atining o’rni alohidadir[5;236].
Musiqa tarixiy davrlarga hos ruhiy tarovat, sur’at, ijtimoiy fikr va kechinmalarni umumlashgan holda ifodalanib, har bir davrning ma’naviy-ijtimoiy talablariga javob bergan holda inson hayotining asosiy mazmuni bo’lib kelgan. O’tmishda barcha xalqlar musiqaning ma’naviy-ijtimoiy tafakkuri kuchidan foydalangan holda o’z harbiy qo’shinlarini jangovarlik tayyorgarligini oshirishda alohida maqsadlardan foydalangan. Unda musiqadagi shahdamlik va ko’tarinkilik ulardagi jangovarlik ruhiyatini va salohiyatini oshirishga yordam bergan. Xatto, musiqa qadimdan asir tushgan mahbuslarni qatl etishda ham inson tafakkuriga, ongiga salbiy ta’sir etuvchi vosita bo’lgan. Mana shu jarayonda ijro etiladigan musiqiy tovush ohanglari o’limga mahkum etilgan mahbuslarni ruhiyatiga jiddiy ta’sir o’tkazgan yoki insonlarni dafn etish jarayonida va vidolashish vaqtlarida ijro etiladigan musiqiy ohanglar insonni chuqur qayg’uga, istirobga va o’kinch xislatlarini o’zida namoyon qiladi. Shu bilan bir qatorda musiqada hayot va o’lim, shaxs va jamiyat, ezgulik va zulm, qudratli va zaiflik kabi ko’rinishlarni ham o’zida aks ettiradi. Yaratilgan ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan sug’orilgan bo’lsa, inson tafakkuriga muhrlanib qoladi. Musiqaning inson ruhiyatiga, tafakkuriga ta’sir qilishning tugallanmas imkoniyatlari haqida qadimdan musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlarni diqqatini o’ziga qaratgan.
Agar biz o’zbek xalqining milliy an’analari va qadriyatlarini o’zida mujassam etgan o’tmish ma’naviyatimiz tarixiga murojaat etsak, musiqa asarlari ijrosida ajdodlarimiz bir-birlarini tarbiyalash borasida ko’pgina amaliy ishlar qilishgan. Musiqa san’atida o’zining ilmiy risolalari bilan tarixda iz qoldirgan mutafakkirlarimizdan Abu Nasr Forobiy “Ilmlarning kelib chiqish to’g’risida”gi asarida musiqa san’atining sehr kuchi, mo’jizakor ta’siri, inson ma’naviy kamoloti va salomatligini mustahkamlashdagi ahamiyati haqida shunday fikr yuritgan: “Bu ilm shunday ma’noda foydalikki, u o’z muvozanatini yo’qotgan odamlar hulqini tartibga keltiradi, mukammallikka etmagan hulqni mukammal qiladi va muvozanatda bo’lmagan odam hulqini muvozanatini saqlab turadi. Bu ilm tanning salomatligi uchun foydalidir, chunki, tan kasal bo’lsa, ruh ham so’ladi, tan to’siqqa uchrasa ruh ham to’siqqa uchraydi. Shuning uchun musiqa asboblarida ijro etiladigan sozlar ovozining ta’siri ruhni sog’aytirish yordamida tana sog’aytiriladi, ruh esa o’z kuchlarini tartibga solib, undan ozuqa oladi” – deb ta’rif bergan. Abu Nasr Forobiy musiqaga oid ko’plab asarlar yozgan. Alloma falsafa,mantiq,matematika va boshqa fanlar qatorida musiqa ilmini matematika fanlaridan biri deb hisoblagan. Manbalarda e’tirof etilishcha uning “Ilmlar klassifikattsiyasi”, ”Katta musiqa kitob”, ”Musiqaga kirish”, ”Ritmlar klassifikatsiyasi” kabi asarlarini misol qilib ko’rsatish mumkin[11;28].
Abu Ali ibn Sino ta’biriga ko’ra “Musiqa qalb kuchlariga ruhiy baxsh etadi, uni ortiqcha hayollardan tozalaydi. U yaxshi kayfiyat yaratish, quvnoq xissiyotlar hosil qilish orqali shifobaxsh ta’sir qilishi mumkin” – deb izox bergan.Alloma yashagan davrida, yangi talablarga bo’ysundirilgan holda o’zgartirilgan Rost, Zangula, Zirafqand, Raxoviy, Navro’z va shunga o’xshagan qadimiy yo’llar O’rta va Yaqin Sharq mumtoz musiqasining yangi tizimi maqomlar tarkibiga singdirila boshlagan. Bu davrda Ibn Sino yashab ijod qilgan Urganch, Ray, Hamadon kabi markaziy shaharlarda bastakorlar, ustoz xonanda va sozandalar ijodining barq urishi, musiqa tafakkurining yuksak namunalaridan bo’lgan maqomlarning joriy qilinishi, musiqa ilmi ham inson ma’naviyatining katta ehtiyoji natijisida yuzaga kelishini isbotlaydi.
“Musiqa ma’naviy-mafkura tafakkurini ko’zgusi” – bo’lishi kerak. Inson tafakkurini rivojlanishida musiqaning ta’sir imkoniyatlari shunchalik kengki, yuqori badiiy saviyada yaratilgan musiqa asarlari millatni ma’naviy tafakkurini yanada yuksaltirishda, undan zavq olishga, o’zida tinglovchini imonli, or-nomusli bo’lishga da’vat etuvchi fazilatlar mavjuddir. Musiqa – chegara va masofa bilmaydi, ijrochi ham tanlamaydi. Yaratilayotgan har bir musiqa asarlari inson tafakkurini rivojlantirishda mehr-muhabbat, o’zaro hurmat, bag’rikenglik, millatlararo totuvlik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga extirom xislatlarini o’zida mujassam etgan taqdirda yaratilsa xalqimizni o’lmas merosiga aylanib qoladi – deb o’ylaymiz[10;51].
O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid Davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 28 iyundagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va soxani rivojlantirishni yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida”[4]gi, 2019 yil 19-mart kuni davlatimiz rahbari tomonidan o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida ilgari surilgan “Yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirishda va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishda beshta muxum tashabbusi” aniq maqsadli vazifalardan kelib chiqqan holda ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlarini mazmunini tubdan yaxshilash, ularning ko’nikma va miqyosini kengaytirish, yoshlarda sog’lom dunyoqarashni shakllantirishda Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligiga komil insonni tarbiyalashda, “Yuksak ma’naviyatli avlod” tarbiyasida allomalar merosidan foydalanish ularni intelektual va ijodiy saloxiyatlarini ro’yobga chiqarishda asosiy kuch bo’lib xizmat qiladi.
Xalq qo’shiqlarining hayotbaxsh jozibasi, qudratli ta’sir kuchi ayniqsa barkamol avlodni tarbiyalashdagi bunyodkor kuchi haqidagi fikrlarimizni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi so’zlari ham yaqqol tasdiqlaydi: “... agar insonning qulog’i engil-elpi, tumtaroq ohanglarga o’rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma’naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi ham hech gap emas. Oxir-oqibatda bunday odam “Shashmaqom” singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo’ladi”.
Musiqa inson qalbini yumshatishi, unda iymonga dalolat etuvchi mehr-muxabbat va rahmdillik tuyg’ularini uyg’otishi mumkin. Shu bilan birga, maqomlar mazmunida buyuk davlat mafkurasiga muvofiq bo’lgan tasavvuf ta’limoti g’oyalarini badiiy ifoda etish vazifasi ham qo’yilgan. Tabiiyki, ushbu murakkab ilmiy masalalarni tadqqiq etish har tomonlama etuk musiqashunos olimlar zimmasiga yuklatilgan.
Musiqaning inson tarbiyasida, uning kamolotga erishishida, tafakkurining oshishida o’rni beqiyos. Musiqadan inson xarakterini aniqlashda ham foydalanish mumkin. Agar inson quvnoq bo’lsa, ommaviy musiqa shaydosi bo’lar ekan, agar jiddiy odam bo’lsa, ko’proq klassik musiqalarni tinglashni xush ko’rar ekan, yuqori intellekt egasi esa musiqa cholg’ularining texnik tomonidan mukammal chalinishiga e’tibor qaratar ekan. Agar odam beg’am, hech narsani o’ylamaydigan bo’lsa, unga musiqaning barchasi bir xil, faqat doira yoki baraban sadolari kuchli gumburlasa bo’ldi. Bu toifa odamlar musiqaning mazmuniga emas, balki usuli-ritmiga ko’proq e’tibor qaratar ekanlar.
Musiqaning kuchi nafaqat insonlarga, balki o’simlik va jonivorlarga ham ta’sir etadi. Yapon olimlarining aniqlashlaricha, doimo klassik musiqa yangrab turadigan xonadonlardagi o’simliklar 3-5 marotaba tezroq o’sgan. Shveytsariyada esa sigirlarni sog’ishdan bir soat oldin Bax asarlarini qo’yib berishar, bu hol esa boshqa sigirlarga nisbatan ko’proq sut sog’ib olishning afzal usullaridan deb hisoblanar ekan.
Yapon olimlarinig aniqlashicha mashinasida klassik musiqa eshitib yuradigan haydovchilarda, boshqa turdagi (rep, rok, metall) musiqa eshitib yuradigan haydovchilarga nisbatan avariya holatlari kamroq kuzatilgan. Chunki rok yo’nalishi odamda yovuz hislarni uyg’otishi mumkinligi haqida chet el matbuotlarida tez-tez yoritiladi. Bunga asosan yoshlar o’rtasida tobora qiziqish kuchayib borayotgan rok, metall kabi yo’nalishdagi musiqalar inson qonidagi adrenalinning oshishi, qon bosimining ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Bir necha soat rok guruhi kontsertida bo’lgan odam o’zida biror buyumni sindirishga, qo’pollik qilishga, urishishga moyillik sezadi. Bugungi kunda “bema’ni” musiqa janrlari to’g’risida soatlab gapirish mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, agarda siz sevib tinglaydigan kuy ohangi ona tabiat sadolariga mos ravishda bo’lsagina, sizga ruhiy quvvat baxsh etadi.
Sharq falsafasi talqinicha, inson hayotida besh xil alomat kuzatilar ekan: go’zallikdan sarxush bo’lish, yoshlik va jo’shqinlikdan sarxush bo’lish, boylikdan sarxush bo’lish, mansabparastlikdan sarxush bo’lish, ilmdan sarxush bo’lish. Ammo bularning barchasi musiqa sadolaridan sarxush bo’lish oldida go’yoki, quyosh chiqqanda yulduzlar so’nggandek qudratga ega ekan. Shuning uchun barcha davr allomalari musiqaning kuchini yuqori qo’yganlar. Musiqa yordamida inson tafakkuri charxlanib, inson qalbi, uning ichki va tashqi olami mukamllalikka erishadi.
Kuzatishlardan ma’lum bo’ladiki, musiqa san’ati insonga quyidagicha ta’sir etadi:
-tanani harakatga chaqiradi;
-insonning intelektual salohiyatini oshiradi;
-insonni go’zallikka chorlaydi;
-insonning ruhiyatiga ta’sir ko’rsatadi;
-inson qalbini mukammallikka chorlaydi.
Psixologiyada “Eshitish yo’li” termini ishlatiladi. Bu yo’l tovushni eshitishdan to inson miyasidagi asab markazlarigacha bo’lgan yo’lni o’z ichiga oladi. Masalan, eshikning g’irchillashi, oyna yuzini qirtishlash kabi tovushlar insonda salbiy holatlarni yuzaga keltirib, shu tovushni tezda bartaraf etishga moyillikni uyg’otadi.
Agar biz damli cholg’ular orkestri ijrosidagi kuyni tinglasak, o’z-o’zidan oyoq-qo’llarimizni musiqa usuli, ritmiga monand harakatga keltirishga moyillik sezamiz. U eshitish kanallari orqali qo’l-oyoqlarning harakat markaziga, yurak, qon-tomir tizimiga, inson ruhiyatiga ta’sir qilib, insonni tabassum qilishga (lab, ko’z markazlariga), inson kayfiyatini ko’tarishga bo’lgan moyillik hissini uyg’otadi.
Mumtoz (klassik) musiqalarni eshitish yo’li umuman boshqacha. Bunday musiqalar inson yuragi urish usuliga mos (minutiga 60-70 ta) bo’lib, inson organizmining barcha funktsiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Ba’zi musiqiy ohanglar inson miyasiga ta’sir qilib, uni stress holatlaridan xalos qilsa, ba’zilari tanadagi og’riqlarni qoldiradi, yana birlari organizmdagi modda almashinuvlarini tiklar ekan.
G’arb madaniyatida esa musiqada davolovchi kuch borligini faqat 20-asr o’rtalaridagina tan olishgan. Shu davrdan boshlab ruhshunos olimlar insonlarni davolashda musiqadan foydalana boshladilar. Shu tariqa tibbiyotda “musiqaterapevt” mutaxassisligi paydo bo’ldi. Hozirgi kunda ko’pgina ruhiy kasalliklar, depressiya holatidagi bemorlar, yosh bolalardagi ba’zi kasalliklarni davolash muolajalarida musiqa bilan davolash asosiy usullardan biri sifatida tan olingan.
Florida shtatining 660-qonunida har bir bola bir kunda 30 daqiqa musiqa tinglashi shart deb kiritilgan. Qonunshunoslarning fikricha, musiqa yosh bolalarning nafaqat tez uxlab qolishlariga yordam beradi, balki yosh bolalarda miyaning garmonik rivojlanishiga yordam berar ekan[5;234-237].
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, ta’limning barcha bo’g’inlarida yoshlarga musiqaning qaysi turini ko’proq tinglashligi va qaysi musiqa janrini tanlashiga e’tibor qaratishimiz hamda ularga kerakli ko’rsatmalar berishimiz lozim. Barkamol, komil inson tarbiyasida musiqa muhim vositalardan biridir.
Bizning tadqiqotimizning asosiy mazmunini xalq musiqasining yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishdagi o’rniga qaratilgan bo’lib, bu borada ilmiy rahbarim Sultonali Mannopov bilan amaliy tadqiqotlar olib borishga harakat qildik. Amaliy tadqiqotshundan iborat bo’ldiki, yoshlarni yosh jihatidan va ularni kasbiy faoliyatlarining hususiyatlaridan kelib chiqib to’rtta guruhga ajratib olib ulardan so’rovnoma o’tkazdik. Shunga ko’ra quyidagi savollar bilan ularni fikr va mulohazalarini taxlil qildik. Savollar quyidagicha tuzildi:

  1. O’zbek xalqining musiqa madaniyatini bilasizmi?

  2. O’zbek xalqi mumtoz musiqasi qanday nomlanadi?

  3. Shashmaqom nima?

  4. Hozirgi kundagi musiqa madaniyatiga fikringiz qanday?

  5. San’at va madaniyat sohalarida qanday yangiliklar bo’lishini hohlar edingiz?

  6. Milliy musiqaga qiziqasizmi?

  7. Milliy va zamonaviy musiqaning hususiyatlari nimalardan iborat?

  8. Zamonaviy musiqa tinglaganizda nimani his qilasiz?

  9. Milliy musiqa tinglaganizda ichki tuyg’ularingiz nima deydi?

  10. Musiqa insonga qay darajada zarur?

1-jadval.




Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling