O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalarvazirligi farg’ona davlat universiteti
III-Bob. O’zbek milliy musiqa merosini o’rganishni dolzarbligi va yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishdagi o’rni
Download 258.5 Kb.
|
Mansurova N Monografiya 2023 (2)
III-Bob. O’zbek milliy musiqa merosini o’rganishni dolzarbligi va yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishdagi o’rni
3.1. O’zbek milliy musiqa merosini o’rganishning dolzarbligi. O’zbek xalqining tarixiy-madaniy va diniy-ma’rifiy qadriyatlarini qayta tiklash va buyuk ajdodlarimizning ma’naviy-axloqiy, madaniy merosini o’rganish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bunda O’rta Osiyoda yashab, ijod qilgan san’at namoyondalarining ilmiy-madaniy merosi, shuningdek, sog’lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishga yordam beradigan milliy maqom san’ati muhim ahamiyat kasb etadi. “Nega deganda, agar insonning qulog’iga engil elpi, tumtaroq ohanglarga o’rnashib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning olamini soxta tushunchalar egallab olishi ham hech gap emas. Oxir-oqibatda bunday odam “Shashmaqom” singari milliy merosimizning noyob durdonalarini... qabul qilishi qiyin bo’lib qoladi”[31;33]. An’anaviy hayot tarzi, axloq me’yorlari hamda musiqaning ma’naviy ozuqasi bo’lgan milliy maqom san’atida insonni kamolotga undaydigan dunyoqarashlardan kelib chiquvchi boy mentalitet mavjud. “Maqom – ohangga joylashgan tafakkurdir. U qog’ozga bitilmagan, toshga o’yilmagan kitob ... uning ohanglari ona zaminga mehr uyg’otadi” [32;35]. Shularni nazarda tutgan holda yoshlarning ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirishda maqom san’atidan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozim deb o’ylaymiz. Ayniqsa, “O’zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”[1]gi qarorning o’z vaqtida e’lon qilinganligi maqom san’atining tarbiyaviy ahamiyati o’ta muhim ekanligidan dalolat beradi. Ana shunday durdona musiqa merosimizni asrab-avaylash, nazariy va amaliy o’zlashtirish, uni kelajak avlodga etkazib berish har qaysi musiqa nazariyotchisi va amaliyotchisining zimmasidagi muhim vazifadir. Bu sharafli yo’lda sidqidildan mehnat qilgan maqomdon ustozlar, musiqashunos olimlar va savodxon ijrochilarning samarali ilmiy izlanishlari hamda erishgan natijalarini e’tirof etish lozim. Sharq xalqlarida juda qadim zamonlardan mavjud bo’lgan musiqiy janr – maqomlardir. Ular mazkur xalqlarning o’ziga xos milliy musiqiy boyliklarini mujassam qilgan holda, sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan va uzoq madaniy-tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil musiqiy janr sifatida yuzaga kelgan. Maqomlar kishilarni ruhan tetiklashtiruvchi, ularning ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi sifatida qadim zamonlardan buyon bugungi kungacha insonlarga xizmat qilib kelmoqda. “Asrlar davomida ulug’ olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoiyligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san’at dunyo miqyosida katta shuhrat-e’tibor qozongan. Maqom san’atining gultoji bo’lgan “Shashmaqom” YuNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e’tirof etilgani hamda uning reprezentativ ro’yxatga kiritilgani buning yaqqol tasdig’idir”. Dunyo miqyosida tan olinayotgan mazkur san’at na’munasining ma’naviy ozuqasi, insonni ezgu amallarga chorlash xususiyati va tarbiyaviy ahamiyatini anglash lozim. Buning uchun, birinchi navbatda maqom namunalarini ilmiy tahlil etish va milliy musiqa ixlosmandlariga etkazib berish lozim bo’ladi. Bunday sharafli yo’lda mehnat qilib, maqom sirlarini yoshlarga o’rgatishda samarali faoliyat olib borayotgan ustozlarning o’rni katta albatta. Ushbu qo’llanma ana shunday ma’suliyatli vazifani amalga oshirib kelayotgan ustoz-murabbiylar va an’anaviy ijrochilik yo’nalishida tahsil olayotgan o’quvchi-talabalar uchun kichik bir dastak vazifasini bajarib beradi. Yoshlar tarbiyasida san’at to’garaklarini o’rni beqiyos bo’lib, yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishda to’garaklarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. 2019-yil 19-mart kuni O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoev boshchiligida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish maqsadida o’tkazilgan videoselektr yig’ilishida qabul qilingan 5ta muhim tashabbusning asl mohiyati ham shundan iboratdir. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha qabul qilingan 5 tashabbusning birinchisida ko’rsatib o’tilganidek, yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini yuksaltirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ko’plab ijtimoiy sohalarning tubdan modernizatsiya qilinishi, ijtimoiy turmush darajasining o’sishi aholining ijtimoiy – maishiy ehtiyojlarga bo’lgan talablarini oshirdi. Bugungi kunda O’zbekiston aholisining kundan-kunga o’sib borayotgan talab va ehtiyojlarini o’rgangan holda, yurtimizda bunyod etilayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlarida aholining ijtimoiy-madaniy faolligini qo’llab-quvvatlash bilan birga mazmunli dam olishiga e’tibor qaratilmoqda. Shu ma’noda yangidan tashkil etilayotgan zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarida ham asosiy urg’u aholi uchun yangi xizmat turlari, to’garaklar, badiiy havaskorlik jamoalari, studiyalar, qiziquvchilar uyushmalarini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Jumladan, ushbu markazlarda xalq havaskorlik ijodiyoti to’garaklari, milliy-amaliy san’at to’garaklari, nomoddiy madaniy meros durdonalarini o’rganish to’garaklari, studiyalar, qiziquvchilar uyushmalari, sport to’garaklari, xorijiy tillarni o’rganish kurslari vahakozolar tashkil etiladi. To’garak mashg’uloti – zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarida muayyan miqdordagi doimiy qatnashchilar tarkibi bilan qat’iy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yo’naltirilgan, aholining bo’sh vaqtini unumli va mazmunli o’tkazish uchun tashkil etilgan tadbirdir. To’garak mashg’ulotlari ma’lum bir yo’nalishda insoniyat tomonidan uzoq yillar mobaynida orttirilgan xayotiy tajribalarni to’garak a’zolariga juda qisqa vaqt ichida o’rgatishning eng samarali usulidir. Mashg’ulotning jamoa bo’lib amalga oshirilishi ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mashg’ulot to’garak a’zolariga yalpi o’rgatishni osonlashtiradi, ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qo’shadi, ishtirokchilarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga ko’maklashadi. To’garak mashg’uloti quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim; Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadga bo’ysundirilganligi; Qatnashchini komil shaxs sifatida shakllantirilishiga yo’naltirilganligi; - Ilmiyligi va izchilligi; - Bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirishga qaratilganligi; - Amaliy ahamiyatga ega ekanligi va h.k. Madaniyat va aholi dam olish markazlarida tuzilgan to’garaklar o’z faoliyatlarini milliy madaniyatimiz an’analarini o’rganish va saqlab qolishda jamoatchilik ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda badiiy ijod hamda havaskorlik ijodiy tashabbuslarini va aholini ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan to’garaklarni tashkil etish milliy qadriyatlardan foydalangan holda bolalarni jamoaviylikka, do’stlik va birodarlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, o’quvchilarni ma’naviy va estetik rivojlanishiga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida bolalarda yuksak ahloqiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. O’zbek mumtoz san’ati bo’lgan maqom san’ati xalqimizning musiqa merosi sifatida asrab, avaylanib, o’rganib kelinmoqda. Maqom san’atini bizgacha etib kelishida buyuk bastakor va sozandalarning xizmatlari beqiyosdir[1;34]. O’zbek musiqiy merosida markaziy o’rin tutgan maqomlar turkumi, o’zaro uzviy bog’langan mumtoz kuy va ashullalar majmui-shashmaqomni tashkil etadi. Shashmaqom-milliy hamda mintaqaviy musiqa an’analarining tarixiy taraqqiyot natijasi, bir qator bastakorlar avlodi san’atning qomusiy maxsulidir. Maqomlar musiqa merosimizda juda katta o’rin tutadi. Ular qadim zamonlardan beri rivojlanib kelayotgan o’zbek xalq professional musiqa san’atining yutuqlarini o’zida mujassamlashtirgan. Maqomlar xalq musiqasining boshqa janrlari bilan uzviy bog’langan holda rivojlanib keldi. Maqomlar rivojlanish jarayonida shaklan va mazmunan o’zgarib borgan. Davr o’tishi bilan qancha-qancha bastakorlar, xonanda va sozandalarning jon kuydirib izlanishlari, sayqal berishlari natijasida maqom yo’llari mukammallashib keldi. Avloddan-avlodga, ustozdan shogirdga og’zaki o’tib, bizga etib kelgan maqomlarning shakllanishi va taraqqiyotiga har bir avlod har bir sozanda, xonanda va bastakor o’z hissasini qo’shgan[1;34]. Shu sababli, maqomlarning kuy tuzilishida ularning nomlanishida va maqom yo’llarida uchraydigan doira usullarida turli tarixiy hayot sharoitlari chuqur iz qoldirgan. Shashmaqom olti maqomdan iborat bo’lib, Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan iborat. Ularning har birida 8-9 tadan cholg’u qismi va 35-40 tadan ashula qismlari mavjud bo’lib, jami 250 dan ortiq turli shakldagi kuy va ashulla namunalaridan iboratdir. Har bir maqom cholg’u va ashulla yo’llaridan tashkil topgan. Shashmaqomning ashulla yo’llarida o’zbek hamda fors mumtoz shoirlaridan Rudakiy, Jomiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Xofiz, Amiriy, Nodira, Zebuniso, Ogahiy kabi buyuk shoirlarning ishqiy-lirik, falsafiy, nasihatomuz, diniy mazmundagi g’azallari, shuningdek, xalq to’rtliklaridan foydalanilgan. Sozanda, xofiz va bastakorlar maqom yo’llarining ko’plab ijroviy talqinlarini kashf etdilar. Ular asosida yangi kuy va ashullalar yaratdilar. Bu musiqiy merosni kelajak avlodga va uning yosh ijrochilariga o’z holicha etkazish, buyuk san’atkorlar Jo’raxon Sultonov, Ortiqxo’ja Imomxo’jaev, Komuna Ismoilova, Berta Davidova, Orif Alimahsumov, Alijon Hasanov, Tolibjon Badinovlarning etuk musiqiy vorislarini tayyorlash musiqa o’qituvchilari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. O’zbek xalqi juda qadimiy va boy madaniyat tarixiga ega.Uning an’anaviy madaniyat va san’at sohasining sarchashmalari uzoq o’tmishga borib taqaladi. Qadim zamonlardayoq O’zbekiston zaminida yashagan xalqlar yuksak darajada taraqqiy topgan madaniy an’ana soxiblari, etuk allomalari bo’lganliklari bizga tarixdan ma’lum. Sharqning qomusiy olimlari Imom-al Buhoriy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Maxmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib, Alisher navoiy Abdulla Avloniy, Burhoniddin Marg’inoniy, Muhammad Rizo Ogahiy asarlarida ta’lim-tarbiya, shaxs kamoloti borasida turli nazariy fikrlar yuritilgan. Jumladan, o’z davrining etuk namoyondasi bo’lgan Muhammad Rizo Ogahiy(1809-1874) o’zining ma’rifiy-axloqiy qarashlarida inson barkamol bo’lib etishishi uchun yoshlikdan ilm va kasb-hunar egallashi shart ekanligini ta’kidlaydiki, uningcha, ilm-ma’rifat insonning ma’naviy kamolotida va jamiyatdagi taraqqiyotida kuchli vositadir. Mutafakkirning nazarida dunyoviy ilm inson aqlini boyitadi, bu jihatdan uning dunyoviy mantiq ilmini o’rganish haqidagi fikrlari muhim ahamiyatga ega. U o’z ijodi jarayonida shaxsning estetik tarbiyasiga va nutq madaniyatiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha, kishi o’zini behuda gaplardan tiyishi, o’z gaplari bilan suhbatdoshiga va tevarak-atrofdagilarga lazzat bag’ishlashi eng go’zal insoniy fazilatlardan hisoblanadi[2;41]. Xuddi shuningdek Mahmud Qoshg’ariy (XI asrda yashagan, tug’ilgan va vafot etgan yili noma’lum) ilmning turli sohalari, hususan, arab va turk tillari, fors adabiyoti bilan shug’ullanib, ularni puxta egallagan edi. U til sohasidagi mashhur asarini yozishdan oldin o’sha davrda juda katta hududda yashagan turkiy xalqlarning tili, urf-odati, turmush tarzi, kasb-kori, og’zaki ijodi haqida bir necha yillar mobaynida chidam bilan material to’pladi, butun mavorounnaxr, Xorazm, Buxoro, Farg’ona va Yuqori Chinni kezib chiqdi. Maxmud Qoshg’ariy turkiy tillarni o’rganishga bag’ishlangan 2 ta asar yozib qoldirgan. Shulardan biri “Javoxirun-nahv fi lug’otit turk” (Turkiy tillarning nahv(sintaksis qoidalari) nomi bilan yuritilgan.Lekin bu asar hozirgacha topilmagan. Uning bizgacha etib kelgan mashhur asari “Devoni lug’otit-turk” (“Turkiy so’zlar devoni”) deb ataladi. Asar turli qabila va xalqlarning tili, leksikasi, fonetikasi, morfologiya va dialektologiyasi haqida juda boy materialdir. U, ayniqsa, til tarixi bilan shug’ullanuvchi olimlar uchun qimmatbaho manba hisoblanadi. Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo’lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo’lishdek hayotiy talablarni qo’ymoqda[3;53]. Shiddat bilan o’zgarayotgan dunyoda o’quvchi-yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog’lom e’tiqodlilik, ma’rifatlilik, diniy va milliy bag’rikenglik, ma’naviy etuklik kabi fazilatlarni shakllantirish kun tartibidagi asosiy masalalarga aylanib bormoqda. “Jumladan, yoshlar tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab mafkuraviy jarayonlarga to’g’ri baho bera olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda to’g’ri qaror qabul qilish, hayotda o’z o’rnini topish bilan bog’liq bo’lgan aniq maqsadlarni shakllantira olishga o’rgatish, buning natijasi o’laroq, oila-jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni uzilib qolishining oldini olish, loqaydlik, huquqbuzarlik, «ommaviy madaniyat»ning turli ko’rinishlaridan saqlash imkoni yaratiladi”[1]. O’zbekiston Respublikasini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy rivojlantirishning muhim omili bo’lgan yoshlar tarbiyasi shaxsan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuskorligida davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Shu yilning iyul oyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida «Tarbiya» fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori e’lon qilinishi buning yaqqol tasdig’idir. Tarbiyalash deganda har tomonlama etuk – o’zida axloqiy poklik, ma’naviy boylik va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan insonni etishtirish nazarda tutiladi. Tarbiyalashdagi vazifalar orasida kishilarni estetik did va ehtiyojlarini shakllantirish katta rol o’ynaydi. Estetik tarbiya tizimida san’at etakchi o’rinda turadi. Hozirga qadar estetik tarbiyaning mazmuni hamda vazifalari turlicha talqin qilib kelingan. Ko’pchilik olimlar va tarbiyachi-murabbiylar estetik tarbiyaga badiiy idrok, did va ehtiyojlarni tarkib toptirish vositalari, shakllari hamda usullarining tizimi sifatida qaraydilar. Hozirga qadar yoshlarni shunday uslubda tarbiyalab kelmoqdalar. Lekin, yoshlarni bunday bir tomonlama tarbiyalash ko’ngilsiz natija berishi mumkin. “Ya’ni, biz so’zning tor ma’nosida “estetlarni”, boshqacha aytganda badiiy shakllarni yaxshi biladigan, faqat tashqi go’zallikni idrok etadigan, lekin ma’naviy jihatdan qashshoq, ...san’at asarlarining mazmunidagi go’zallik va xunuklikni ko’rmaydigan hamda anglolmaydigan kishilarni etishtirishimiz mumkin”[4;17]. Tarbiyalashda estetik didni shakllantirishning o’zi etarli emas. Yoshlarni ma’naviy dunyoqarashini boyitishda ularga bevosita ta’sir o’tkazuvchi omillarning yaxshi va foydalisini, yomon va zararlisini ajratib berish darkor. Shu bois, yoshlar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan musiqa san’ati haqida to’g’ri tushunchalar berish, ularda musiqiy didni shakllantirish bugungi kunning dolzarb mavzularidandir[5;73]. Musiqa jamiyat rivojlanishining hamma bosqichlarida ham insonni tarbiyalash va ma’naviy boyitishning bir vositasi sifatida xizmat qiladi. Hozirgi bosqichda, ya’ni texnikaning mo’lligi, hayot maromining tezlashuvi hamda inson o’zlashtirishi lozim bo’lgan axborotlarning ko’payishi aqlni rivojlantirsa-da, hissiyotlarni ma’lum darajada qashshoqlantirishi ham mumkin. Ana shu hodisa yuz bermasligi uchun mamlakatimizda shaxsni har tomonlama kamol toptirishning barcha tadbirlari qo’llanilishi lozim. Bu vazifani amalga oshirishda musiqa katta o’rin egallaydi. Bundan tashqari ommaviy madaniyatning salbiy ko’rinishlaridan biri bo’lgan horijiy engil-elpi musiqalarni kirib kelishi va yoshlar ongiga, yurish-turishi, kiyinish madaniyati va muomalasiga ham bevosita ta’sir o’tkazayotganini inkor etib bo’lmaydi. Bunga qarshi kurashish yoshlarda musiqiy did va musiqiy immunitetdi hosil qilish bilan amalga oshiriladi. Ya’ni, yoshlar nega oson tushiniladigan, quvnoq, engil hazm qilinadigan musiqani muntazam tinglash tarbiyaga salbiy ta’sir ko’rsatishini anglashlari kerak. Mashhur musiqachi-pedagog D. Kobalevskiy shunday degan edi: “Chinakam san’at modalar ta’sirida buzilmaydi, u asrlar davomida yashaydi va insoniyatning ma’naviy dunyosini boyitadi, o’zi eskirmaydi. Ko’ngilochar musiqa esa odatda o’tkinchi modalarning beqaror qonunlariga bo’ysunadi. Eng muvaffaqiyatli estrada qo’shiqlari ham bir yilcha, bir necha oy, xatto, bir necha haftagina yashaydi. Ko’ngilochar asarlar darrov me’daga tegadi, o’z jozibasini yo’qotadi va yanada qiziqarliroq narsaga ehtiyoj tug’diradi, keyin undan ham qiziqarli narsaga intilish paydo bo’ladi va bu hol cheksiz davom etaveradi”[6;146]. Musiqa faqatgina vaqt o’tkazish, ko’ngilxushlik manbai bo’lib emas, balki nafis hissiyotlarni uyg’otadigan, ezgu g’oyalar bilan yo’g’rilib, oliy maqsad sari etaklash xususiyatiga ham egadir. Agar asl musiqa namunalarini tushunib tinglansa, ana shu holatda ham inson ma’naviy tarbiyalanishi, qalbining so’z etib bora olmaydigan joylarini ham oziqlantirishi mumkin. Bunday musiqa asrlar davomida insonlarni ma’naviyatini boyitib, o’zi eskirmay kelayotgan – Maqomlardir. Maqomlarni bunday e’tirofga ega bo’lishiga etarlicha sabab va dalillar mavjud. Chunki, maqomlarning kuy ohangi mukammal pardalar yig’indisidan iborat. Bu haqda o’tmishda yashab o’tgan bir qator allomalar – Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Safiuddin Urmaviy, Hoja Abdulqodir Marog’iy, Darvesh Ali Changiy, Alisher Navoiy kabi o’z davrining etuk arboblari musiqaga oid risolalarida batafsil bayon etganlar. Qomusiy olimlarning maqomlar masalasida olib borgan ilmiy izlanishlari shundan darak beradiki, mazkur janr o’zining nazariy, ilmiy va eng asosiysi diniy-falsafiy asoslariga ega. Shu bilan birga maqomlarning ashula yo’llarida mutafakkir shoirlarning yuqori saviyali g’azallari kuylanganligi ham ushbu durdona asarlar chuqur falsafiy mavzularni tarannum etishini ko’rsatadi. Hususan, XVIII asr o’rtalarida Buxoroda shakllangan Shashmaqom (olti maqom)dagi ashula yo’llariga aytilgan she’r matnlari Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Fuzuliy kabi mumtoz adabiyot sultonlari tomonidan bitilgan g’azallardan iboratligi mazkur maqom yo’llarining yuqori saviyali, ziyolilar va hos tinglovchilar uchun yaratilgan musiqa ekanligidan dalolat beradi. Demak, maqomlarni tinglash va tushunish insonni ziyoli bo’lishiga ham sabab bo’ladi. Maqom namunalarining asosiy sho’’balariga aytilgan barcha g’azal matnlarida ilohiy ishq kuylanadi. Shashmaqomdagi ashula bo’limidagi sho’’balarga ularning kuy yo’liga mos vazndagi g’azallarning eng sara namunalari tanlab olinib ijro etilganki, tinglovchi asarning ohang va matn mazmunini tushungani sari ma’naviy dunyosi boyib boraveradi. Mumtoz musiqa nazariyotchisi va ijrochilarining zimmasidagi eng asosiy vazifa maqomlarni nazariy, amaliy va diniy-falsafiy jihatdan o’rganib, bu haqda o’quvchi yoshlar va talabalarga to’laqonli tushuncha berishdan ibotar. Shunda yoshlarimizda musiqiy did rivojlanib, asl va sun’iy san’atni ajrata olish qobiliyati shakllanadi. Natijada milliy g’urur, ajdodlar merosiga bo’lgan xurmat ortib boradi. Bunday yoshlar ommaviy madaniyatning salbiy turlari va ma’nisiz, jazavaga tushadigan, to’qlikka-sho’xlik qabilida yaratilgan ayrim xorijiy musiqalarga ergashib ketmaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, bizning tariximiz o’ziga xos boy madaniy merosga ega, uni o’rganish va targ’ib etish masalalarida davlatimiz, xususan Prezidentimiz tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqdalar. Shunday dorilomon zamonda allomalarimiz tomonidan qoldirilgan ma’naviy me’rosni o’z vaqtida kelajak yosh avlodga etkazib berish - bizning muqaddas burchimizdir. O’qituvchi maqom yo’nalishidagi ashulalarni o’rgatish jarayonida doira usullariga alohida e’tibor berishi kerak. Chunki doira usullari maqom yo’llarini to’g’ri ijro etishda eng muhim omillardan biridir. Doira usullari maqomlardagi kuy va ashulalarning xarakterli tomonlarini ochib berishda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ritm va temp buzilmaydi. Maqomlarni yakka tartibda yoki jamoa bo’lib kuylash mumkin. Lekin bizning asosiy vazifamizdan biri musiqiy durdonalarimiz hisoblanmish maqom san’atining mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirish, to’g’ri ijro etishni o’rgatish orqali uni jahon san’ati darajasigacha ko’tarish va kelajak avlodga o’z holicha etkazishdir. Demak, oldimizda turgan katta vazifalardan biri yoshlarimizga buyuk merosimizni o’rgatish, ularni ijodiy faollikka jalb etish va maqom yo’llarini o’rgatishdan iboratdir. Bu borada biz murabbiy va ustozlarga prezident tomonidan muhim topshiriq berildi-ki, unda har bir ta’lim muassasalarida, san’at o’quv yurtlarida, oliy ta’lim muassasalarida, maqom ansambllari tuzilib, yoshlarimizga ana shunday buyuk merosimiz namunalarini o’rgatish, ular o’rtasida keng targ’ib qilish ishlarini olib borish topshirildi[7;134]. Shu o’rinda mamlakatimiz prezidentining “biz xalqimizning noyob merosi bo’lgan maqom san’atini nafaqat yurtimizda, balki butun dunyo bo’ylab keng targ’ib qilish, kerak bo’lsa xalqaro miqyosda maqom tanlovlarini tashkil etish ustida ishlashimiz kerak” degan iboralarini dasturilamal qilib olishimiz kerak. Buning uchun biz ustozlar oldida ulkan bir mas’uliyat turibdiki, biz bunga erishish uchun tinmay mehnat qilishimiz, yoshlarni tarbiyalashimiz etuk san’atkorlarni etishib chiqishida o’z hissamizni qo’shishimiz kerak. Download 258.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling