O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalarvazirligi farg’ona davlat universiteti
Download 258.5 Kb.
|
Mansurova N Monografiya 2023 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavsumiy marosim qo’shiqlari.
- Erkin mavzudagi aytimlar.
Hunarmandchilik qo’shiqlari. Hunarmandchilik bilan bog’liq qo’shiqlar asosan ayollar tomonidan ularning ichki kechinmalari, dardlarini aytish orqali ish jarayonlarida ifoda etganlar. Bu qo’shiqlar asosan ip yigirish, gilam to’qish, do’ppi tikish, tikuvchilik kabi mehnat jarayonlari bilan bog’liqdir. Shu tariqa mehnat bilan boshlangan qo’shiqlar “Dil yozdi” ohanglariga ulanib ketgan.
Mavsumiy marosim qo’shiqlari.Mavumiy marosim qo’shiqlari asosan yil fasllarida yuz beradigan voqea va hodisalar bilan bog’liqdir. Masalan: Navro’z bayrami, Sust xotin, Shox moylar, Gul bayramlari – bahor faslida; Choy momo- yoz faslida; Hosil bayrami, Oblo baraka, Shamol chaqirish – kuz faslida; Yas-yusun, Gap-gashtak kabi qo’shiqlar qish fasllarida ijro etilgan. Mavsumiy marosim qo’shiqlarining eng ko’p namunalari bahor fasli va undagi marosimlar bilan bog’liq. navro’z bayrami munosabati bilan o’tkaziladigan marosimlarda bolala ijodiyoti e’tiborga loyiqdir. Bolalar kattalar qatori marosimlarda qatnashib kelganlar. Shu bois “Boychechak”, “Laylak keldi”, “Oq terakmi – ko’k terak” kabi bolalar tabiatiga mos o’yin- qo’shiqlar ijod qilingan [18;11]. Shuningdek, “Yor-Yor”, “Kelin salom”, “Yig’i” hamda diniy mazmundagi qo’shiqlar oilaviy marosim qo’shiqlari sirasiga kiradi. kabi qo’shiqlar ham marosim qo’shiqlari ichida o’ziga xos an’ana kasb etadi. Erkin mavzudagi aytimlar.Bu turdagi aytim qo’shiqlari asosan xalq orasida erkin mavzularda kuylanuvchi va mahalliy hududlarga xos bo’lgan qo’shiqlarga bo’linadi. Qo’shiq. Qo’shiq – she’r va kuyi xalq tomonidan ijod qilinib va xalq orasida keng tarqalgan janr; qo’shiq she’rlari bir necha band bo’lib, ba’zan naqarotli bo’ladi. Qadimda xalq orasida keng tarqalgan bu janrning she’r va muzikasi bir yo’la yaratilgan. Hozir O’zbekistonda bastakor va kompozitorlar yaratayotgan qo’shiqlar mavzusi boy va turli-tuman, ular turli marosim, mehnat, ishqiy-lirik, qahramonlik mavzularini o’z ichiga oladi [19;435]. l Qo’shiq odatda oddiy barmoq vaznida yozilgan she’rlarga asoslanib yaratiladi. U to’rtliklardan iborat bo’ladi. Uning musiqiy shakli unchalik katta bo’lmagan intervallarini tashkil etadi. Ba’zan oktkavagacha bo’lgan diopozonni ham tashkil etadi. Terma.Xalq musiqasida juda ken qo’llaniladigan janrlardan biri termalardir. Terma- saralab olingan, tanlangan, terib olingan, saylangan degan ma’nolarni anglatadi. Terma janrining xalq ijodiyotida ikki turi mavjud bo’lib: birinchisi: baxshilar, go’yandalar, doston ijrochilari, shoirlar tomonidan ijro etiladigan termalar; ikkinchisi: xalq termalari bo’lib, xalq orasidagi kuy va qo’shiqlarni bir-biriga mutanosib tarzda terma qilib ijro etiladigan termalardir. Ommaviy bayramlarda, xalq sayllarida, to’y marosimlarida va turli yig’in marosimlarda baxshilar tomonidan dostonlardan turli xil termalar ijro etiladi. Xalq orasidagi termachilar esa kuy va qo’shiqlardan saralab sho’x, raqsbop termalarni ijro etishadi. Bu asriy an’analar bugungi kunda ham davom etib kelmoqda va rivojlanib, yangi-yangi ijod namunalarini ijrochilar tomonidan kashf etilmoqda. Lapar atamasi taxminga ko’ra, ikki so’zga (la-par) birikmasidan hosil bo’lgan: “par” – juft ikki kishi [20;571]ma’nosida, ko’makdosh yasovchi “la” esa “aytmoq”(aytish) fe’li o’rnida (masalan, “kuy-la”, “so’z-la” kabi) keladi. Demak lapar deganda ikki kishi aytishuvi nazarda tutiladi [17;205]. Laparlar asosan yigit va qiz o’rtasida lapar-aytishuvlari o’tkazilgan. Bunday vaziyat esa ko’proq an’anaviy nikoh to’y marosimida, qiz oshi bazmida yuzaga kelgan. Bunda “qizlar va yigitlar tomonidan ikki kishi sal oldinroqqa chiqib lapar aytishadi. Lapar bilan qiz va yigitlar bir-birlariga muhabbat izhor etib, tanishgan va ahdi-paymon qilishgan. O’z yurak dardini musiqasiz ma’lum ohangda ashula qilib aytishgan. Bordi-yu lapar aytayotgan yigit va qiz bir-birini yoqtirib qolsa, lapar aytib turib bir-biriga sovg’a berishgan” [21;90]. O’zbek xalq laparlari folklorimizning mustaqil janrlaridan biri bo’lib, u o’zining tarixiylik ildizlari bilan ancha qadimiydir. Bu qadimiylik janrning ijro o’rni-bevosita marosim bilan aloqadorlikda yaratish va ijro etish, ijro tarzi-ikki jinsga mansub shaxslar o’rtasida aytishuv shaklida voqe bo’lishi, o’z tarkibida so’z va musiqa uyg’unligi, xoreografik hamda dramatik turga xos hususiyatlarning mavjudligi – folklorga xos sinkretizmning ishtirok etishi bilan to’la tasdiqlanadi [22;3]Laparlarda raqsbop doira usullari ham tez-tez qo’llanib turiladiki, bu hol goho laparchilarning navbatma-navbat raqsga tushib kuylashlariga sabab bo’ladi. Xalq laparlarini yig’ish va ularni chop etishda adabiyotshunos olim, etnograf Elbek bu sohada ulkan ishlarni olib borgan va uning “Laparlar” nomi ostida xalq qo’shiqlarini chop qildirgan (1922 y). Ushbu adabiyotda olimning lapar hususida quyidagicha yozadi: “laparlar o’peraga yaqinroq bir ruhda aytilgan narsa bo’lib, buni qizlarning nikohidan bir-ikki kun burun o’yun kechasida kuy bilan aytib o’quydilar. Munda kelin bo’lg’uchi qiz o’zining yaqin o’rtoqlarini choqirib bazm kechasi yasaydilar. Buning bu kechasiga qizlardan tashqari xotunlar va kuyov tomonidan yigitlar ham keladilar. Bu ko’ngilli kechani boshqarish ishi qari xotunlarg’a topshirilg’anlikdan, tartib saqlab kechani juda yaxshi o’tkazadilar [23;22]”. Yalla – ko’p hususiyatlari, jumladan, raqsning qo’llanilishi, ijroda ko’pchilikning ishtirok etishi kabi jihatlari bilan laparga yaqin bo’lgan janrdir. Ammo laparda eng avvalo, aytishuvlik sifati muhim bo’lgani holda, yallada badiiy so’z(she’riyat) kuy va raqsning mushtarakligi nisbatan barqarordir. Shu boisdan yallaga “raqsiy aytim” (Karomatov F), ya’ni raqs bilan kuylanadigan aytim iborasi qo’llanib turiladi. Ushbu holat “yalla” atamasida ham ma’lum aks etgan. chunonchi xalq og’zaki ijodida “yalla” so’z “o’ynab-kulish”, “o’ynab-kuylash” va umuman, xushvaqt bo’lishlik ma’nolarida qo’llaniladi. Shundan kelib chiqqan holda, “yalla” so’zini “o’ynab-kuyla” ma’nosining qisqartma “yal-la” birikmasidagi ifodasidir, deb taxmin qilish mumkin. Yallalar laparlardan farli o’laroq, naqarotli band shaklida bo’ladi. Bunda yakkaxon (yallachi) doira, dutor yoki cholg’u ansambli jo’rligida raqsga tushib bandlarni kuylasa, naqarotni ko’pchilik(naqarotchilar) yallaning band-naqarot (yoki naqarot-band) shakliga monand holda navbatma-navbat kuylashadi. Yallaning o’ynab-kuylash hususiyati uning so’z (she’r) va kuy (musiqa) asoslarida o’ziga xos aks etadi. Jumladan barmoq vaznli she’rlari asosan engil hazil-mutoyiba bilan yo’g’irilgan sevgi mavzularida bo’lib, naqarotlarida esa ko’pincha o’ynab-kulishga,xush kayfiyat bo’lishga da’vat etuvchi “yalla” so’zi hamda uning “yallo”, “yalli” kabi ma’nodoshlari ishlatiladi: Yallama yorim, yallola, Yallolashaylik, bedodlashaylik(va.h.k) Ba’zan “yalla” o’rnida “o’yin”, “o’ynasin”, “aylansin”, “o’rgilay”, “tarallo”, “xoralli” kabi so’z iboralari ham ishlatiladi. Yallalarning raqs-o’yin hususiyati ayniqsa, ritm omilida yorqin zuhur etadi. Chunonchi aksariyat yallalarda 6G’8 ritm o’lchovida kelgan jozibali rasbop ufar usulining quyidagi turli varimntlar keng qo’llaniladi [17;207]. G’yoki G’ Download 258.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling