O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalarvazirligi farg’ona davlat universiteti


II-Bob. O’zbek milliy musiqa merosining janrlari


Download 258.5 Kb.
bet9/20
Sana07.04.2023
Hajmi258.5 Kb.
#1340988
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Mansurova N Monografiya 2023 (2)

II-Bob. O’zbek milliy musiqa merosining janrlari.
2.1. Milliy musiqiy meros turlari.
O’zbek xalqining musiqiy madaniyati va san’ati tarixi va uni kelib chiqishi, ilmiy-ijodiy merosi, buyuk musiqashunos allomalar va ularning ilmiy meroslari nazariyasi va tadqiqotlari haqida yuqorida yozgan edik. Shundayekan, o’zbek milliy musiqa janrlari haqida ham alohida to’htalib o’tishni joiz deb bildik.
O’zbek xalqining o’z ildizlari bilan qadi-qadim zamonlarga borib taqaladigan boy musiqa merosi bizning kunlarimizda ham yangramoqda. U o’zining xalq ijodi (ya’ni folklor) hamda kuy tuzilishi jihatidan rvojlangan ashula va cholg’u asarlari-dostonlar va maqom musiqasini birlashtiridi [14;3].
Musiqa asosan, xalq va og’zaki an’anadagi professional musiqa sifatida qadimdan rivojlanib kelgan. Xalq musiqasida lapar, terma, yalla, qo’shiqlarning turli xillari (marosim, maishiy, mehat, o’yin, raqs, lirik, nasihatomuz va b.), og’zaki an’anada, o’zbek professional musiqasida esa doston, katta ashula, ashula, maqom, cholg’u yo’llari kabi janrlar mavjud [15;147].
O’zbek xalqining musiqiy madaniyati serqirra ijod mahsuliga juda boydir. U turli xil xalq og’zaki ijodi, kasbiy musiqa va professional musiqa ijodi janrlariga bo’linadi. Har bir janr o’ziga xos, takrorlanmas, ohanglar va ulublarga egaligi bilan bir-biridan farqlanib turadi. Ayniqsa musiqa turlarining vohalar va vodiylarga xos bo’lgan lokal ijrochiligi an’analari ham keng tarqalgan va yaxshi rivojlangan.
XX asrning 80- yillariga kelib xalq ijodiyoti namunalarini targ’ib etuvchi folklor jamoalariga birmuncha e’tibor berilishi shunday jmoalar paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun zamin yaratdi. O’z navbatida, tashkil topgan jamoalar yashab turgan hududlari chegarasida saqlanib qolgan xalq qo’shiqlari, kuylari, raqslari, udumlari va urf-odatlarini o’rganish hamda sahna vositasida targ’ib qilishga kirishib ketdilar [16;6].
Xalq og’zaki ijodiyotida folklor san’ati alohida o’rinni egallaydi. U mazmun jihatidan keng ma’noni anglatadi va shu tufayli o’z ichiga xilma-xil shakl va tur (aytim, cholg’u kuy)larini qamrab oladi. Unining ko’rinishlari dastalab qobiliyatli insonlar tomonidan yakka yoki jamoa tarzida yaratilib, keyin xalq orasida tarqalib, ommaviylashib boradi. Shu tariqida bir necha ming yillardan buyon xalq qo’shiq-kuylari ajdodlardan-avlodlarga og’zaki tarzda meros sifatida bizgacha etib keldi. Ammo bu an’analar og’zaki tarzda o’rgatilgani bois, asrlar davomida turli xil o’zgarishlarga uchrab, har bir ijrochining ijro imkoniyatidan kelib chiqib, musiqiy folklor ananalarning turlicha ko’rinishlari yuzaga kelgan.
Xalq aytimlari tarkiban va tabiatan sinkretik san’atdir. Bunda so’z, kuy va o’yin (raqs va umuman ma’lum harakat) unsurlarining o’zaro “qorishib” kelishini anglatadi. Chunki musiqiy folklor namunalari kelib chiqish mabalariga ko’ra xalq hayoti bilan bog’liq turli ko’rinishlarda, hususan, mehnat jarayoni, oilaviy marosim va urf-odatlar, sayl va boshqa ommaviy tantanalarida qaror topgan va ijro etib kelingan[17;195].
Musiqiy folklor namunalari xalq hayotida tutgan o’rni va ahamiyati jihatidan ikki guruhga tasniflanadi:
1. Ijro etilishi turli vaziyatlari bilan bog’liq bo’lgan qo’shiqlar;
2. Erkin mavzudagi qo’shiqlar (Inpravizatsiya qo’shiqlari ham kiradi).
Birinchi turdagi qo’shiqlar mehnat jarayoni, mavsumiy va oilaviy marosim aytimlariga xos bo’lib, ma’lum vaziyatlar yuzaga kelganda ijro etilishi nazarda tutiladi. Masalan, “Alla” aytimi chaqaloqni uhlatayotganda, “Yor-Yor” qo’shig’i kelin uzatish marosimida, “Qo’sh hayda” aytimi mehnat marosimida erni haydash jarayonlarida aytishni taqazo etadi.
Erkin mavzudagi kuy-qo’shiqlar esa, terma, yalla, lapar, o’lan kabi janrlarni tashkil etadi. Ular vaqt va maxsus joy va mavsum tanlamaydi. Ihtiyoriy tarzda ijro etilaveradi.

Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling