O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalarvazirligi farg’ona davlat universiteti


Download 258.5 Kb.
bet6/20
Sana07.04.2023
Hajmi258.5 Kb.
#1340988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Mansurova N Monografiya 2023 (2)

Abu Ali ibn Sino(980-1037)Abu Ali ibn Sino Sharq va G’arbning eng buyuk mutafakkirlari qatoridan o’rin olgan qomusiy olimdir. Uning ilmiy merosida musiqasan’ati alohida ahamiyat kasb etadi. Ibn Sino fanning turli sohalarida 450 dan ziyod ilmiy risilolar yozgan deyilsa-da, ammo uning bizgacha etib kelgan asarlari 242 tani tashkil etadi. Ibn Sino ilmiy merosini o’rganuvchi olimlar tomonidan uning musiqa ilmiga bag’ishlangan asarlari haqida ko’p tortishuvlar va turli tafovutlar yuzaga kelgan.
Abu Ali ibn Sinoning musiqa sohasiga oid asarlari quyidagilardir: uning engyirik va katta ilmiy qomusiy asari “Shifo kitobi”ning musiqa ilmiga bag’ishlangan qismi “Musiqa ilmi to’plami”, “Najot kitobi” ilmiy qomusiy risolasining musiqaga oid qismi “Musiqa ilmida qisqartma”, “Donishnoma” asarining “Musiqa haqida” gi bo’limlaridan iboratdir. olimning ushbu asarlari ichida asosiy va mukammal va eng kattasi “Shifo kitobi” tarkibiga kiruvchi “Musiqa ilmi to’plami” dir.
“Shifo”- Ibn Sinoning eng yirik qomusiy asari. U to’rt qismga bo’lingan. 1. Mantiq; 2. Fizika; 3. Matematika; 4. Ilohiyot. Har bir qism o’z navbatida bir necha bobdan iborat.”Shifo” da jami 22 bob. Har bir bob tugallangan mustaqil asardir. O’z navbatida, boblar maqolalarga taqsimlanadi. “Shifo” ning uchinchi qismi –matematika fanlarida to’rtta bobbor: 1. Geometriya; 2. Arifmetika; 3. Musiqa; 4. Astronomiya. “Shifo” dagi musiqaga bag’ishlangan bobni Ibn Sino “Musiqa ilmi to’plami” deb atadi. U olti maqoladan iborat[12;43]. Yuqoridagi fanlar qatorida musiqa ilmi aniqlikni talab etadi, shuning u ham aniq fanlardan biri hisoblanadi.
Abu Ali ibn Sino ushbu asarida musiqa ilmi nazariyasi to’g’risidagi qarashlarini har tomonlama talqin etadi. Har bir musiqaga bag’ishlab yozilgan boblar alohida maqolalardan tashkil topgan. Ular soni 19 tasini tashkil etadi.
Ibn Sino “Musiqa ilmi to’plami” da musiqannig ta’rifi, ovozlarning hosil bo’lishi va uning past balandligi, bo’’dlarning, ya’ni (intervallar), konsonans va dissonanslarini aniqlash, intervallar moslashuvi, intervallarni qo’shish va ayrish, ko’paytirish va bo’lish, jinslar (tetraxodlar) va ularnnig turlarga bo’linishi, lad va uning turlari haqida, ritm (iqo’) nazariyasi, ritm va so’z ifodasi, she’riyat va uning vaznlari, musiqa bastalash, musiqiy cholg’ular va uning hususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritib beradi.
Abu Ali ibn Sino musiqaga bag’ishlab yozgan asrlarni tibbiyot ilmida ham keng qo’lladi. Olim o’zining tibbiyotga taaluqli o’lmas va noyob risolalarida, musiqaning inson tafakkuriga kuchli ta’sirini yuqori baholangan va ruhiy kasalliklarni davolashda uni yuksak e’zozladi va shifo sifatida tavsiya etdi.
Ibn Sinoning ilmu iqo’ borasidagi qarashlari ham diqqatga sazovar. U kuyning go’zalligini va ichki hususiyatini ko’p jihatdan mutanosib vaznga bog’laydi, shunga ko’ra, vaznni muzikaning muhim omili deb biladi. Olim o’z davrida mashhur bo’lgan quyidagi sakkizta muzikaviy usulni ta’kidlab o’tadi: 1. Hajaz. 2. Hafifi hajaz. 3. Saqili avval. 4. Hafifi saqili avval. 5. Ramal. 6. Hafifi ramal.7. Saqili soniy. 8. Hafifi saqili soniy [13;20-21].
Manbalarda sharh etilgan musiqaning nazariy masalalarni taqqoslab shuni isbotlaydiki, Ibn Sino o’zining musiqa risolalarida Forobiyning musiqaviy-nazariy va musiqaviy-estetik qarashlarini yanada rivojlantiridi va yuqori pog’onaga ko’tardi. Musiqashunos – mutaxassislar Ibn Sinoning jahon musiqasida birinchi bo’lib sof soz tizimini aniqlaganligini ko’rsaib o’tadilar [10;8].Bu esa keyinchalik Urmaviy, Sheroziy, Husayniy va Jomiy asarlarida o’z aksini topadi.

Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling