O`zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan vainnovatsiyalar vazirligi
SOLIQ YUKI PASAYTIRILISHI, RENOVATSIYA, INVESTITSIYALAR — TARAQQIYOT STRATEGIYASI
Download 62.33 Kb.
|
O`zbekiston respublikasi oliy ta\'lim fan vainnovatsiyalar vazir-fayllar.org
4. SOLIQ YUKI PASAYTIRILISHI, RENOVATSIYA, INVESTITSIYALAR — TARAQQIYOT STRATEGIYASI.Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni 2026 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi. Strategiya yo‘nalishlaridan biri soliq yukini YAIMga nisbatan 25%gacha kamaytirish, 120 mlrd dollar hajmidagi investitsiyalarni jalb etish, aholini ko‘chirishning umumiy sxemasini ishlab chiqish, eskirgan uy-joylar o‘rnida rekonstruksiya asosida zamonaviy massivlarni barpo etish va 275 ming oilani ko‘chirish, 2023 yilga qadar inflyatsiyani 5%gacha kamaytirish va boshqa ko‘plab maqsadlarni nazarda tutadi.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni «2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Hujjat bilan yettita ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga olgan «Harakatlar strategiyasidan — taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyili asosida ishlab chiqilgan strategiyani amalga oshirishga doir Davlat dasturi tasdiqlandi. Uchinchi yo‘nalish milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratilgan. Kutilishicha, iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot - 1,6 baravar oshadi. 2030 yilga borib esa aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4000 AQSh dollariga yetkazish hamda «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish rejalashtirilgan. Yillik inflyatsiya darajasini 2023 yilgacha 5% gacha pasaytirish, shuningdek, davlat budjeti taqchilligini kamaytirish, uning hajmini 2023 yildan boshlab YAIMga nisbatan 3 foizdan ko‘p bo‘lmagan darajada ta’minlash rejalashtirilgan. Har bir tuman budjetining kamida 5% «Fuqarolar budjeti» dasturi doirasida aholining takliflari asosida aniqlangan eng dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi. Tashqi qarz darajasi yiliga 4,5 mlrd dollardan oshmaydi. YAIMda sanoat ulushini oshirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Buning uchun mashinasozlik, kimyo, neft-gaz, energetika, kon-metallurgiya sanoati, transport sohalaridagi 23 ta yirik korxonalar mustaqil ravishda ichki va tashqi moliya bozorlariga chiqishi, xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritish orqali investitsiya loyihalariga mablag‘ jalb etishi kerak. Download 62.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling