О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan


Barglaring ichki tuzilishi


Download 44.13 Kb.
bet10/10
Sana02.04.2023
Hajmi44.13 Kb.
#1319660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Oddiy va murakkab barglar.Barglarning tomirlanishi.

Barglaring ichki tuzilishi. Barglaming ichki tuzilishi, ularning bajaradigan fimksiyasiga qarab o‘zgargan bo‘ladi. Bargning tashqi sharoitiga moslashuvchi organ ekanligi, uning ichki tuzilishida aniq ifodalangan. Bargning ichki tuzilishiga undagi, ayrim gistologik elementlaming struktu- rasiga va ularning joylashish tartibiga suv rejmi, yorug‘lik, harakat, shamol, tuproq sharoiti, dengiz sathidan balandlikda joylashishi va boshqa omillar sezilarli darajada ta’sir qiladi. Shuning uchun ham bargning ichki tuzilishi, hatto bir o‘simlikning o'zida ham farq qiladi. «Yorug‘likda va soyada o‘sgan barglar, hatto bitta o‘simlikda har xil yarusda joylashgan barglar bir-biridan farq qiladi» - deb ko‘rsatgan edi V. R. Zalenskiy. Barglar o‘simlikning ustki yarusiga ko‘tarilgan sari ma’Ium bir sathda barg tomiri yig‘indisining uzunligi ortib boradi, gistologik elementlari zichlashadi, hujayralar birmuncha kichrayadi, hujayra po'sti va kutikulasi qalinlashadi. Ayniqsa, ustki yarusda ustitsalarning hajmi birmuncha kichrayadi, miqdori esa ko‘payadi. BSrgning et qismida mezofilldagi ustinsimon parenximalarda ham o‘zgarishlar bo‘ladi, hujayralar oralig‘i qisqaradi va zichlashadi. Izenning epidermis hujayralarining ustki devorlari sezilarli darajada qalinlashgan va kutikula bilan qoplangan. Uning ustitsalari kichkina bo‘lib, 1mm kv yuzada 67 donagacha bo‘ladi. Epidermis hujayralari tuklar bilan qoplangan. Suv saqlash funksiyasini bajaruvchi bir yoki ikki qavat yupqa po‘stli rangsiz parenxima hujayralar - gipoderma epidermis ostida joylashgan. Bargning ichki tuzilishi ko‘p jihatdan bargplastinkasining formasiga, ya’ni uning yassi, keng yoki ingichka va ignasimon bo‘lishiga bogiiq. Ikki pallali o‘simliklaming kengplastinkali bargi ikki asosiy qismdan: barg eti va tomirlarga qaraganda yupqa bo‘Iadi. Ikki pallali o‘simliklar bargini ichki tuzilishini o‘rganganda, uning et qismi usti va osti tomondan epidermis bilan qoplanganligini kuzatish mumkin. Ustki epidermis tashqi tomondan rangsiz mumsimon modda kutikula pardasi bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ustki epidermis ostida ustinsimon to‘qima joylashgan bo'lib, barg eti qalinligining yarmidan ko'pini tashkil qiladi. Ustinsimon to‘qima ostida dumaloq shaklli hujayralardan iborat g‘ovak to‘qima joylashadi. Epidermisning ichki qismida kollenxima joylashgan. Bargning et qismi asosiy parenxima bilan to‘lgan bo‘lib, ustki qismiga yaqinroq joyda ksilema, ostiga yaqin qismida lub joylashgan bo‘ladi. Epidermisda oddiy va bezli tuklar hamda barg og‘izchalari (ustitsalar) joylashgan. G'o‘za bargining Ism2 ustki epidermisida 400ta og‘izcha boisa, ostki epidermisida 226000ta og‘izcha bo'ladi. Og‘izchalar orqali transpiratsiya (suv bug‘latish) va gazlar almashinuvi jarayoni boradi.
Bug‘doy bargining et qismini mezofill tashkil qiladi. Mezofill deyarli bir xil ko'rinishdagi bulutsimon hujayralardan iborat bo‘lib, barg tomiri ustida joylashgan hujayralar bu hujayralarga nisbatan ancha kichik bo‘lib, o‘tkazuvchi bog‘lamni o‘rab turuvchi hujayralar deb yuritiladi. Barg mezofill qavatidagi bulutsimon to‘qima hujayralari epidermisga nisbatan perpendikular joylashgan bo‘lib, bu to‘qima hujayralari xlorofillga boy bo‘ladi. Ularda fotosintez jarayoni boradi. Bunday o'simliklarga so‘li, arpa, sholi, oq jo‘xori kabi bir urug‘pallali o‘simliklar kiradi. Ustki epidermisning yirik yelpig‘ichsimon hujayralari motor hujayralar deb yuritiladi va o‘simlik suvga nisbatan tanqislik sezgan vaqtida ular tezda turgor holatini yo‘qotadi. Barg tomirlari ikkita asosiy vazifani bajaradi. Ularda o‘tkazuvchi naylar bo‘lganligi uchun suv va unda erigan mineral hamda organik moddalar oqadi. Mexanik to‘qimalar esa barg etini mustahkam tutib turadi.
Barg sirtining ham ostki, ham ustki tomoni epidermis bilan qoplangan. Epidermis hujayralari bargda suv bug‘lantirishni va havo ahnashinib turishini to’g‘ri ta’minlab beradi. Bu hujayralar oraliqsiz zich joylashib, bargni qurib qolishidan hamda tashqi fizik-mexanik ta’sirlardan, shuningdek, bargning ichki hujayralari mezofillga mikroorganizmlarni kirishidan saqlaydi. Ayrim 0‘simiikIaming (piyoz, begoniya, tradeskansiya) ustki epidermis hujayralarida antotsion pigmentlari bo‘lib, bargni, barg bandini har xil rangga bo‘yaydi. Barg epidermisi xoh rangsiz, xoh rangli bo‘lsin o‘zidan bemalol quyosh energiyasini o‘tkazadi. Ostki epidermis hujayralari orasida kocpgina ustitsalar joylashadi. Epidermis hujayralari ustida oddiy, hujayralar orasida esa tuklar joylashgan bo‘ladi. Oddiy tuklar ко‘pine ha oq rangda yoki rangsiz bo‘lib, quyosh energiyasini qaytaradi. Ustitsalarni ustini yopib qo‘yib, suv bug'lantirishni kamaytiradi. Bezli tuklar esa har xil kislotalami va efir moylarni ajratish bilan birga himoya vazifasini o‘taydi. Ostki hamda ustki epidermis orasida xlorofill donachalariga boy bo‘lgan mezofill deb ataladigan assimilatsion to"qimalar joylashgan.
Fotosintez jarayoni amalga oshuvchi, ya’ni xlorofill dona- chalariga ega bo‘Igan mezofill hujayralar qavati epidermis qavati tagida joylashgan ustunsimon va nisbatan ichki qismda joylashgan- g ‘ovak mezofill hujayralaridan tashkil topgan.
Bargning ichki qismida mezofil] hujayralari qavatida turli xil yo‘na.lishda joylashgan o‘tkazuvchi bog‘lam tizimi hujayralari joylashgan. Bargning mikroskopik tuzilishi barg sathiga tushadigan yorug‘lik miqdoriga ham bog‘liq. Quyosh nuri yaxshi tushadigan yerdagi o‘simlik (yantoq, kungaboqar) barglarda bir yoki bir necha qavat ustinsimon parenximalar mavjud. Soyada o‘sadigan barglarda esa bulutsimon parenxima to‘qimalari hosil boMadi. Bunday holatni hatto bitta o‘simlikning o‘zida ham kuzatish mumkin. Demak, oftobda o‘sadigan barglar soyada o‘sadiganlarga qaraganda 2-2,5 marta qalin boMadi. Ustunsimon parenxima quyosh energiyasining miqdoriga qarab, moslashuvchi organ hasoblanadi. Masalan, quyosh energiyasi ko‘p bo‘lsa, hujayralardagi xlorofill donachalari o‘zining kichik sathi bilan quyoshga qarab kam nur oladi, agarda bunday energiya kamlik qilsa, yuzasi keng tomoni bilan quyoshga qarab yorug‘lik nurini ko‘proq oladi. Quyosh energiyasi haddan tashqari ko‘p bo‘Isa, xlorofill donachalari ustunsimon to‘qimaning tubiga tushib yorug‘!ikdan qochadi. Yorug'lik kamayganda esa aksincha, yuqoriga ko‘tariladi. Barg assimilatsion to‘qimalari orasida tomir qismi-tolali nay bog‘lamlari bo‘lib, ksilema shu bog‘lamning ustki, floema esa ostki tomonida joylashadi. Ostidan epidermis bilaxi qoplangan, u bargning tomir qismidan pastdan bir yoki ikki qavat kollenxima to‘qimasi joylashgan bo‘lib, u bargning elastiklik qobi- lyatini oshiradi. Uning ostki qismida asosiy parenxima hujayralari bor va unda har xil organi hamda anorganik moddalami to‘playdi. Shuningdek, bargda uni tik ushlab turuvchi va sinib ketishdan asrovchi mexanik to‘qima- sklerenxima ham mavjud.

XULOSA
O’simliklarda barglar katta sathini tashkil etadi. Yashil barg sathininng asosiy funksiyasi fotosintez, transpiratsiya (suvni bug’lab havoga chiqarish) dan iboratdir.


Barg yassi shaklga ega uning ustki va ostki tomonlari dorzoventral (lat. dorzo-orqa, venter-qorin) tuzilgan. Suv transpiratsiya tufayli poya orqali yuqori ko’tarilib turadi va shu sababli o’simliklardagi tirik hujayralar suv bilan ta’minlanib turgor hodisasi saqlanadi. Bundan tashqari transpiratsiya vositasi o’simliklarni qizib ketishidan saqlaydi. Barg sathining o’sishi yorug’likni tutishiga, gaz almashinishini kuchaytirishga va suvni bug’latishga bo’lgan moslamadir. Bu moslama uzoq davom etgan evolutsiya jarayonida o’simliklarni muhitga moslanishi natijasida vujudga kelgan.
Bargning (plastinkasi) yassi, uning ikki tomoni bir – biridan farq qiladi. Shuning uchun bunday barglar bifasial (lat.bis-ikki, fasio-tomon, yuz) yoki ikki tomonli barg deb ataladi. Barg o’zi joylashgan o’qqa (poyaga) qaragan tomoni jihatidan har-xil, uning ustki qismi adaksial (lat. ad-ga,aksis-uk), yon yoki ostki qismi abaksial (lat, abudan) deb ataladi. Bargning ustki va ostki qismi anatomik tuzilishi, tomirlanishi va rangi bilan farq qiladi.
1. Xudoyqulov S.M., Nazarenko L.I. O’simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent, 1984.
2. Burigin V.A., Jongurazov F.X. Botanika. Toshkent. 1977. 351 b.
3. Жуковский П.М. Ботаника. М., - 1982. -667.
4. Pratov U.P Odilov T.O O‘zbekiston yuksak o‘simliklari oilalarining zamonaviy tizimi va o‘zbekcha nomlari. - Toshkent, 1995. 396.
5. Pratov U.P., Jumaev K. Yuksak o‘simliklar sistematikasi. - Toshkent, 2003. 144.
6. Komarnitskiy N.A., Kudryashev L.V., Uranov A. Botanika sistematika rasteniy M. “Prosveshenie” 1975.
7. Тахтаджян А.Л. Система и филогения светкових растений. - М.- Л., 1966. 611. c.
8. Тахтаджян А.Л. Система магнолиофитов. - Л., 1987. - 439.
9. Флора Узбекистана. 1-6. Т. - Изд-во “Фан”, Ташкент, 1941-1962.
10. Определител растений Средней Азии. 1-10 Т. - Изд-во “Фан”, Ташкент, 1968­1993.
11. Xamidov A., Nabiyev M., Odilov T. O’zbekiston o’simliklari aniqlagichi. Tashkent, 1987.
12. Жизн растений. М., . “Просвешениэ”, Т. 5, 4. 1-2. - 1976- 1978.
13. Tojiboev SH. Mikologoya va algologiya. Namangan, 2014.
14. Рейвн П., Эверт Р., Айхом С. Современная ботаника. М., “Мир”,1990.
15. Oxunov X.M. O‘simliklar ekologiyasi. T., “O‘qituvchi”, 1993.
16. Rasulov M. O‘rta Osiyo tabiatshunoslik fanlari tarixi. T., “O‘qituvchi”, 1993.
17. To‘xtayev A.S. O‘simliklar anatomiyasi va morfologiyasi. T., “O‘qituvchi”, 1994
18. O‘zbekiston Respublikasi ”Qizil kitobi” T., “Chinor ENK”,1998
19. Mustafayev S.M. Botanika T "O‘qituvchi" 2002.
20. Ikromov M. I, Normurodov X.N, YUldashev A.Syu Botanika. Toshkent. “O‘zbekiston”, 2002. 322 b.


Download 44.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling