О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan


Barg novdaning yon organi


Download 44.13 Kb.
bet3/10
Sana02.04.2023
Hajmi44.13 Kb.
#1319660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Oddiy va murakkab barglar.Barglarning tomirlanishi.

Barg novdaning yon organi. O‘simliklarning birinchi vegetativ bargi urug‘palla bo‘lib, u aneks uchi novda paydo bo‘lmasdan oldin murtak tanasining takomillashishidan yuzaga keladi. Keyin hosil bo‘ladigan primordial barg novdaning o‘sish konusidagi eristemadan akropetal tartibda ekzogen bo‘rtmalar yoki do‘mboqchalar ko‘rinishida vujudga keladi. Avvalo uning protoderma yoki boshlang‘ich epiderma xujayralari bir xil (antiklinal) bo‘linadi. Keyinchalik hosil bo‘lgan do‘mboqchalar differensiyalanib (lot. tafovut, farq) ikki: yuqori (apekal) va pastki (bazal) qismlarga bo‘linadi. Bunda apekal, bazal qismga nisbatan tez usadi. Ninabarglilar va bir pallalilar pirimordialining kattaligi 0,3 mm, ikki pallalilarniki esa 7-10 va ba’zan 15 mm ga (ba’zi butguldoshlarda) etadi. Shundan keyin primordiyning apeki o‘sishdan to‘xtaydi. Uning marginal (chetki) meristema xujayralari interkalyar (lot. interkalyars - joylashtirish) o‘sishda davom etadi. Boshlang‘ich bargning interkalyar o‘sishini Afrika sahrolarida o‘suvchi ajoyib velvichiya (Welwitschia mirablis) deb ataladigan o‘simliklarda ko‘rish mumkin. Ontogenezda primordial bargning apekal qismidan barg plastinkasi va band, bazal qismidan esa barg asosi va yon bargcha o‘sib etishadi. Ikki pallali o‘simliklarda barg plastinkasi odatda bazipetal (yunon. bazis - asos, tub, tag, petomay - intilish) ravishda yuzaga keladi, ya’ni uning uchi oldinroq tashkil topadi.
Bargning anatomik tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri.
Barg o’simlik organizmining eng nozik va nafas organi bo’lib, tashqi muhitning o’zgarishidan tez ta’sirlanadi. Bargning ichki tuzilishiga yorug’lik, namlik, harorat, shamol, tuproq va boshqa omillar kuchli ta’sir etadi. Bu ekologik omillardan eng ko’p ta’sir ko’rsatadigan namlik E (suv) hisoblanadi. Shunga binoan evolutsiya jarayonida tuproqning har xil namlikda bo’lishi, sharoitida o’sa olishiga qarab o’simliklar to’rt ekologik guruhga bo’linadi: gidrofitlar, gigrofitlar, mezofitlar va kserofitlar.

  1. Gidrofitlar suvga tanasining yarmidan kam qismi botganligi yoki butunlay suvga ko’milib turadigan o’simliklar kiradi (o’q barg, suv ayiq tovoni). Bularda havo to’planadigan to’qima (aerenxima) juda ham taraqqiy etgan, barglari tuksiz, epidermalari ingichka, havo yo’llari yaxshi taraqqiy qilmagan, hujayralarining osmotik bosimi juda oz bo’ladi.

  2. Gigrofitlarning epidermalarida tukchalar bo’lmaydi, kutikulalari ham kuchsiz taraqqiy etgan, barglari yirik, havo yo’llari bargning ikki tarafiga joylashgan va ko’pincha gidatodalari bo’ladi. Bularga sersuv joylarda o’sadigan o’simliklar kiradi.

  3. Mezofitlar – o’rtacha namli tuproq va yumshoq iqlimli sharoitda o’suvchi o’simliklar kiradi. Ular ko’pincha subtropika (Kavkaz va O’rta Osiyo tog’laridagi) o’rmon-to’qayzorlarda o’sadi. Bundan tashqari ekiladigan sabzavot-meva, g’o’za kabi o’simliklar kiradi.

  4. Kserofitlar – qurg’oqchilik sharoitida (cho’l, sahro) o’sadigan o’simliklar kiradi. Bu tipdagi o’simliklarning barg epidermisi har xil shakl tizimida bo’lib, juda ko’p tukchalar, efir moylari chiqaradigan bezlar, qalin shakldagi kutikula bilan qoplangan (masalan, O’zbekiston cho’llarida o’suvchi ko’kparang lagoxilus). Havo yo’llari ancha botiq holda joylashgan: ustunsimon parenxima kuchli taraqqiy etgan. Hujayraning osmotik bosimi 20-40 atm.ga yetadi, ular juda ko’p suv yutib, ko’p suvni bug’lab chiqaradi.

O’simliklarda barglarning anatomik tuzilishidagi farqlar nafaqat ularning har xil ekologik sharoitda yashashiga, hatto bitta o’simlikning har xil yaruslarida hosil bo’lishiga qarab ham farqini ko’rish mumkin.
Yorug’da va soyada barglarning morfologik va anatomik tuzilishdagi farqlar ayniqsa daraxtlarda yaqqol ko’rinadi. Chunonchi, yorug’da joylashgan barglarda epiderma hujayralari qalin kutikula bilan qoplangan, ustunsimon parenxima to’qimasi ikki-uch qator hujayralardan iborat bo’ladi. Soyada o’rnashgan barglarda ustunsimon parenxima faqat bir qator, g’ovak parenxima esa uch-to’rt qator hujayralardan tashkil topadi.

Download 44.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling