О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan
Shakli o‘zgargan barglar (barg metamorfozi)
Download 44.13 Kb.
|
Oddiy va murakkab barglar.Barglarning tomirlanishi.
Shakli o‘zgargan barglar (barg metamorfozi)
O‘simlikning bargi bajaradigan vazifasiga qarab o‘z shaklini o'zgartirishi mumkin. Masalan, barg tikanga, jingalakka aylanishi mumkin. Barg shaklining o‘zgarishi barg metamorfozi deyiladi. Parazit hayot kechiruvchi o'simliklarda barglar qobiqchaga aylanadi yoki butunlay yo‘q bo‘lib ketadi. Masalan, shumg‘iyada barg qobiqchaga aylangan, devpechakda esa yo‘q bo‘lib ketgan. Ko‘p yillik o‘tlaming ildizpoyasida ham bargtar qobiqchaga aylangan boiadi. Piyozning ustma-ust joylashgan seret barglari oziq moddalar to‘planadigan joyga aylangan. Kaktus o'simligida fotosintez barglarda emas, balki asosan o'simlik poyasi hujayralarida amalga oshadi. Qalin etli barglar hujayralarida suv zaxira shakiida to'planadi, shuningdek shakli o'zgargan barglar - tikoniar o'simlikni o‘txo‘r hayvonlar yeb ketishidan saqlash funksiyasini bajaradi. Ayrim o'simlik turlarida ko‘rimsiz va gultojibarglarga ega bo‘lmagan gullaming atrofida xuddi gultojibarglar kabi yorqin rangga ega bo'Igan — shakli o‘zgargan barglar doira shakiida joylashadi. Masalan, euforbia (Euphorbia pulcherrima) o‘simlik turining ko‘rimsiz gullari atrofida gultojibarglarni eslatuvchi yorqin qLz.il rangdagi shakli o'zgargan barglar joylashgan. Bu «yolg‘ondakam gultojibarg» barglar gulning changlanishi uchun hasharotlarni jalb qilish funksiyasini bajaradi. Ayrim o‘simlik turlari poyasida shakli o‘zgargan barglar gajak hosil qiladi, bu gajaklar o'simlikning boshqa o'simliklar poyasiga va shuningdek, qattiq substratlarga chirmashini ta’minlaydi. No‘xat, mosh, loviya o'simliklarida barg jingalakka aylanib, yonidagi tik turgan narsalarga ilashib oladi, ya’ni bunday o‘simliklar jingalaklari yordamida vertikal holatda joylashadi. Soxta akatsiyada yonbargcha tikanga aylangan. Bir qator o‘simlik turlarida shakli o'zgargan barglar suv va boshqa tipdagi ozuqa moddalarini zaxira holida to‘plash funksiyasini bajarishga ixtisoslashgan. Masalan, shakli o‘zgargan yer osti poya hisoblangan piyozboshning ustki qismi ozuqa moddalarini zaxira holida to‘plovchi shakli o'zgargan barglar bilan o‘ralgan. Piyoz va lola o'simligi piyozbosh hosil qiladi. Qurg'oqchilik hukmronlik qiluvchi iqlim mintaqalarida o‘sishga moslashgan, aloe kabi ko‘pgina o‘simlik turlarida suv saqlashga ixtisoslashgan shakli o'zgargan burglar shakllangan. Jumladan, Afrikatosh o‘simligi (Lithops karasmontana) tashqi morfologik ko‘rinishidan toshni eslatuvchi, suvni ko‘p miqdorda saqlovchi qalin shakli o‘zgargan barg hosil qiladi. Shuningdek, bu barglarda fotosintez jarayoni amalga oshadi. Ayrim o'simlik turlarida odatdan tashqari g'ayrioddiy funksiya bajaruvchi shakli o‘zgargan barglar ham shakllangan. Masalan, tropik mintaqalarda o‘suvchi Dischidia rqfflesiana epifit o'simlik turi boshqa daraxtlar poyasiga chirmashib o'sishga moslashgan bo‘lib, poyasida 2 ta tipdagi: ya’ni me’yoriy funksiya bajaruvchi barglar va ichi bo‘sh idish (tuvak) shaklidagi barglar hosil qiladi. Ayrim o‘simliklar yashash sharoitiga moslashgan bo‘Iadi: cho‘lda yashaydigan velvechiya va suvda hayot kechiradigan nilufar o‘simJigining barglarida o‘ziga xos morfologik va anatomik tuzilishida o‘zgarishlar kuzatiladi. Suvda yoki botqoqlik yerlarda o‘sadigan o‘simliklarning barglari hasharotlami tutib olib, uni hazm qilishga moslashgan. Shuning uchun ham ular hasharotxo‘r o‘simliklar deb ataladi. Tropik mintaqalarda o‘suvchi ayrim hasharotxo‘r o'simlik barglari hosil qiluvchi idishsimon «qopqon» o‘lchami yetarli darajada katta bo‘lib, uning ichki hajmi 1 Jitrgacha yetishi mumkin. Dionea muscipula o'simlik turi barglari hasharot qo‘nishi bilan tezda qopqon mexanizmi asosida yopiluvchi tutqichga ega. Idishning chetida joylashgan hujayralarda sintezlanuvchi kuchi hidga ega bo‘lgan nektar turli xil hasharot turlarini o‘ziga jalb qiladi va hasharot sirpanchiq yuzadan idishning ichiga qulab tushadi. Garchi, uchish xususiyatiga ega bo‘lgan hasharotlar idishning ichki qismidan chiqib ketishga harakat qilsa-da, biroq idishning devorlari sirpanchiqligi va og*iz qismida joylashgan soyabonsimon qoplag‘ich hasharotning chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada hasharot idish ichida suyuqlikka cho'kib nobud bo‘ladi. Shuningdek, idish ichidagi suyuqlikda ayrim hasharotlaming lichinkalari, mikroorganizmlar hayot kechirishga moslashgan. Bu organizmlar hujayralarida sintezlanuvchi ferment tizimi suyuqlikning parcha- lovchi ta’sirini neytrallash xossasiga ega. Bu organizmlar idish ichiga tushib qolgan hasharotlar parchalanishi hisobiga hosil bo‘lgan ozuqa qoldiqlari bilan oziqlanadi. Hozirgi vaqtda bu organizmlaming idish ichidagi kuchli parchalovchi suyuqlikda yashashga moslashish mexanizmlari toiiq holatda o‘rganilmagan. Hasharotxo‘r o‘simliklardan Dionea muscipula barglari qopqonga aylangan bo‘lsa, attenboro hepentesida (Nepenthes Attenboroughii) esa hasharot tutuvchi kuvacha ko‘rinishiga o‘tgan. Shakli o‘zgargan qopqonsimon bargning har bir yopiluvchi chekka qismlarida uchta-oltita kichik o‘lchamdagi, qattiq tikonchalar shaklidagi o‘siqIar shakllangan. Agar tutqich bargga qo‘ngan hasharot o'rtacha 20 sekund davomida tikonchalardan kamida ikkitasiga tegib ketsa, u holda signalizatsiya tizimi ishga tushadi va favqulodda darajada tezkorlikda qopqon yopiladi. Qopqon tikonchalari o‘zaro bir-biriga taqalib turishi hisobiga hasharot chiqib ketishi mumkin emas. Hasharot chiqib ketishga harakat qilib qimirlashi davomida bargning ichki qismida joylashgan hujayralarda sintezlanuvchi hazm qilish fermentlariga «cho ‘miladi» va o‘z navbatida, hasharot tanasi parchalanishi boshlanadi. Hasharot nobud bo‘lganidan keyin, 5-12 kun davomida hasharot tanasining yumshoq to‘qimalari parchalanadi va o'simlik tomonidan o‘zlashtiriladi, hazm bo‘lmagan tana qismlari tashqariga chiqarib tashlanadi. Shuningdek, hasharotxo‘r o‘sim!ikIar hasharot tutmagan vaqt davomida fotosintezlash xususiyatiga ega hisoblanadi. Hasharotxo‘r o‘sim!ik turlaridan yana biri - Sundew hisoblanib, bu o‘simlik turi faol tarzda ov qilish mexanizmiga ega. 0‘simlik barglarining yuzasida bez shaklida suyuqlik sekretsiyalovchi tukchalar qoplami mavjud bo‘lib, hasharot qo'nishi bilan tezda yo'naltirilgan holatda harakatlanish xossasiga ega. Bu tukchalar hujayralarida yopishqoq va kuchli hazm fermentlari sintezlanadi. Hasharot o‘simlik bargiga qo'nishi bilan unga yopishib qoladi va qutilib ketishga harakatlanishi davomida bargda boshqa tukchalarga signal uzatilishi hisobiga ular ham faollashadi va tezlik bilan hasharot tanasiga yopishadi. Barglar har xil shaklda bo‘ladi. Plastinkasi (yaprog‘i)ning shakliga qarab oddiy va murakkab barglar bo‘ladi. Barg, bir bandda faqat bitta yaproqqa ega bo‘lsa oddiy barg deb ataladi. Xazonrezlik vaqtida oddiy barg bandi va yaprog‘i bilan bir vaqtda uzilib tushadi. Oddiy barg shaklini aniqlashda uning konsistensiyasi (lot. konsisteros - tuzilishi), umuman ko‘rinishi, asosi, uchi, chetlari, tomirlanishiga qarab tasvirlanadi. Mashhur shved olimi K. Linney 170 dan ortiq barg xillarini aniqlagan. Barglarning shakli va tomirlanishi tur, turkum, oila va sinfning belgilaridan biridir. Shuning uchun ularni o‘rganish va tasvirlash botanika sistematikasida muhim ahamiyatga ega. Oddiy barglar o‘z yaprog‘ining shakliga ko‘ra ninabarg, qalami cho‘ziq, nashtarsimon, tuxumsimon, kuraksimon, buyraksimon, yuraksimon, kamonsimon kabi shakllarda bo‘ladi. Barg shapalog‘ining uchi, tagi va cheti ham xilma-xil. Chunonchi, barg uchi - nishdor, o‘tkir, to‘mtoq, to‘garak, o‘yma va h.k.; barg tagi ensiz ponasimon, ponasimon, keng ponasimon, yopishqoq, kesik, to‘garak, o‘yma, yuraksimon; barg shapalog‘ining cheti (qirralari): arrasimon (o‘rik, tol va boshqalarda), qo‘sh arrasimon, tishsimon (sho‘ralarda); to‘mtoq tishli (kungurali); o‘yilgan, butun (tekis) bo‘ladi. Download 44.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling