IV.Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Abu Rayxon Beruniy va Muso al Xorazmiylarning geografiya faniga qo‘shgan xissasi.
XIX- XXI asrlarda Buyuq Britaniya, Germaniya ,Fransiya va Rossiyada geografiyaning rivojlanish.
Muqobil paradigmalar. Imre Lakatosning tadqiqotchilik dasturlari konsepsiyasi.
Geografik prognozlashda ekstrapolyasiya, ekspert va balans usullaridan foydalanish.
XVIII asrlarda rus akademik ekspeditsiyalari.
Lyudoviko Gvichchardini va uning geografiyaga qo‘shgan xissasi.
Markaziy Osiyo tadqiqotchilari.
8. P.Xagget, D.Xarvin, U.Bungen, R.J.Jonston va T.Xogerstrandning iqtisodiy va ijtimoiy geografiya faniga qo‘shgan xissasi.
9. B.Berri: geourbanistika va mintaqaviy rivojlanish masalalari.
10. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda iqtisodiy va tibbiy geografik tadqiqotlar.
11. M.V.Lomonosovning iqtisodiy va ijtimoiy geografiya faniga qo‘shgan xissasi.
Immanuil Kant asarlarining geografik ahamiyati.
A.Gumboldt va geografik g‘oyalarning rivojlanishi
K.I.Arsenev iqtisodiy rayonlashtirishning asoschisi.
Geografiyada makon va zamon. Sotsial muammolarni geografik o‘rganish.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
3.
|
V Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
iqtisodiy va ijtimoiy fanining shakllanishi, metodologiyasi, xorijiy mamlakatlardagi holati, fandagi ilmiy maktablari, uning asosiy nazariya va tushunchalari, tarkibiy qismlari, asosiy termin va tushunchalari, tadqiqot usullari, paradigmalari haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
talaba respublika va jahon mamlakatlari etakchi iqtisodiy geograf olimlarining asosiy g‘oya va nazariyalarini bilishi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani va ta’limidagi asosiy muammolarni, ularni hal etish yo‘llarini bilishi, mintaqalar aholisi va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi bilan bog‘liq statistik ma’lumotlar asosida mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilish va xulosalar chiqarish; prognoz qilish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
talaba geografik tadqiqotlarda rayonlashtirish masalalarini tahlil qilish va kelajak istiqbollari bo‘yicha xulosalar chiqara olish, geografik tuzilmalar va jarayonlar bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida aniq malakalariga ega bo‘lishi kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |