O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va fan, innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo‘lim


Download 1.25 Mb.
bet1/11
Sana09.04.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1343768
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bosimov Shohrux 11




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA FAN , INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Sirtqi bo‘lim

‘‘ Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim ’’


Kafedrasi
‘‘ Biologiya o‘qitish metodikasi ’’ bakalavr yo‘nalishi
BOTANIKA FANIDAN
405-guruh talabasi Bosimov Shohrux Mirzakul o‘g‘lining

KURS ISH


MAVZU: СHO‘L HUDUDLARIDA TARQALGAN ALKOLOID SAQLOVCHI YEM –XASHAK O‘SIMLIKLARI

JIZZAX-2023


СHO‘L XUDUDLARIDA TARQALGAN ALKOLOID SAQLOVCHI YEM –XASHAK O‘SIMLIKLARI
Reja:

I.KIRISH.
II.ASOSIY QISM.
1.Cho'l hududlarida tarqalgan yem-hashak o'simliklari.
3. Cho’l hududida tarqalgan alkoloyid saqlovchi o’simliklarning tabiatdagi axamiyai.
3.Cho'l hududlarid tarqalgan alkaloid saqlovchi yem-hashak o'simliklarni chorvachilikka ahamiyati.
III.XULOSA.
IV.ILOVALAR.
V.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.


KIRISH
Cho‘l o‘simliklari. O‘rta Osiyo hududining g‘arbiy qismi juda katta tekislikdan iborat bo‘lib, u yerda qumli, toshloq (giрsli), gilli cho‘llar tarqalgan. Ko‘p yerlarni, ayniqsa, pastroq gilli yerlarni sho‘ra o‘simliklar o‘sadigan sho‘rxoklar egallagan.
Qumli cho‘l o‘simliklari. O‘rta Osiyoda qumli cho‘llar Bo‘rsiq cho‘llari, Mo‘yinqum, Qoraqum, Sariqsuv va Balxashbo‘yi qumlari, Orolbo‘yi Qoraqumi, Unguzorti Qora- qumi hamda Qizilqumning katta maydonlarini egallaydi.1
Qumli cho‘llarning katta qismida qumda o‘suvchi o‘simliklar: daraxtlardan oq saksovul (ba’zan bo‘yi 6-7 metrga yetadi), yirik juzg‘un ko‘p. Butalardan qum akatsiyasi, chala butalardan shuvoq, pechak va sho‘raklar juda ko‘p tarqalgan. Bu yerda o‘tlar orasida iloq, lola, boychechak, gulsapsar, boshoqlilardan qo‘ng‘irbosh, arpag‘on ko‘p.
Toshli, ya’ni giрsli cho‘llar kichikroq maydonni egallaydi. Ular Ustyurt, Qorsoqboy, Betbaqdala, Mang‘ishloq, Qoraqum, Qizilqumdagi qoldiq tepalik va past tog‘ etaklarida keng maydonlarni egallagan.
Sho‘rxok cho‘l o‘simliklari. Sho‘rxok yerlarda, asosan, sho‘ralarning ba’zi turlari: bir yillik sho‘rak, qorabargo‘t, qizil sho‘ra, yer bag‘irlab o‘sadigan chala buta sarisazan, shuningdek, ajriq, qora saksovul, burgan o‘sadi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling