O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi bitiruv malakaviy ishi mavzu: Boshlang’ich sinf tabiiy fanda osmon jismlariga oid mavzularni o’rgatish metodikasi. Reja


Download 457 Kb.
bet7/14
Sana01.04.2023
Hajmi457 Kb.
#1315873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
osmon jismlari bmii

Asteroidlar. Mars bilan Yupiter orbitalari orasida juda ko’p mayda sayyoralar yoki asteroidlar harakat qiladi. Birinchi asteroid 1801 yili kashf etilgan va TSerera deb atalgan. Hozir 1700 dan ortiq asteroid ma`lum.
Asteroidlar o’zining kichikligi, muayyan shaklga ega emasligi jihatidan katta sayyoralardan farq qiladi. Kichik sayyoralarning diametri bir necha 10 km dan 800 km (Tserera aeteroidining diametri 780 km) gacha etishi mumkin. Asteroidlarda atmosfera yo’q. Asteroidlar ham, katta sayyoralar singari, Quyosh atrofida aylanadi.
Meteor va meteroitlar. Quyosh sistemasidagi sayyoralararo fazoda ko’pdan ko’p mayda toshlar va kosmik changlar bor. Ular olimlarning fikricha, portlash oqibatida so’ngan sayyoraning bo’lakchalarga parchalanib ketishi tufayli vujudga kelgan. Bu jismlar Yer atmosferasiga tushganda havo qarshiligiga duch kelib qiziydi va undan cho’g’ holidagi gazlar va zarrachalar otilib chiqadi, uncha katta bo’lmaganlari ko’pincha Yer atmosferasida bug’lanib ketadi. Bular meteorlar deb yuritiladi. Havoning qarshiligini engib, Yer yuzasiga etib kelgan meteorlar meteoritlar deb aytiladi. Yer yuzasiga har yili 2000 ga yaqin meteorit tushib turadi. Meteoritlar uchish davrida eriydi va qora po’stloq bilan qoplanadi. Katta meteoritlar juda tezlik bilan tushganda Yer yuzasiga urilib, portlab Oydagi kraterlarga o’xshash kraterlarni vujudga keltiradi. Masalan, 1908 yilda Toshloq-Tunguska daryosi havzasiga tushgan (Meteorit juda kattadir. Bu meteoritning massasi 2000 tonnaga yaqin bo’lgan.
Kometalar. Kometalar (dumli yulduzlar) kichik, lekin qattiq yadroga ega bo’lib, nihoyatda siyrak (zichligi 1 sm3 havoning 1000 m3 bo’shliqqa tarqatilganligiga teng) jiomlardir.
Uning yadrosi moddalarning qattiq zarrachalari, muzlab qolgan karbonat angidrid, ammiak, metan kabi gazlar aralashmasidan iborat bo’lganligi tufayli Quyoshga yaqinlashganda gazlar bug’lanib har tomonga sochiladigan va koma deb ataladigan gaz qobig’ini vujudga keltiradi. Kometaning boshi qattiq jismlardan va karbon, azot kabi gazlardan iborat bo’lib, ular o’ta past harorat natijasida bir-biriga yopishib yaxlab qolgan. Kometa boshi Quyoshga yaqinlashgach, isiydi, natijada erib, undan ajralgan gazlar kometa boshini tumanga o’xshab o’rab oladi., Qometa boshi Quyoshga tobora yaqinlashgan sari gazlar (yorug’lik va bosimning ortishi tufayli) teskari yo’nalishda oqim hosil qiladi. Juda siyrak azot va is gazi molekulalaridan iborat bo’lgan o’sha oqim Qometa dumini hosil qiladi. Kometa Quyoshga qancha yaqin kelsa, uning dumi yorug’ va uzun ko’rinadi. Quyoshdan uzoqlashgan sari, aksincha, uning dumi qisqarib, so’ngra «Dumsiz» bo’lib, pirovardida ko’zdan g’oyib bo’ladi. Bunga 1973 yil oxiri va 1974 yil boshlarida bizga dumli yulduz bo’lib ko’ringan Kogoutek kometasi misol bo’ladi.
Kosmosning o’zlashtirilishi. FTT davrida kosmos sirlarini o’rganishda Yerning sun`iy yo’ldoshlari, kosmik kemalar va avtomatik stantsiyalardan foydalanilmoqda. Yerning birinchi sun`iy yo’ldoshi 1957 yili 4 oktyabrda sobiq itfoq hududidan uchirildi. Yo’ldosh ichida Yerga kerakli ma`lumotlar berib turadigan avtomatik radioperedatchiklar o’rnatilgan edi. 1957 yili 3 noyabrda sobiq itfoqda Yerning ikkinchi sun`iy yo’ldoshi uchirildi, 1961 yili 12 aprelda kosmosni o’zlashtirish tarixida, juda katta voqea bo’ldi: Rus kosmonavti Yu.A.Gagarin boshqargan kosmik kema jahonda birinchi bo’lib kosmosga uchirildi.
Kosmosga birinchi gruppa bo’lib uchish (1962 yili A.G.Nikolaev va P.R.Popovichlar), birinchi ayol kosmonavt (1963 yili V.N.Tereshkova) parvozi va birinchi bo’lib kosmik kemadan ochiq kosmosga (1965 yili A.A.Leonov) chiqish ham Rus kosmonavtlari tomonidan amalga oshirildi.
1969 yili 16 iyunda AQSH ga qarashli «Appolon-11» ning «Oy kabinasi» N.Armstrong va Y.Oldrinlar bilan birinchi bor oyga qo’ndi.
Dunyoda birinchi marta ikki davlat kosmanavtlarining kosmosda bir-biri bilan uchrashishi 1975 yili 15 iyulda Rus kosmonavtlari V.Kubasov va A.Leonov («Soyuz-16» kosmik kemasida), AQSH astronavtlari D.Speyton, T.Stofford va B.Brand («Appolon» kosmik kemasida) tomonlaridan amalga oshirildi. «Soyuz-16», «Appolon» kemalari birgalikda uchib juda muhim ilmiy kuzatishlar olib bordilar.
Dunyoda birinchi marta yuk tashiydigan avtomatik transport «Progress-1» kemasi, 1978 yili 20 yanvar’ kuni sobiq itfoqdan uchirildi va kishi boshqaradigan «Salyut-6», «Soyuz-27» orbital kompleksi bilan tutashtirildi. «Progress-1» komplek-sini uchirishdan maqsad yuk tashiydigan yangi avtomat transport kemasini sinash va orbital ilmiy stantsiyalarning uzoq vaqt ishlab turishini ta`minlash borasida transport ishlarini bajarishdan iboratdir. «Progress-1» yuk tashiydigan avtomat ekspress «Yer-orbita» marshruti bo’yicha qatnaydigan yangi ko’prik vujudga keltirdi.
Dunyoda eng uzoq vaqt davom etgan 185 kunlik (1980 yil) kosmik parvoz rus uchuvchilari L.I.Popov va V.V.Ryumin tomonidan amalga oshirildi. Bu parvozdan asosiy maqsad Yerning tabiiy resurslarini tadqiq etish va atrof-muhitni o’rganishdir..
Kosmik kemalar, orbital stantsiyalar va Yer sun`iy yo’ldoshlarining uchirilishi ionosfera strukturasini, Yer atmosferasini, radio to’lqinlari tarqalishini, ob-havoni oldindan prognoz qilishni, kosmik nurlarni yaxshiroq o’rganishni, sayyoramiz tabiiy resurslarini hisobga olishni va ulardan ratsional foydalanishni to’la o’rganishga imkon bermoqda.
Rus olimlari Mars, Venera, Oy kabi osmon jismlarining sirlarini bilish uchun qudratli raketalar yordamida kosmik kemalar uchirdilar. Oy yuzasiga yumshoq qo’ndirilgan «Lunoxod» avtomatik stantsiyasi Oy gruntidan Yerga namuna olib qaytdi. Amerika astronavtlari ham Oyga qo’nib, undan jins namunalarini keltirdilar. Natijada Oy haqidagi bizning tasavvurimiz yanada kengaydi. Umuman Oy to’g’risida juda muhim ma`lumotlar olindi.Mars sayyorasi haqida yangi ma`lumot to’plash maqsadida olimlarda Marsga bir necha avtomatik stantsiya uchirildi. Natijada, Mars haqida yangi ma`lumotlar olindi. Venera sayyorasini yanada mukammal bilish uchun «Venera» avtomatik stantsiyalari uchirildi va natijada uni yaxshiroq bilish imkoniyati vujudga keldi.

Download 457 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling