O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi bitiruv malakaviy ishi mavzu: Boshlang’ich sinf tabiiy fanda osmon jismlariga oid mavzularni o’rgatish metodikasi. Reja


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...................................................................78


Download 457 Kb.
bet2/14
Sana01.04.2023
Hajmi457 Kb.
#1315873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
osmon jismlari bmii

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...................................................................78
Kirish
Respublikada amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy maqsad uni harakatlantiruvchi kuchi inson shaxsining har tomonlama rivojlanish va forovonligi hisoblanadi. Mamlakatimiz taraqqiyotini muhim sharti kadrlar tayyorlash tizimini mukammal bo’lishi, zamonaviy fan madaniyat texnika va iqtisod asosida rivojlanishi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim sohasidagi vazifalarini belgilab beradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov o’zini “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida ta’lim-tarbiya to’g’isida quyidagilarni alohida takidlab o’tgan.
“Ma’naviyatni shakllantirishda bevosita yana bir muhim hayotiy omil bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog’liqdir”.
Kelajagimiz poydevorini bilim dargohlarida yaratilgan, boshqacha aytganda xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq. Bir so’z bilan aytganda farzandlarimizga umumiy ta’lim bilan birga zamonaviy kasb-hunarga ega bo’lish imkonini beradigan 12 yillik ta’lim tizimiga o’tish yakunlandi. Shu kunlarda hukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu maqsadga erishish yo’lidagi jarayonni davlat va nodavlat manbalarni hisobga olgan holda mavjud barcha resurs va imkoniyatimizni safarbar etishni ko’zda tutadi [1].
Ta’lim-tarbiya islohoti haqida so’z borar ekan uning mazmunini lo’nda qilib ifoda etish mumkin. Ya’ni Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganidek “Bizga bitiruvchilar emas maktab ta’lim va tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak”, - shunday ekan har bir soha bu masalani to’laqonli yechimini topishga harakat qilishi kerak. Shu jumladan kimyo sohasi ham bu sohada olib borilayotgan ishlarning bosh maqsadi ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyani joriy qilishdi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar pedagogik va axborot texnologiyalarni o’quv jarayoniga qo’llashga bo’lgan qiziqish e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda bunday bo’lishiga sabablarning biri shu vaqtgacha an’anaviy ta’limga o’quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni qo’llashga o’rgatilgan bo’lsa, ananaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarin o’zlari qidirib topishlariga mustaqil o’rganib tahlil qilishga hamma xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishga o’rgatadi.
Bizning fikrimizcha pedagogik texnologiyalarning eng asosiy negizi – bu o’qituvchi va o’quvchi talabalarga belgilangan maqsadning kafolatlangan natija ham kerakli darajaga erishish uchun tanlagan texnologiyalarga bog’liq deb hisoblaymiz.
Bu uyg’unlikni jonlantirish uchun esa maktab kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, barcha o’quv muassasalarini zamon talabiga mos ravishda jihozlangan bo’lishi fikrimizga yorqin dalildir.
Shu o’rinda Prezidentimiz I.A.Karimov aytib o’tgan gaplaridan biri fikrimizni e’tibordan chetda qoldirmaydi.
“Zamonaviy talablarga mos mutaxasis tayyorlamoqchi ekanmiz, 1-navbatda o’quv yurtlarmizda shakli, qiyofasini va tarkibi moddiy ba’zasi, ham zamonaviy bo’lish shart”
Zamonaviy bilim berish uchun o’qituvchidan ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak shuning uchun pedagog kadrlar obro’-e’tiborini ijtimoiy maqomini ma’suliyatini, m’alakasini oshrishga va zamon talablariga mos holda qayta tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonini interfaol usullardan foydalanib ta’lim samaradorligini ko’rsatishga bo’lgan qiziqish va e’tibor tobora kuchayib bormoqda, zamonaviy texnologiyalarni qo’llanilgan mashg’ulotlar o’quvchilar egallagan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga mustaqil o’rganib tahlil qilishlariga hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga yorgam beradi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish jarayonida ta’lim muassasalari axborot komunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlandi. Ta’lim sohasini isloh qilish uchun zarur bo’lgan moddiy texnik ba’zasiniyaratildi.Ta’limni isloh qilishda zamonaviy vazifasi – faol pedagogik texnologiyalarni joriy qilib o’quv-tarbiya jarayonini yuksaltirishdan iborat. Shuda uchun kadrlar tayyorlash milliy dasturi “kimyo o’qitish metodikasi” fanning nazariy va amaliy asos qilib olindi [2].
Bugun xalqaro hayot kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki, uning harbiy qudrati emas, balki intelektual salohiyati aql-idrok, fikr, ilg’or texnologiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.Amir Temur bobomizning “Kuch-adolatda” degan mashhur tabirini bugungi kunga nisbatan qo’llab aytadigan bo’lsak, men unga qo’shimcha qilib “Kuch-bilim va tafakkurda” degan bo’lardim. Barkamol avlod haqida so’z borganda o’tgan yillar davomida katta kuch va mablag’ hisobida ta’lim sohasida barpo etilgan moddiy-texnik bazadan oqilona va samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim ekanligi barchamizga ayon. O’quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil inson etib tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan o’qituvchi va ustozlarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda ta’lim tarbiya tizimini sifat jixatdan butunlay yangi bosqichga ko’tarish, diqqatimiz markazida bo’lishi lozim [3].
Bizning xalqimiz dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz beqiyos axamiyat kasb etadi.
Muxtasar qilib aytganda oxirgi yillarda ta’lim – tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan, ko’lami va mohiyatiga ko’ra ulkan ishlarimizda biz ko’zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo’lmagan hayot barpo etish yoshlarimiz butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo’lida mustahkam zamin yaratadi desak hech qanday xato bo’lmaydi [4].

Download 457 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling