Referati farg’ona 2022 Mavzu: O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Reja
Download 1.04 Mb.
|
1 2
Bog'liqReferat1 to\'g\'rilandi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Ozbekiston Respublikasida talim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Reja
- 2.Talimning milliy modelini shakllanishi, rivojlanishi va sohasidagi muammolar 3.Orta-maxsus, kasb-hunar talim tizimining tashkil etilishi
- Mustaqillik ostonasida Ozbekiston SSR da talim tizimining holati.
Farg'ona davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tili yo'nalishining 1-bosqich 22.93-guruh talabasi Abdurashidova Noilaxonning O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan mustaqil ta'lim uchun tayyorlagan REFERATI Farg’ona 2022 Mavzu: O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Reja: I. Kirish. Mustaqillik ostonasida O'zbekiston SSR da ta'lim tizimining holati II. Asosiy qismi: 1. Mustaqillik yillarida dastlabki ta'lim tizimidagi islohotlar 2.Ta'limning milliy modelini shakllanishi, rivojlanishi va sohasidagi muammolar 3.O'rta-maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimining tashkil etilishi 4.Oliy ta'lim tizimining takomillashtirilishi III. Xulosa. Hozirgi kunlarda ta'lim sohasidagi o'zgarishlari. Mustaqillik ostonasida O'zbekiston SSR da ta'lim tizimining holati. Aholi turmush farovonligi darajasi mamlakatning faqat iqtisodiy taraqqiyot darajasi bilan emas, balki ijtimoiy sohalar taraqqiyoti darajasi bilan ham ifodalanadi. Aynan ijtimoiy sohada davlatning insonparvarlik darajasi har tomonlama yaqqol namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy soha taraqqiyotining qay darajadaligi ma’lum jihatdan mamlakatdagi siyosiy va psixologik muhitni, aholining umumiy kayfiyatini belgilaydi. Ijtimoiy sohalarning o‘sishi hududlarning umumiy iqtisodiy taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi belgi bo‘lib xizmat qiladi. Sovetlar tuzumi yillarida partiya yakkahokimlikning vujudga kelishiga jamiyat ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida mafkuraviy ta’sirini o‘tkazib bordi. Ayniqsa, bu kishilar ongini o‘zgartirishda muhim olim bo‘lgan ta’limda, ilmda va madaniyatda jiddiy tus oldi. Xalqning ma’rifatga, fanga va milliy madaniyatga bo‘lgan intilishi hukmron kuchlar tomonidan uzoqni ko‘zlamay va yaxshi o‘ylamay olib borgan siyosatlari natijasida siyosiy manfaatlar yo‘liga burildi. Yangi ziyoli kadrlarni shakallantirish, eski mavjud ziyolilarni yo‘q qilish ana shu maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirildi. Savodxonlik darajasini o‘sishi byurokratik boshqaruv tizimini mustahkamlanib borishi, texnika taraqqiyoti tomon yurish va ilmiy muassasalarning tashkil topish jarayonlari ular ustidan qattiq mafkuraviy nazoratning o‘rnatilishi bilan hamohang ravishda yuz berdi. Savodsizlik davri tugatildi. 1941-yilga kelib maktablar soni 5504 taga, ularda o‘qiyotgan o‘quvchilar soni esa 1 mln 315 taga etdi. Sovetlarning “madaniy inqilob” tadbiri jamiyatning barcha jabhalarini, ayniqsa uning har bir sohasini qamrab oldi. Maktablarda siyosiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishga va uni takomillashtirib borishga e’tibor berildi. Ikkinchi jahon urushidagi katta yo‘qotishlar oliy ma’lumotli xodimlarning son va sifat jihatidan kamayib ketishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida urushdan keyingi yillarda oliy ta’limni rivojlantirish zarur ekanligini taqazo etardi. Oliy ta’limni rivojlantirish dinamikasi quyidagicha kechdi. 1950-1953 yillarda 16.600 ta mutaxassis tayyorlandi. 1959-yilda 31 ta oliy o‘quv yurtida 88 ming kishi ta’lim oldi. 1985-yilga kelib, 42 ta oliy o‘quv yurtlarida 285.5 ming kishi ta’lim oldi. 1960-yilda 30 ta oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlangan bo‘lsa, 1985-yilda ularning soni 42 tani tashkil etdi. Biroq, bular miqdor ko‘rsatkichlaridagi ayrim siljishlar edi. Lekin masalaning asosiy jihati – oliy ta’lim muassasalarini bitiib chiqayotgan mutaxassislarning sifati va saviyasi masalasida ko‘plab muammolar mavujud edi. Shu o‘rinda jahon fanlar tizimida o‘z mavqesiga ega olimlar qatlami etishib chiqqanligi va texnikada katta yutuqlar qo‘lga kiritilganligini inkor etib bo‘lmaydi. Ammo ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan ulkan siyosiy va iqtisodiy boshqaruv bu yutuqlarni xalq xo‘jaligiga jalb eta olmadi. Novatorlik ishlanmalarni byurokratik chig‘iriqdan o‘tgunicha ahamiyatini yo‘qotar edi. Fanning ko‘p tarmoqlari militarlashgan harbiy uslubga yo‘naltirildi. Shu bilan birga, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni mafkuraviy andozaga solish kuchaydi, xalqaro fanlararo aloqalar qattiq nazorat ostiga olindi. O‘zbekistonda malakali kadrlarni tayyorlashdagi, aholining ilmiy madaniy,ta’lim-tarbiyaviy taraqqiyotini ta’minlashda yetarlicha natijalar an’analarni o‘zida jamlagan kuchli potensial jamlangan. Shuning uchun O‘zbekistondagi oliy ta’lim oldida to‘plangan ijobiy tajribalarni saqlash va mazmunan boyitish dunyo ta’lim kengliklarida o‘zining munosib o‘rnini egallash kabi favqulodda jiddiy vazifa turib qoldi. Ayniqsa, bir necha o‘n yillab mafkuraviy iskanjada bo‘lgan fan, madaniyat, ta’limning undan bo‘shatish, yangi qadriyatlar, innovatsiyalar orqali jonlantirish mustaqil O‘zbekiston xalqi oldida sharafli va sermashaqqat vazifalardan biri edi. O‘zbekiston mustaqillik ostonasida turar ekan, respublika rahbariyati dastlabki vazifalardan biri ilm-fanni, ta’lim tizimini isloh qilish, modernizatsiya qilish lozimligini chuqur anglar edi. O‘zbekiston rahbari I.Karimov 1988-yil 20-noyabrda O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasida bo‘lgan uchrashuvda shunday degan edi: “Respublika hayotining barcha sohalarida ilm-fan mavqeini prinsip e’tibori bilan yangi sifat darajasiga ko‘tarish respublika Fanlar Akademiyasining asosiy vazifasidir, deb o‘ylaymiz. Ilm-fan ahliga buyruq berish, quruq ma’muriyatchilik, olimlarga apparat xodimlari kabinetlarida paydo bo‘ladigan “ijtimoiy buyurtmani” ro‘baro‘ qilish davri o‘tib ketdi. Ijodiy izlanishlarning natijalarini qamrab olgan Fanlar akademiyasi olimlarining asarlari va tavsiyalari respublika taraqqiyotining istiqbolini belgilaydigan keklajakdagi hisob-kitoblar va siyosatning poydevori bo‘lishi darkor… . Fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlash uchun kompleks tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Bu borada oliy maktabning, hatto umumiy ta’lim maktablarining faoliyatini tubdan qayta qurish kerak” . 1-rasm: O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mustaqillik yillarida ta'lim tizimidagi dastlabki islohotlar. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida islohotlarni boshidan kechirgan va natijasini ko‘rsata olgan sohalardan biri ta’lim tizimidir. O‘zbekiston ilm-fanga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Zamonning tezkor taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yangi fan sohalari bo‘yicha tadqiqotlar yo‘lga qo‘yildi. Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar olib borish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasida ilm-fanni rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining o‘rni beqiyosdir. Shuningdek, respublika oliy ta’lim muassasalaridagi professor-o‘qituvchilar faoliyatining salmoqli qismi ilmiy tadqiqotlargna qaratilganligi o‘z samarasini bera boshladi. “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” O‘zbekistonda ilmu-fan rivojlanishiga bosh maqsadlardan biri etib belgilandi. 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining farmoniga binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya Komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan Fanlar Akademiyasiningning mavqei ortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-fevraldagi farmoni ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar sifatiga qo‘yilgan talablarga muvofiq iolmiy texnika va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirishda, shuningdek, mamlakat ilmiy salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublikaning ilmiy tadqiqot majmuini Akademiya, oliy ta’lim va boshqa tarmoqlaridagi 350 dan ortiq muassasani, jumladan, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlaridagi ilmiy tadqiqot bo‘linmalari, loyiha konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va tajriba korxonalari, axborot-hisoblash markazlari o‘z ichiga oladi. 2006-yildagi natijalar bo‘yicha fanning turli tarmoqlari bo‘yicha 34 mingdan ortiq ilmiy xodim faoliyat ko‘rsatgan. Ularning 2.4 mingi fan doktori, 2.4 mingi fan nomzodlari edi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi xalq ta’limi tizimi taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Milliy pedagogik tafakkur ta’sirichan ta’limning sog‘lomlashtirish jarayoni boshlandi. Uzoq vaqt mobaynida tashqi dunyodan uzib qo‘yilgan, o‘zga mamlakatlar tarixiy tajribasidan ham, milliy ma’rifiy merosdan ham bahramand bo‘lmagan milliy pedagogika jahon maydoniga chiqdi. Erishilgan natijalarni o‘zgalarniki bilan qiyoslash, boshqalardan ijobiy jihatlarni o‘zlashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda O‘zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ta’limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirilib, uning moddiy-texnik bazasini zamon va davr talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekiston ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. O‘zbekiston Respublikasida 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun ilgari erishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga xizmat qildi. Ushbu qonun o‘z vaqtida muhim bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo ta’lim tizimini isloh qilishning amaliy chora-tadbirlari, ta’lim tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqislarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksizlikni ta’minlash muammolarini echa olmadi. Ta’lim tizimidagi yig‘ilib qolgan muammolar 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonunni va kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga sabab bo‘ldi. Milliy dastur muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari, milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlashning ilmiy modeli, kadarlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari kabi bo‘limlarni qamrab olgan. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonunning mohiyatini o‘zida aks ettirgan bu dastur respublika ta’lim tizimining istiqbolli kelajagiga mo‘ljallangan bo‘lib, uni kompleks rivojlantirishga qaratilgan. Milliy Dastur va dasturlarning xayotga tatbiq etilishi natijasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz ta’lim va tarbiya tizimi yaratildi. Ta'limning milliy modelini shakllanishi , rivojlanishi va sohasidagi muammolar.Taʼlimning milliy modeli — Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim tizimini yangilangan sogʻlom pedagogik tafakkur asosida tubdan isloh qilish, taʼlimtarbiya muassasalarida tayyorlanadigan kadrlarni intellektual, maʼnaviy va axloqiy saviyasiga koʻra rivojlangan mamlakatlardagi darajaga yetkazish boʻyicha belgilangan nazariymetodologik, amaliypedagogik yondashuvlar majmui. Taʼlimning milliy modelim.da maʼnaviyintellektual jihatdan barkamol shaxsning oʻz ijodiy qobiliyatini toʻla namoyon etishini taʼminlash koʻzda tutiladi. Jahon taʼlim tizimi tajribasida mutlakr yangilik boʻlgan Taʼlimning milliy modelim. shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz taʼlim, fan, ishlab chiqarish. singari 5 tarkibiy qismdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturida Taʼlimning milliy modelim. tarkibiy qismlari taʼriflanib, ularning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Jumladan, shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subʼyekti va obʼyekti, taʼlim sohasidagi xizmatlarning isteʼmolchisi va ularni amalga oshiruvchidir. Taʼlimning milliy modelim.ning oʻziga xosligi tarkibiy qismning boshlanishidayoq yaqqol namoyon boʻladi. Unda shaxsga taʼlimning isteʼmolchisi, yaʼni obʼyektigina emas, balki uni amalga oshiruvchi, yaʼni taʼlim jarayonining subʼyekti sifatida ham qaraladi. Bu hol shaxsni taʼlimning isteʼmolchisidan bu jarayonning ijrochisiga aylantiradi, uning faolligini oshirib, rivojlanishini tezlashtiradi. Davlat va jamiyat — taʼlim hamda kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat kilishni amalga oshiruvchi, kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir. 2-rasm: Kadrlar tayyorlash milliy modeli Taʼlimning milliy modelim.ga koʻra, davlat va jamiyat oʻz zimmasiga kadrlar tayyorlash ishini tashkil etish, taʼlim jarayonini nazorat qilish hamda tayyorlangan mutaxassislar faoliyatini yoʻlga qoʻyish kafolatini oladi. Uzluksiz taʼlim — malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi boʻlib, taʼlimning barcha turlarini, davlat taʼlim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat kursatish muhitini oʻz ichiga oladi. Taʼlimning milliy modelim. shaxsning kamoloti umr bo’yi davom etadigan uzluksiz jarayon ekanligiga asoslanadi. Shuning uchun ham taʼlim tizimlarining barkamol insonni shakllantirishda ishtirok etishi lozim bulgan barcha boʻgʻinlar faoliyati uzviy va uzluksiz boʻlishi koʻzda tutiladi. Taʼlimning muayyan bosqichida biror shaxsda shakllantirilishi lozim boʻlgan bilim, malaka va kunikmalar miqdori, tartibi qamda bajarilish jarayoni ayni shu uzluksiz taʼlim tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻladi. Fan — yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi va ulardan foydalanadi, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqadi. Taʼlimning milliy modelim.ning bu tarkibiy qismiga Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida ahamiyat berilgan. Chulki malakali mutaxassislarni tayyorlashda fan yutuklaridan foydalanilganidek, yuqori malakali mutaxassislar ishtirokisiz fanning rivojlanishi ham mumkin emas. Demak, fan bir vaqtning oʻzida tayyorlovchilik, isteʼmolchilik, rivojlantiruvchilik vazifalarini bajaradi. Ishlab chiqarish — kadrlarga boʻlgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiytexnika jihatidan taʼminlash jarayonining katnashchisi. Ishlab chiqarish Taʼlimning milliy modelim.ning eng asosiy qismlaridan biridir. Xalq xoʻjaligining muayyan sohasi uchun zarur boʻlgan kadrlar miqdori, ularni tayyorlashda tayanilishi lozim boʻlgan iqtisodiy va texnologik asoslar ishlab chiqarish. tomonidan belgilanadi. Jamiyatning moddiy boyliklari ishlab chiqarish. jarayonida yaratilgani uchun u kadrlar tayyorlash tizimining moliyaviy va moddiytexnikaviy taʼminotini ham amalga oshiruvchi sanaladi. 3-rasm: O’zbekiston Respublikasida ta’lim turlari. Taʼlimning milliy modelida kadrlar tayyorlash borasida xalqimizga xos milliy xususiyatlar maksimal darajada hisobga olinishi taqozo etiladi. Shuningdek, unda barkamol shaxsni shakllantirish hamda uning akliy, kasbiy va maʼnaviy imkoniyatlarini eng samarali yoʻsinda ishga solish yoʻllari aniq hisobga olingan. Taʼlimning milliy modelida shaxsda shakllantirilishi zarur boʻlgan kasbiy va maʼnaviy sifatlarning uygunligiga alohida eʼtibor berilgan. O'rta-maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimining tashkil etilishi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq umumiyo‘rta ta’limning to‘qqiz yillik etib belgilanishi munosabati bilan to‘qqiz yillik maktabni tugatgan barcha o‘quvchilar ta’lim olishni o‘rta maxsus yoki kasbhunar kollejlarida ta’lim olishni davom ettirdilar. Bu yangi ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1-bosqichi (1997–2001) doirasida amalga oshirildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil etildi, 800 ga yaqin o‘quvchi chet ellarda ta’lim oldi, ko‘pgina o‘qituvchilar xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish maqsadida chet mamlakatlarga borib qaytdi. O‘rta maxsus ta’lim sohasida viloyatlarda, joylarda biznes maktabi, kichik va o‘rta maktab uchunkasb-hunar kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqanholda, yangi mutaxassislik (fermer,soliq va bojxona xodimi, audit vahokazo) lar kiritildi.Unga binoan, yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq kasb-hunar kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi. Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga ham biriktirilishi tufayli bu bosqichda o‘quv jarayoni samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanishiga e’tibor qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi. 2017-yilgi islohotlar. 2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili bo‘ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 9+3, ya’ni 12-yillik majburiy ta’limdan 11-yillik ta’limga qaytildi. 2017-yilning o‘zida 10-sinf o‘quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop etildi va 10 mingga yaqin umumta’lim maktabida 11-yillik ta’limga o‘tilgan holda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Maktabgacha taʼlim, 6–7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida va boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois, bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi bo‘limlari kiradi. 2017-yilga kelib O‘zbekistonda 4916 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Oxirgi 20 yil davomida bog‘chalar soni 45%ga kamaygan. Ayni damda bog‘chaga borayotgan bolalar umumiy bolalar sonining 30% ni tashkil qiladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling