O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat ijtimoiy siyosatining ahamiyati
Download 0.64 Mb.
|
4. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat ijtimoiy siyosatining ahamiyati
Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlashning muhim va samarali omili bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmokda. 2017-2021 yillarda ayollar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar salomatligini mustahkamlash maqsadida kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Sog‘lom ona sog‘lom bola» shiori ostida an’anaviy mintaqaviy «Ayollar sport festivali», «Sog‘lom avlod uchun» kubogi uchun suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, gimnastika, badiiy gimnastika, sport raqsi va gimnastikasi kabi sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. Mamlakatimizda ayollar bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar asosida yaratilayotgan ish o‘rinlari yildan-yilga ortib bormokda. Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llabquvvatlash borasida mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar, ayniqsa, uy mehnatini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar diqqatga sazovor. Bu, o‘z navbatida, ayollarning oila moddiy farovonligiga munosib hissa qo‘shishlariga, shu bilan birga, farzand tarbiyasi bilan bevosita shug‘ullanishlariga imkon beradi. Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, xavfsiz va arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod farmatsevtika korxonasi faoliyat ko‘rsatib, ular tomonidan 2 mingdan ortiq turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqarilmoqsa. Shuningdek, dori vositalarini ishlab chiqarish va ular bilan aholi hamda davolash-profilaktika muassasalarini ta’minlash maqsadida mazkur sohadagi ishlarni tashkil etishning mustahkam huquqiy asoslari barpo etildi. Iigirmadan ortiq qonun, bir yuz yigirmadan ziyod me’yoriy-huquqiy hujjatlar bu yo‘nalishdagi ishlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘lmoqda. Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash bo‘yicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar bo‘lishiga qaramasdan tashxis quyish va davolash standartlarida ko‘zda tutilmagan hamda asosan qimmat import dori-darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Prezident Sh.Mirziyoyevning 2016 yil 31 oktyabrdagi «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi’ PQ-2647-son qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish, xalqimizni arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirishda muhim dasturulamal bo‘lmoqda. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling