O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi


-rasm. Aholining ijtimoiy muhofazasi8


Download 0.64 Mb.
bet6/9
Sana09.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1472148
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-rasm. Aholining ijtimoiy muhofazasi8




2-rasm. Aholining ijtimoiy muhofazasiga ajratilgan mablag’lar(2016-2020)9
Ko‘rinib turibdiki, kimlardir vaqtinchalik yordamga, kimlardir esa uzoq muddatli ko‘makka muhtoj. Shuning uchun muammolarni maqsadli hal qilishga imkon beradigan tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi shart.
Endi yechim haqida gaplashsak. Jahon tajribasi asosida fikr bildirish mumkinki, ijtimoiy himoya ikki ustun – ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy faoliyat asosida yuzaga keladi.
1. Ijtimoiy ta'minot tizimi -hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan va Pensiya jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan pul mablag‘lari vositalari ko‘rinishidagi turli to‘lov dasturlarni o‘z ichiga oladi.
2.Ijtimoiy ish tizimi – insonlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarini bartaraf etishda qo‘llab-quvvatlash, himoya qilish, tuzatish, realibitatsiya orqali yordam berishga qaratilgan kasbiy faoliyat hisoblanadi.
Ijtimoiy himoya qilish tizimining samaradorligini ta'minlash uchun yagona muvofiqlashtiruvchi organ faoliyati kerak bo‘lib,u ijtimoiy himoya va ijtimoiy ishni samarali amalga oshirish uchun tuman tizimidan boshlab, barcha davlat tuzilmalari hamda nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Ushbu organ turli me'yoriy-huquqiy hujjatlar bazasini ishlab chiqish, turli tashkilotlar tomonidan ularning vazifalaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy ta'minot dasturining amalga oshirilishi va boshqarilishini monitoring qilish uchun mas'ul bo‘lishi lozim.
Aslida sabablar bir nechta:
O‘zaro muvofiqlashtirish. Mamlakatimizda Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining faoliyati 2016 yil fevralida Mehnat vazirligi sifatida qayta tashkil etilishi oqibatida aholini ijtimoiy himoya qilish masalasi «boquvchisini yo‘qotgan yetim»dek bo‘lib qoldi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish va tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga; ijtimoiy moddiy yordam berish hamda ijtimoiy nafaqa belgilash va to‘lash monitoringini yuritish vazifalari Moliya vazirligiga o‘tkazildi. Shu qatorda, yoshi bo‘yicha, yetim va nogironligi bor bolalar guruhlarga ajratilib, ularga Xalq ta'limi vazirligi mas'ul qilindi. Aholining yoshi katta nogiron qatlami esa Sog‘liqni saqlash vazirligiga taalluqli bo‘ldi.
Byudjyetning optimallashtirilishi. Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat byudjyeti hisobidan ijtimoiy sohaga qariyb 60 foiz mablag‘ ajratilmoqda. Sog‘liqni saqlash va ta'limga oid katta xarajatlardan tashqari ushbu sohadagi xarajatlar internat muassasalari hamda ijtimoiy to‘lovlarning xarajatlarini qoplashga sarflanadi. To‘lovlarni amalga oshirishga YaIMning 7 foiz ajratilib, bu xalqaro tajriba amaliyotidagi yuqori ko‘rsatkichdir. Shu bilan birga turli tashkilotlarda to‘lovlarning «murojaatlar» asosida amalga oshirish tamoyili mavjud bo‘lib, murakkab vaziyatlar tizimli o‘rganilmasdan va nazoratga olinmasdan moddiy yordam ko‘rsatiladi10. Bular - nogironlikka nafaqa berish, nogironligi bor farzandlar uchun olinadigan nafaqa, boquvchisini yo‘qotganlar uchun nafaqa, qarilik nafaqasi, bolalar nafaqa to‘lovi, kam ta'minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar, tug‘ruq oldi va undan keyingi homiladorlik nafaqasi to‘lovi, ishsizlik nafaqasi kabilardir.
Xulosa qilib aytish kerakki, bugungi kunda ijtimoiy himoyaga muhtojlarni va davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan to‘lovlarni hisob-kitob qiluvchi yagona tizim yo‘q, bu esa ajratilgan mablag‘larning sarflanish samaradorligini pasaytiradi. Shunday ekan, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni hisobga oluvchi Yagona reyestrni tashkil etish talab qilinadi, unda Pensiya jamg‘armasi, Soliq qo‘mitasi, TMEKdan nogironligi bor insonlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha dalolatnoma, yordamga muhtojlik to‘g‘risida mahalladan ro‘yxatdan o‘tganligi va shu kabi hujjatlarni davlat ma'lumotlar bazasiga joylashtirilishi lozim. Yagona axborot tizimining mavjud emasligi mablag‘larning samarasiz taqsimlanishi va yordamdan qisqa muddatda yoki maqsadsiz foydalanish xavfiga olib keladi. Ijtimoiy himoya tizimida AKT vositalarini joriy etish xarajatlarni optimallashtirish, ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini oshirish, xullas, ijtimoiy himoya tizimining sifatini oshirishga yordam beradi.
Professional ijtimoiy ish zaminida maxsus diplomga ega mutaxassislarning mehnat faoliyati, ijtimoiy xizmat tizimini yaratish, mavjud ijtimoiy xizmatlarni xalqaro standartlar nuqtai nazaridan baholash, ijtimoiy xizmatlar turlarini kengaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish standartlarini tasdiqlash, ijtimoiy xizmatchilarning malakasini oshirish kabi tadbirlar yotadi. Ushbu faoliyat «keys-menejment» tamoyili asosida qurilib, har bir murojaatchining shikoyati o‘rganiladi, yordamga muhtojlarning imkoniyat darajasi o‘rganiladi, oilasi hamda uy xo‘jaligidagi sharoitlar baholanadi, maqsadga yo‘naltirilgan harakat rejasi tuziladi, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi hamda ulardan foydalanishda qulaylik yaratish uchun birga harakat qilinadi. Asosiy maqsad qisqa muddatli chora-tadbir ko‘rish emas, balki insonni qiyin vaziyatdan qutqarib, normal hayotga qaytishini ta'minlashdir.11
Davlat barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olishi kerakmi?
Vaziyatning rivojlanish istiqbolini ko‘rish juda muhim. Aksariyat xizmatlar keyinchalik fuqarolik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, hukumat uning siyosatini, xizmatlarga yondoshuvni belgilaydi, metodologik asosini yaratadi, ijtimoiy xizmatlar reyestrini tuzadi, ularga belgilangan standartni tasdiqlash bilan bir qatorda xalqaro donor tashkilotlari, xususiy sektor, nodavlat tashkilotlari, tashabbuskor guruh va homiylar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiradi. Keyinchalik dunyodagi aksariyat mamlakatlar singari bunday ko‘rinishdagi xizmatlar ijtimoiy buyurtma tartibi asosida ko‘rsatiladi. Ya'ni, vazirlik va hokimliklar joylarda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga yordam ko‘rsatish tanlovlarini e'lon qilishi mumkin bo‘ladi. Ayrim MDH davlatlari, jumladan, Qozog‘iston, Rossiya, Belorusiyada bunday amaliyot anchadan beri qo‘llanilib kelinmoqda.
Ayrim ijtimoiy xizmatlar bugun u yoki bu shaklda amalga oshirilmoqda, ularning samaradorligini o‘rganish lozim. Shu bilan birga ayrim xizmatlar borki, ular hali yo‘lga qo‘yilmagan. Kuzatishlarim asosida yuzaga kelgan bir qancha fikrlarni e'tiboringizga havola qilaman.
Jamiyatning dolzarb muammolaridan yana biri – nogironligi bor insonlar vaziyati. Muammoning qirralari ko‘p, uni ko‘z oldimizga keltirish uchun faqatgina ikkitasini keltirib o‘tamiz. Afsuski, nogironligi bor insonlar internatning yuqori devorlari yoki o‘z uylarida «ko‘rinmas odam» bo‘lib qolishmoqda, kamdan-kam holatlarda ularning jamiyat hayotiga aralashganini ko‘rish mumkin. Buyuk Britaniya, Avstriya, Janubiy Koreya, Isroil davlatlarida nogiron kishilarni metro, teatr, do‘kon va ko‘chalarda har qadamda uchratsa bo‘ladi. Bizda esa bu amrimahol. Buning asosiy sabablaridan biri – jamiyat hayotidagi eski qarashlar mavjudligi, shahar muhitida nogironligi bor shaxslar uchun yo‘laklarda taktil koshinlar, aravachalar uchun to‘g‘ri pandus hamda suriluvchi eshiklar, transport infratuzilmasida ovoz signalli va taymerli svetoforlar kabi shart-sharoitlarning yaratilmaganidir. Sharoitni yaxshilashga ko‘pchilik yordam bera oladi, biroq buning uchun kimdir ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan obektlarning holatini o‘rganishni boshlashi zarur.
E'tibor qaratilishi kerak bo‘lgan muhim taraf – farzandlarida nogironligi bo‘lgan oilalarga e'tibor. Bunday oilalarga kaysi mamlakatda bo‘lmasinlar, birdek qiyin. Ammo bizning yurtimizda bunday ota-onalar farzandida nogironligi bo‘lgani uchun olinadigan nafaqadan boshqa hech qanday yordam olmaydi.Farzandida nogironligi bo‘lgan oilalarda asosiy og‘irlik ona zimmasiga tushadi, ota odatda bunday oilasini tashlab ketadi. Bunday farzandlari bor ota-onalar o‘rtasida o‘zaro ko‘mak berish guruhlarining tuzilishi bunday bolalarni parvarishlashga yordam markazini yuzaga keltiradi. Yoki, Rossiyada amalga oshirilganidek, markaz tomonidan oilaga yordam uchun kelgan o‘rta ma'lumotli ijtimoiy xizmatchi oziq-ovqatlarni xarid qilishga, taom tayyorlashga, uyni yig‘ishtirishga yordam berib, hayot tarziga mazmun kiritadi.
Onaning qo‘lini haftasiga bir necha soatgina bo‘sh qoldirish orqali davlat uni qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qaltis qadamdan, farzandini internatga topshirib, umrining oxiri - o‘limigacha davlat qaramog‘ida qolishidan to‘xtatib qoladi.
Oilaviy zo‘ravonlikdan vaqtinchalik saqlovchi Krizis markazlari hayotiga oxirgi nuqta qo‘yish holatiga kelgan ayollarga boshpana vazifasini bajaradi. Bunday boshpanalar bolali yosh ayollarni qabul qilib, ularga ijtimoiy xizmatchi, psixolog, yurist yordamini ko‘rsatadi. Bunday boshpanada e'lon qilib osib qo‘yilgan yozuv va ro‘yxat bo‘lmaydi, u maxfiylikni ta'minlashi hamda ishonchli maskanga aylana olishi shart. Yaqinda Iroda ismli yosh ayol bilan tanishib qoldim. Iroda chekka qishloqlardan birida yashagan, yetim, badanida kuyish alomatlari bor. Oshxonasida gaz portlashi oqibatida alanga sintetika ko‘ylagini qoplagan va butun badanini kuydirgan. Hozir u ikkinchi guruh nogironi. Bir yil o‘tib turmush o‘rtog‘i Irodani ikki farzandi bilan birga tashlab ketgan. Qo‘lida ikki bolasi, ishsiz, pulsiz qolgan ayol o‘g‘li va qizini bolalar uyiga vaqtinchalik topshirishga majbur bo‘lgan. Iroda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Shu payt unga Samarqanddagi «Rahmdillik» tashkilotining rahbari vrach-kambustiolog Bibisora opa ruhiy ko‘mak bergan, hayotini saqlab qolgan. Irodaning ish topishiga yordamlashgan, oradan ikki oy o‘tib Iroda farzandlarini bolalar uyidan qaytarib olgan. Ayollarimiz uchun mana shunday boshpanalar ko‘proq ochilishi kerak12.
Sog‘liqni saqlash Vazirligi yaqinda e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 100 mingdan ortiq kishi onkologik kasallikka chalingan va palliativ yordam berishni rivojlantirish kimyo-terapiya kursi yordam bera olmaydigan bemorlarning ahvolini yengillashtirish bilan chambarchas bog‘langan.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling