O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi
-jadval. Ijtimoiy sug'urta hisob-kitoblarini tekshirishda ob'ektlar va ma'lumotlar manbalari13
Download 0.64 Mb.
|
3-jadval. Ijtimoiy sug'urta hisob-kitoblarini tekshirishda ob'ektlar va ma'lumotlar manbalari13
Xulosa Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi qisqa muddatli chora-tadbirlarga emas, balki insonlarni taqdir taqozosi bilan tushib qolgan qiyin vaziyatdan olib chiqish va tinch-osuda hayotga qaytarish uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Smartgov Sonsulting direktori Aziza Umarova O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasini rivojlantirish va bu boradagi xalqaro tajriba haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat organlari aholi bilan qay darajada ishlash kerakligi to‘g‘risida yuqori mezonlarni belgilab berdi. Bir yil davomida bu jarayonlar faqat quruq so‘z bo‘lib qolmasdan, balki amalda, hayotimizda ro‘y berib, jamoatchilikning fikrlashini o‘zgartiruvchi jiddiy katalizatorga aylanganining guvohi bo‘ldik. Davlat organlari aholining murojaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishga, oddiy insonlarning muammolarini o‘rganib, ularni hal qilishga, yuzma-yuz muloqot o‘rnatishga harakat qilmoqda. Ommaviy axborot vositalaridagi keskin o‘zgarishlar yillab o‘z yechimini topmagan ayrim eski muammolarni qayta ko‘rib chiqishga va hal etishga yordam bermoqda. Oxirgi olti oy mobaynida jamiyat hayotida bo‘lib o‘tgan yorqin hodisalar jamoatchilik e'tiborini befarq qoldirmadi (menimcha, bunday voqealar avval ham bo‘lgan, biroq ular to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari endi yoza boshladi). Hayot zarbalari bir necha ayollarni o‘z joniga qasd qilishga undadi. Dahshatlisi shuki, ayol nafaqat o‘z joniga qasd qilmoqda, balki o‘zi bilan birga farzandlarining umriga zavol bo‘lmoqda. Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida ona o‘ziga 3 yoshli hamda 7 yoshli farzandlarini bog‘lab kanalga sakragan. Berilgan xabarlardan ma'lum bo‘lishicha, u Daun sindromi bor farzandini voyaga yetkazgan. Ehtimol, jamiyatda nogironligi bor insonlarga odamlar tomonidan «bir qolipga solingan» qarashi hamda professional ijtimoiy xizmatlarning mavjud emasligi sababli (bu narsa chekka hududlar-qishloqlarda yaqqol seziladi) ona hayotning og‘ir zarbasini ko‘tara olmagandir?!.. Agar avval nogironligi bor bolalarni maxsus internatlarga joylashtirish normal holat bo‘lgan bo‘lsa, hozirda dunyo miqyosida barcha narsa inklyuziv model asosida tashkil qilinmoqda; ya'ni nogironligi bor bolalarning ijtimoiy hayotga moslashtirish o‘z oilasida, oddiy umumta'lim maktablarida, yordamchi pedagog yoki maxsus sinflar orqali inklyuziv ta'lim berish yordamida amalga oshirilmoqda. Nogironligi bor bolalarning ota-onasiga maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan ijtimoiy xizmatlar, reabilitatsiya markazlari, ota-onalarning bir-biriga ko‘mak berish guruhlari yordam bermoqda. Agar yuqorida keltirib o‘tilgan ayolning hayotida ham shunday muhit bo‘lganida, bu voqeaning rivoji boshqacha bo‘lar edi. BMT tizimidagi 10 yillik faoliyatim mobaynida Mehnat va ijtimoiy himoya qilish vazirligi bilan hamkorlikda nogironlik va ijtimoiy himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keldi. O‘sha davrda me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqdik, «Muruvvat» va «Saxovat» mehribonlik uy-internatlariga bordik, ijtimoiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish haqida bosh qotirdik, reabilitatsiya individual rejasini tatbiq etish tizimini, nogironlikni belgilash hamda huquqiy tasdiqlanishini o‘rgandik, realibitatsiya masalalari (nogironlik aravachalari, stolchalari, eshitish moslamalari va boshqalar)ni ko‘rib chiqdik, mamlakatimizga oid nogironligi bor insonlarning huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiyani ratifikatsiya qilish va shu yo‘nalishdagi yana boshqa ko‘p ishlarni tayyorladik. Muammolarning kelib chiqishning asosiy sabablaridan biri - yagona tizim, statistika va hisob-kitobning yo‘qligida ekanligi ma'lum bo‘ldi. Tizimli yechim nafaqat tug‘ilgandan vafot etgunga qadar muhtoj odamlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, balki ijtimoiy yordam ko‘rsatishni muvofiqlashtirishni ham o‘z ichiga olish kerak. Qamrov nihoyatda keng. Masalan, mehribon uylarining tarbiyalanuvchilari, shu jumladan ota-onasi mehnat migratsiyasidan yillab uyiga kelmaydigan insonlarning farzandi bo‘lgan «ijtimoiy yetimlar». O‘zining tuzalmas kasalligi bilan yakkama-yakka qolgan nogironligi bor insonlar. Adashib, qonunni buzgan o‘smirlar. Uyda qarovchisi yo‘q keksalar. Ijtimoiy realibitatsiyasiz qolgan sobiq mahbuslar. Onkologik va boshqa og‘ir dardga chalinganlar. Og‘ir vaziyatga tushgan oilalar va oilaviy zo‘ravonlik qurbonlari. Ko‘rinib turibdiki, kimlardir vaqtinchalik yordamga, kimlardir esa uzoq muddatli ko‘makka muhtoj. Shuning uchun muammolarni maqsadli hal qilishga imkon beradigan tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi shart. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling