О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim vairligi О‘zbekiston Milliy Universiteti “Ekologiya” fakulteti


Download 199.6 Kb.
bet1/5
Sana25.02.2023
Hajmi199.6 Kb.
#1230859
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Halilov Jasur. Ko`rs ishi.




О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim vairligi
О‘zbekiston Milliy Universiteti

Ekologiya” fakulteti


Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yo’nalishi
Ijtimoiy Ekologiya fanidan
KURS ISHI


Mavzu: О‘zbekistonda chо‘llashish muammolari va ularni hal etish usullari.

Bajardi: J. Halilov


Tekshirdi: PhD. N. Kochkarov


Toshkent – 2022.


Mavzu: О‘zbekistonda chо‘llashish muammolari monitoring.
Reja:
1. Kirish.
1.1. О‘zbekistonda chо‘llashish muammolari.
2. Asosiy qism.
2.1. Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda chо‘llashish.
2.2. Dunyo miqyosida chо‘llanish .
2.3. CHо‘llanishga qarshi qilinayotgan ishlar.
2.4. Chо‘llanishga qarshi kurashda jaxon tajribasidan foydalanish.
3. Xulosa.
4. Foydalangan Adabiyotlar.

Mustaqillik yillarida О‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qator xalqaro konvensiyalar va ular rivojlanishining tegishli bayonnomalariga a’zo bо‘ldi hamda ratifikatsiya qildi. Shu asosda mamlakatda atrof-muhitni muhofaza qilish bо‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.


Bugungi kunda dunyo bо‘yicha «degradatsiyaga uchragan qishloq xо‘jaligi yerlari Afrikada 121,5 mln.ga (65%), Osiyoda 203,7 mln.ga (38%), Janubiy Amerikada 63,9 mln.ga (45%), Shimoliy Amerikada 61,4 mln.ga (26%), Yevropada 71,7 mln.ga (25%) ni tashkil etadi». Shularni hisobga olgan holda, tuproqlarda kechayotgan chо‘llanish va degradatsiya jarayonlarini aniqlash, baholash va oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan tadbirlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
BMT tomonidan 1994 yildan e’tiboran 17 iyun — Umumjahon chо‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuni deb e’lon qilingandan boshlab jahonda ushbu kun keng nishonlanib kelinmoqda. О‘zbekiston Osiyo mintaqasida birinchilardan bо‘lib, Konvensiyaga a’zo bо‘lgan davlatlardan hisoblanadi va ushbu Konvensiya 1995 yil 31 avgustda О‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilinib, 1996 yildan kuchga kirdi. Bugungi kunda mazkur Konvensiyaga 196 ta davlat a’zo.
Yer maydonlarida qurg‘oqchilik va chо‘llanish muammosi bugungi kunda barcha xalqaro jamoatchilik, yer egalarining, ilmiy dargohlarning va siyosatshunoslarning doimiy diqqat-e’tiborida. Qurg‘oqchilik va chо‘llanish butun insoniyatga ijtimoiy, iqtisodiy zarar keltirib, dunyo miqyosida ekologik tahdid xavf solmoqda.
Hozirgi kunda О‘zbekistonning 70 foizi yoki 31,4 mln. gektar yeri qurg‘oqchil maydonlardan iborat bо‘lib, ular asosan tabiiy shо‘rlangan, kо‘chma barxan qumliklar va qumliklardan iborat chо‘l hamda issiq garmsel shamollari ta’siridagi hududlardan iboratdir. Orol dengizi suv sathining qurishi tufayli О‘zbekistonda yana qо‘shimcha 3 mln. gektardan ortiq maydonda «Orolqum» sahrosi paydo bо‘ldi. Natijada ushbu hududda ekologik muhit yomonlashib, chо‘llanish jarayonlari yanada kuchaydi va kо‘plab ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirdi [1].
Mazkur Konvensiya doirasida О‘zbekiston tomonidan olingan majburiyatlar yuzasidan keng chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aytish joiz, О‘zbekiston Respublikasi О‘rmon xо‘jaligi davlat qо‘mitasi mazkur konvensiya doirasida amalga oshiriladigan majburiyatlar yuzasidan mas’ul organ, deb belgilangan.
Xalqaro huquq normalariga kо‘ra, atrof-muhit muhofazasi, xususan, yer resurslari muhofazasi va ulardan oqilona foydalanish tizimini yanada takomillashtirish davlatning birinchi darajali vazifasi sifatida e’tirof etilgan. Mamlakatimizda sohada qonunchilik bazasi yaratilib, uni takomillashtirish bо‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, chо‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash ishlarni samaradorligini oshirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi «О‘zbekiston Respublikasida chо‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bо‘yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida» gi qarori qabul qilindi.
О‘rmon xо‘jaligi davlat qо‘mitasi tomonidan 2019 — 2023 yillarga mо‘ljallangan «yо‘l xaritasi» ishlab chiqildi va Hukumat tomonidan tasdiqlandi. Bugungi kunda sohada ushbu «yо‘l xaritasi»ga asosan tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Orol dengizining qurigan hududida 2019 yilda 501 ming gektarda, 2020 yil bahorida 703 ming gektar maydonda kо‘chma qumlarni mustahkamlash maqsadida о‘rmon barpo etish tadbirlari amalga oshirildi.
Buxoro viloyatidagi Qizilqum chо‘llariga tutash hududlaridagi sug‘oriladigan yerlarni hamda infratuzilmasini qum bosishidan saqlash maqsadida 200 ming gektardan ortiq maydonda, Buxoro shahri atrofida «yashil qalqon» yaratish maqsadida saksovulzorlar barpo etish bо‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. «Yо‘l xaritasi» bо‘yicha Navoiy viloyatining Nurota tog‘ oldi yerlaridagi ochiq bо‘sh maydonlarda 10 ming gektar maydonda pista plantatsiyalari tashkil etish bо‘yicha choralar kо‘rilmoqda.
Shuningdek, о‘rmon fondi yerlaridan tashqari qishloq xо‘jaligining sug‘oriladigan yerlari meliorativ holatini yaxshilash, suv xо‘jaligi obyektlarini qum bosishdan himoya qilish maqsadida tizimli ravishda ihota daraxtzorlari barpo qilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu dasturga asosan 2019 yilda 2495 gektar va 2020 yilda 2000 gektarga yaqin maydonlarda ihota daraxtzorlari barpo etilgan. Prezidentimizning 2019 yil 23 avgustdagi qarori bilan 2020 — 2024 yillarda qishloq xо‘jaligiga qarashli sug‘oriladigan yerlarda shartnoma asosida 12 ming gektar maydonda ihota daraxtzorlari barpo etish davlat dasturiga kiritilgan.
Shu о‘rinda ta’kidlash joizki, sohada qо‘lga kiritilgan ijobiy yutuqlar bilan bir qatorda, ayrim muammolar hamda yо‘l qо‘yilgan. Xususan, sohada davlat-xususiy sheriklik, iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlari joriy etilmagan. Innovatsion loyihalar ishlab chiqarishga keng tatbiq etish, mahalliy aholini chо‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish ishlariga jalb etish va ular xabardorligini oshirish bо‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Boz ustiga, global iqlim о‘zgarishi sharoitida chо‘llanish va qurg‘oqchilik jarayonlari tabiiy ravishda tezlashar ekan, jamiyatning kelgusidagi barqaror rivojlanishi hamda ekologik xavfsizligi insoniyat ushbu jarayonga qarshi kurashishning innovatsion, kreativ yondashuvlariga uzviy bog‘liq bо‘lib qoladi. Shunday ekan, О‘zbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida global iqlim о‘zgarishi sharoitida chо‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bо‘yicha barcha zarur choralarni kо‘rishi lozim.
Hozirda mamlakatda “2030 yilgacha bо‘lgan davrda О‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi” amalga oshirilayotgan bо‘lib, unda global ekologik muammolarni hal etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va respublikaning о‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarish yuzasidan «Yо‘l xaritasi»ni tasdiqlash; Parij bitimini amalga oshirish bо‘yicha Harakatlar milliy rejasini ishlab chiqish va qabul qilish; manfaatdor davlatlar bilan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilishning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish; mamlakatning bir qator konvensiya, protokol hamda boshqa xalqaro bitimlarga qо‘shilishi maqsadga muvofiqligini о‘rganish va boshqa vazifalar belgilangan.
Sayyoramizda quruqlik yuzasining 41,3 foizini qurg‘oqchil yerlar tashkil etadi. Bu yerlar unchalik qulay bо‘lmasa-da, yashashga yaroqli, va ularning salmoqli qismini tog‘ massivlari tashkil etadi. Yerlarning yemirilishi sur’atlari yildan yilga kuchayib bormoqda va rivojlanishining tarixiy davrida insoniyat 2 mlrd. ga yaqin unumdor yerlarni yо‘qotdi. Bu esa bugun yaylovlar va haydalgan yerlar hajmiga nisbatan ancha kо‘p demak. Kam suvli hududlarda barcha joylarda kuzatilayotgan sahrolanish va qurg‘oqchilik umumtan olingan ekologik muammo bо‘lib, ular ijtimoiy taraqqiyotga tо‘sqinlik qiladi.
Markaziy Osiyo mintaqasi qit’aning markaziy qismida joylashgan holda о‘tkir suv taqchilligini his qiladi. Bu holat muayyan darajada О‘zbekiston hududida ham seziladi. О‘zbekiston quruq kontinental iqlimli mamlakat sanaladi. Aholisi zich joylashgan, jadal rivojlanayotgan ushbu mamlakat rahbariyati oldida ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalasi doim diqqat e’tiborda turibdi [2].
Iqlim global isishining tо‘xtovsiz davom etayotganligi inson salomatligi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun katta xavf tug‘dirmoqda. О‘zbekiston iqlim о‘zgarishiga nisbatan himoyaga muhtoj mamlakatlar toifasiga kiradi. Resurslarni tejaydigan qо‘shimcha chora-tadbirlarning kо‘rilmagan taqdirda mamlakat qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishida beqarorlikka olib keluvchi va oziq-ovqat hamda ekologik xavfsizlikka tahdid soluvchi suv resurslari taqchilligiga, qurg‘oqchiliklar hamda xatarli hodisalar kо‘payishiga duch kelishi mumkin.
Iqlim о‘zgarishi xavflarini boshqarishni ta’minlovchi xalqaro hujjat BMTning Iqlim о‘zgarishi bо‘yicha hadli konvensiyasi hisoblanib, u 1992 yilda Rio-de-Janeyroda bо‘lib о‘tgan Yer sammitida qabul qilingan.
Iqlim о‘zgarishi bо‘yicha doiraviy konvensiya iqlim о‘zgarishining salbiy oqibatlarini yengillashtirish bо‘yicha xalqaro hamkorlik hamda Yer atmosferasiga antropogen yukni pasaytirish vositasi sanaladi. Unda global iqlim о‘zgarishiga qarshi harakat qilish bо‘yicha dunyo hamjamiyati faoliyatining umumiy yо‘nalishlari belgilab berildi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda iqlim о‘zgarishi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bugungi kunda О‘zbekiston Respublikasida ushbu Konvensiyada belgilangan qoidalarni о‘zida mujassam qilgan, atrof muhit muhofazasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mustahkam huquqiy asoslar yaratilgan. Shuningdek, qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalarining joriy etilishi issiqxona gazlarining tashlanmalari hajmi qisqarishiga kо‘maklashuvchi muhim omildir. Bu borada ham viloyatlarda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Farg‘onaazot”, “Maksam-Chirchiq” “О‘zbekximmash” OAJlari tomonidan ishlab chiqilgan biogaz moslamalari amaliyotga tadbiq etildi. xalqaro hamkorlik asosida bir qator loyihalar xususan, GEFning kichik grantlar dasturi doirasida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, о‘rmonzorlarini tiklash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yо‘nalishlari bо‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, Qashqadaryo viloyatidagi BMTTDning “О‘zbekistonda iqlimiy xavflarni boshqarish” hamda Toshkent viloyatida GEF va JSSTning “Sog‘liqni saqlash tizimini iqlim о‘zgarishiga moslashuvi” va boshqalar amalga oshirildi.
О‘zbekiston 1993 yildan buyon BMTning Iqlim о‘zgarishi tо‘g‘risidagi hadli konvensiyasining a’zosi hisoblanadi, ushbu Konvensiyaga Kioto protokoli 1998 yilda imzolangan bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini kо‘rib chiqib, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan 1999 yilda “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim о‘zgarishlari tо‘g‘risidagi Hadli konvensiyasiga doir Kioto Bayonnomasi” ratifikatsiya qilindi, Parij bitimi esa 2017 yilda imzolangan bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 2 oktabrdagi «Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabrь) ratifikatsiya qilish tо‘g‘risida»gi Qonuni bilan ratifikatsiya qilingan.
Mazkur konvensiyaga qо‘shilgandan sо‘ng, olingan majburiyatlar doirasidagi dastlabki muhim tadbirlar quyidagilardan iborat bо‘ldi: 1997 yilda iqlim tizimiga atropogen ta’sirni inventarizatsiya qilish, iqlim о‘zgarishini bashorat qilish, bug‘xona gazlari milliy kadastrini shakllantirilishi; 1999 yilda «О‘zbekiston - iqlim о‘zgarishi bо‘yicha mamlakatni о‘rganish» birinchi milliy axboroti; Bug‘xona gazlari emissiyasini kamaytirish bо‘yicha xarakatlar milliy rejasi; 2004-2005 yillarda Ikkinchi milliy axborotni tayyorlash.
2007 yilda Kioto Bayonnomasi Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va bajarish tartibi tо‘g‘risidagn Nizom ishlab chiqildi va imzolandi, shuningdek Kioto protokoli Musaffo rivojlanish mexanizmi bо‘yicha Idoralararo kengash tuzilib, uning Kotibiyati tashkil qilindi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 6 dekabrdagi “Kioto Protokolining musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-525-son Qaroriga asosan hududlarda Musaffo Rivojlanish Mexanizmi loyihalari doirasida Konvensiyada kо‘zlangan maqsadlarga erishish uchun qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, viloyatlardagi bir qator kimyo, energetika, neft va gaz sohalariga tegishli korxonalarda olib borilayotgan modernizatsiya va yangilash jarayonlari natijasida issiqxona gazlari tashlanmalari muayyan darajada kamayishiga erishildi.
2012 yilda qabul qilingan “О‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyatining Konsepsiyasi”da ham “Tobora murakkablashib borayotgan, atrof muxitga, mintaqa mamlakatlari aholisining sog‘lig‘i va genofondiga ziyon yetkazayotgan ekologik muammolar”ga alohida e’tibor qaratildi.
О‘zbekiston sharoitida qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni samarali qо‘llash iqlim о‘zgarishiga moslashuv tadbirlarining asosiylaridan hisoblanadi. Bu borada, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013-2017 yillar davrida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bо‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi Qarori asosida suv tejaydigan texnologiyalarini keng joriy qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Atrof-muhit holatining sifatini yaxshilash maqsadida 2030 yilga qadar amalga oshiriladigan chora-tadbirlar doirasida “yuz berishi mumkin bо‘lgan global va mintaqaviy iqlim о‘zgarishlariga nisbatan tabiat tizimlari va xо‘jalik faoliyati sektorlarining zaifligi tadqiq etilishini ta’minlash, ekologik xavf-xatarlarni aniqlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” belgilandi [4].
Bundan tashqari mamlakatning iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohasida energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bо‘yicha keng kо‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 1 martdagi «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi Farmoni va 2015 yil 5 maydagi «2015 - 2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi tо‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan energiya samaradorligi va energiyaning qayta tiklanuvchi manbalarini rivojlantirish masalalari bо‘yicha respublika komissiyasi tashkil etildi; Toshkent shahrida Quyosh energiyasi xalqaro instituti faoliyat kо‘rsata boshladi; Osiyo taraqqiyot banki kо‘magida О‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirishning «yо‘l xaritasi» ishlab chiqildi; Namangan viloyatining Pop tumanida Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi kо‘magida 2014 yilning dekabr oyida quvvati 130 kVt bо‘lgan quyosh fotoelektrik stansiyasi qurildi, ushbu stansiya yagona elektr energetikasi tarmog‘iga ulangan va yiliga 234,3 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bо‘ldi; Surxondaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida yirik quyosh fotoelektrik stansiyalarini qurish bо‘yicha loyihalar tayyorlandi; Jahon banki ishtirokida О‘zbekiston Respublikasining shamollar Atlasi ishlab chiqildi, Toshkent viloyatining Bо‘stonliq tumanida quvvati 750 kVt bо‘lgan tajribaviy shamol energoqurilmasini qurish bо‘yicha investitsiya loyihalari yakunlovchi bosqichiga kirdi.
2016 yil yakunlari bо‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida 2016/2017 yil kuz-qish mavsumida energoresurslarni tejash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlarni hisobga olgan holda, 1210,3 million kVt.soat elektr energiyasi va 991,2 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilishga erishildi, bu esa tarmoqlarning 2016 yildagi iste’molining mos ravishda 5,1 va 3,6 foizini tashkil etadi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2015 yilda yalpi ichki mahsulotning energiya sig‘imini 10,8 foizga, 2016 yilda 7,2 foizga va 2017 yilning birinchi choragida 12,7 foizga qisqarishiga erishildi. Shu bilan birga, 2030 yilga borib, 2016 yilga nisbatan yalpi ichki mahsulotning energiya sig‘imini ikki barobarga qisqartirish bо‘yicha qо‘yilgan topshiriqlarni hisobga olgan holda, korxona va tashkilotlarga energiya sarfi hajmini qisqartirish bо‘yicha aniq maqsadli parametrlarni belgilash zarurati mavjud bо‘lgani uchun О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 maydagi «2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi tо‘g‘risida»gi PQ-3012-son qarori qabul qilindi. Mazkur qaror 2017 -2021 yillarda yalpi ichki mahsulotning energiya sig‘imini yanada qisqartirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanishni kengaytirishga yо‘naltirildi.
2030 yilga mо‘ljallangan maqsadli kо‘rsatkichga erishish doirasida О‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalari va energiya samaradorligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani tashkiliy salohiyatini mustahkamlash va takomillashtirish bо‘yicha majburiyatlarni qabul qildi. 2017-2021 yillarda О‘zbekistonni yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan maqsadlarni hisobga olgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 2016 yildagi 12,7 foizdan 2025 yilga qadar 19,7 foizga oshirish mо‘ljallangan.
Ma’lumki, 1994 yilda BMT tomonidan CHо‘llanish va qurg‘oqchilik bilan kurashish bо‘yicha Konvensiya ishlab chiqildi va kuchga kirdi. Konvensiyaga muvofiq “turli omillar, shu jumladan, iqlim о‘zgarishi va inson faoliyati kabi omillar ta’siri ostida tuproq unumdorligining vaqtinchalik yoki barqaror kamayishi” global muammolardan biri sanaladi.
Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi 2010 yilning yanvar oyidan 2020 yilgacha bо‘lgan davrni BMTning CHо‘l va CHо‘llanishga qarshi kurash о‘n yilligi deb e’lon qildi. Uning maqsadi quruq yerlarni muhofaza qilish bо‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga kо‘maklashishdan iborat bо‘ldi.
Yerlarning yemirilishi, о‘z navbatida – yer usti ekotizimlarning biologik va iqtisodiy samaradorligining kamayishi demakdir. Mutaxassislarfikriga kо‘ra, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida qurg‘oqchil tumanlarda yashaydigan 2,6 mlrd.dan ortiq kishi tuproqning yemirilishi va sahrolanish oqibatida aziyat chekmoqda. Bunday hududlardagi tabiiy yaylovlarning taxminan 73 foizi, shuningdek kam unumli lalmi yerlarning 47 foizi va sug‘oriladigan haydalgan yerlarning katta qismi bugungi kunda yemirilishga duchor bо‘lgan.
О‘zbekistonning deyarli butun hududidagi qumli, loyli va shо‘rxok yerlarning katta qismi sahrolanish jarayonlariga moyil. Shuning uchun ham О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi 125-I-son qarori bilan “Qattiq qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan va (yoki) chо‘lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada chо‘lga aylanib borishlarga qarshi kurash bо‘yicha BMT Konvensiyasi” ratifikatsiya qilindi.
1999 yilda Konvensiya majburiyatlarini samarali amalga oshirish maqsadida mamlakatdachо‘llanishga qarshi kurash Milliy xarakatlar dasturi ishlab chiqildi. Dasturda yuqoridagi konvensiyani bajarish bо‘yicha asosiy ustuvorliklar hamda sahrolanish, yemirilishga qarshi va qurg‘oqchilik jarayonlarini tizginlash imkonini beruvchi qator choralar belgilandi. Shunday choralardan biri sahrolanish va qurg‘oqchilik muammolarini kuzatish va nazorat qilish hamda monitoringning zamonaviy choralarini joriy etishdan iborat edi.
2004 yilda «О‘zbekiston Respublikasida qurib qolgan Orol dengizi о‘zanida va Qizilqum chо‘lida ekosistemaning barqarorligiga erishish» keng miqyosli GEF loyihasi bо‘yicha loyiha takliflari tayyorlandi.
2006 yilda OTB/GEF va boshqa donorlarning Yer resurslarini boshqarish bо‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari tashabbusi keng miqyosli mintaqaviy loyihasini amalga oshirish boshlandi. Shu tariqa sahrolanish jarayonlarini va ularning atrof-muhitga ta’siri jarayonlarini о‘rganish bilan mutaxassislar grantlar va xalqaro loyihalar doirasida faoliyat olib borishmoqda.
Mamlakatda chо‘llanishning oldini olish, о‘rmonlarni qayta tiklash va ihota о‘rmonlarini kо‘paytirish bо‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, hozirgi vaqtda respublika hududining 70 foizi yoki 31,4 mln ga tabiiy shо‘rlanishga, qum kо‘chkilari, changli bо‘ronlar va garmsellar tarqalishi ta’siriga uchragan qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil maydonlardan iborat. Orol fojiasi oqibatida 5,5 mln gektardan ortiq maydonli Orolqum chо‘li vujudga kelgan.Yerlar chо‘llanishining oldini olish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish sohasida amaldagi davlat boshqaruvi tizimi ushbu yо‘nalishdagi ishlarni samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash imkonini bermayapti.CHо‘llanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash bо‘yicha ishlarni olib borish samaradorligini oshirish, shuningdek О‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini samarali bajarishni ta’minlash maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi "О‘zbekiston Respublikasida chо‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bо‘yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi PQ-4204-son Qarori qabul qilindi.
CHо‘llanish va yerlarning umumiy degradatsiyasi bugungi kunda О‘zbekistonning asosiy muammolari hisoblanadi. Hududining 80 foizi chо‘l va yarim chо‘llardan iborat bо‘lgan О‘zbekiston Respublikasi uchun chо‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish masalalari barqaror rivojlanishni ta’minlashda ustuvor о‘rin egallaydi. Hozirgi vaqtda qariyb 10 mln gektar yaylovlar tubdan yaxshilanishga muhtoj.
Respublikada kо‘chadigan qumlar qariyb 1 mln gektar maydonni egallaydi va ushbu yerlarning ikki yuz ming gektari sо‘nggi vaqtda sug‘oriladigan maydonlar atrofida paydo bо‘lgan. Bu esa chо‘llashish jarayonining jadallashuvida namoyon bо‘luvchi jiddiy tahdidni vujudga keltirmoqda [4].
Yerlar degradatsiyasi qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishiga jalb qilingan sug‘oriladigan hududlarda ham rо‘y bermoqda.
Almashlab ekishning yо‘qligi, yerlarning optimal shudgorlanmasligi, qishloq xо‘jaligi ekinlarini parvarishlash talablariga yetarli rioya etilmasligi, о‘g‘itlardan nazoratsiz foydalanish, shuningdek, agroekologiya standartlarini joriy etish darajasining pastligi tuproq-ekologiya sharoitlari buzilishiga va degradatsiyaga uchragan yer maydonlari kо‘payishiga olib kelmoqda.
Shulardan kelib chiqib, О‘zbekiston 2030 yilgacha yerlarning chо‘llanish va degradatsiya darajasini kamaytirish, yer maydonlarining sifati va unumdorligini qayta tiklash sohasida quyidagi vazifalarni belgilab olgan:
1. Yer resurslarini kompleks rejalashtirish va boshqarishni joriy etish salohiyatini yaratish;
2. О‘rmon resurslari, yaylovlar va chorvachilikni, shuningdek, suv va yer resurslarini barqaror boshqarishni ta’minlash;
3. Orol dengizining О‘zbekiston tomonidagi qurigan tubida dov-daraxtlar ekilgan maydonlarni kо‘paytirish;
4. Dalalarni ihotalovchi va qirg‘oqlarni mustahkamlovchi daraxtzor polosalarni yaratish, tog‘ yonbag‘irlarida supa olish, о‘rmon va mevali daraxtlarni ekish orqali о‘rmon-melioratsiya tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
5. Agrotexnik ekinlarni parvarish qilishda almashlab ekish keng joriy etilishini ta’minlash;
6. Buzilgan yerlarni qayta tiklash va rekultivatsiya qilish bо‘yicha dastur ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
7. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida kollektor-drenaj tarmog‘ini rekonstruksiya qilish va tiklashni ta’minlash, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minotini yaxshilash uchun yangi suv omborlarini qurish;
8. Mineral о‘g‘itlarni bosqichma-bosqich organik о‘g‘itlar bilan almashtirishni ta’minlash va qishloq xо‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishning biologik usullarini keng joriy etish;
9. Organik qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish va qabul qilish;
10. Ilg‘or xalqaro amaliyotga va JST talablariga mos keladigan agroekologik standartlarni keng tatbiq qilish.
2020 yilning 6 oktabrida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan “О‘rmon xо‘jaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlandi. Ushbu qaror bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab о‘rmon fondining о‘rmon bilan qoplanmagan yerlarini 49 yilgacha muddatga ijaraga berish tizimi yо‘lga qо‘yildi. О‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, maqsadida о‘rmon fondi yerlari foydalanuvchilarini qо‘llab-quvvatlashning qator yangi shakllari joriy etildi. Xususan, 2020-2022 yillarda о‘rmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilarga quyidagi shartlarda ijara tо‘lovini “nol” stavkasini qо‘llash tartibi joriy etish; о‘rmon fondining chо‘l hududlarida joylashgan, suv bilan ta’minlanmagan va о‘rmon bilan qoplanmagan yerlari о‘zlashtirilib, chо‘l о‘simliklari plantatsiyalari barpo etilganda о‘n yil davomida; о‘rmon fondining suv bilan ta’minlanmagan va о‘rmon bilan qoplanmagan yerlari о‘zlashtirilib, qishloq xо‘jaligi oziq-ovqat ekinlari va dorivor о‘simliklar plantatsiyalari barpo etilganda tegishlicha bir yil va uch yil davomida qilib belgilangan.
Ta’kidlash joizki, о‘rmonlarni qayta tiklash va о‘rmonlashtirish tadbirlarini jadallashtirish evaziga 2030 yilga borib о‘rmon bilan qoplangan maydonlar 6,1 million gektarga yetkazilib, respublikaning о‘rmon bilan qoplanganlik darajasi 15 foizga yetkaziladi.
Mutaxassislarning fikricha, bioxilmaxillikni saqlash, chо‘llanish hamda qurg‘oqchilikka qarshi kurashishda biologik resurslarni muhofaza qilish talablariga tо‘liq rioya etilishini ta’minlash, shamol va suv eroziyasiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishda davlat organlari va nodavlat tashkilotlar hamkorligini rivojlantirish ijobiy samara beradi.
Aynan yer hamda suv resurslarini barqaror boshqarish yо‘li bilan bioxilmaxillikni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqlimning noqulay oqibatlariga moslashish mumkin.
Dunyoda tuproqlarda sodir bо‘layotgan chо‘llanish jarayonlarini aniqlash va baholash bо‘yicha quyidagi ustuvor yо‘nalishlarda: jumladan, chо‘llanishni keltirib chiqaruvchi asosiy omillarni aniqlash, indikatorlarini ishlab chiqish, asosiy diagnostik kо‘rsatkichlaridan biri bо‘lgan tuproqlarning shо‘rlanish darajalarini aniqlash, kelgusidagi о‘zgarishlarni bashoratlash, ayniqsa, chо‘l va unga tutash mintaqalar tuproqlarida sodir bо‘layotgan chо‘llanish xaritalarini ishlab chiqish va bunda zamonaviy geoaxborot texnologiyalari va masofaviy usullardan foydalanishga oid ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda yerlarning chо‘llanishiga qarshi kurashish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash hamda meliorativ holatini yaxshilash bо‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan, 2013 - 2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturiga belgilangan tegishli choralarni qо‘llash natijasida kuchli va о‘rtacha shо‘rlangan maydonlar 149,4 ming gektarga kamaygan, 897,0 ming gektardan kо‘proq maydonning meliorativ holatini saqlashga erishilgan.
Tuproqlarni chо‘llanish jarayonlaridan himoya qilish choralari kelgusida qishloq xо‘jaligi yerlarining samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Ushbu vazifani bajarishda yer resurslaridan oqilona foydalanishga, tuproqlarni muhofaza qilish bо‘yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida bunday yerlarni aniqlash, baholash va xaritalashga alohida e’tibor berilmoqda. Tuproqlarni muhofaza qilishning turli usullarini rejalashtirishda eng avvalo ularni muhofaza qilish bо‘yicha chora-tadbirlari talab qilinadigan hududlarni aniqlash va shu hududlarda chо‘llanish jarayoni yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan havf darajasini baholash kerak.
Chо‘llanish – bu inson ishtirokisiz tuproq va о‘simlik qoplamining oldingi holatiga qaytmas ahvolga keltiruvchi hamda ularning biologik mahsuldorligini pasaytiruvchi jarayondir, bu esa ekstremal holatlarda BIOSfera imkoniyatlarini butunlay buzilishiga va hududlarni chо‘lga aylanishiga olib kelishi mumkin. Chо‘llanish jarayonlarini shakllanish qonuniyati xususan masofadan о‘rganish materiallaridagi tabiiy muhit holati bо‘yicha topilgan turli xil indikatorlarga bog‘liq. Indikator kо‘rsatkichlar landshaftlar fizionomik qismlarining osongina kuzatilgan komponentlari - relyef, о‘simliklar, gidrografik tarmoqlar va boshqalar yoki ularning kombinatsiyalari, turli darajadagi tabiiy-hududiy komplekslarning morfologik tarkibi sifatida namoyon bо‘ladi.
Dunyo bо‘yicha deyarli barcha qit’alarda 1 milliard gektardan ortiq hududlar chо‘llanishga uchragan. Chо‘llanishning kelib chiqish sabablari va asosiy omillari har xil. Ma’lumki, bir necha omillarning birlashishi chо‘llanishga olib keladi, ularning birgalikdagi ta’siri ekologik vaziyatni keskin yomonlashtiradi. Chо‘llanishga moyil bо‘lgan hududlarda tuproqning fizik xususiyatlari yomonlashadi, о‘simliklarning yо‘qotilishi, yer osti suvlarining shо‘rlanishi, biologik mahsuldorlik keskin kamayadi va natijada ekotizimlarni qayta tiklanish imkoniyati pasayadi. "Agar eroziyaga landshaftning og‘ir muammosi sifatida qaralsa, u holda chо‘llanish uni о‘limidir". Ushbu jarayon juda keng tarqalgan bо‘lib, u "CHо‘llanish" halqaro dasturining asosiy mavzusiga aylangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNEP atrof-muhit bо‘yicha tashkiloti hisobotida ta’kidlanishicha, chо‘llanish noqulay tabiat hodisalari va insoniy faoliyat bir-birini kuchaytirishi oqibatida, tabiiy muhitning xususiyatlarini о‘zgarishiga olib keladigan uzoq tarixiy jarayonning natijasi hisoblanadi. Tuproqlar chо‘llanishi keng hududlardagi namlik miqdorining kamayishi va tuproq-о‘simlik ekologik tizimlarining biologik mahsuldorligini pasayishi bilan bog‘liq bо‘lgan murakkab va turli-xil jarayonlar majmuidir. Dunyoning kо‘plab mintaqalarida chо‘l hududlari bilan chegaradosh yerlar noqulay sharoit tufayli chо‘lga aylanmoqda, bu esa yiliga minglab gektar yerni yо‘qotishga olib keladi. Shuningdek, oddiy dehqonchilik, yaylovlar va boshqa qishloq hо‘jaligi yerlaridan nooqilona foydalanish, ekinlarni almashtirishsiz ekish yoki tuproqni parvarishsiz qoldirish orqali katta hududlarni shavqatsiz ravishda ekspluatatsiya qilish ushbu jarayonni jadallashtiradi. Tuproqlar chо‘llanishini aniqlash va baholash, uni oldini olish bо‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish zamonaviy tuproqshunoslik fanining eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. CHо‘llanish jarayonlarining yuzaga kelishi xavfini rо‘yxatga olish, unga qarshi kurashish, baholash, tasniflash va xaritalash bо‘yicha katta tajribalar tо‘plangan. О‘tgan asrning 70-yillarida N.G.Xarin, N.T.Nechayeva, V.N.Nikolayev va boshqalar "chо‘llanish" atamasiga berishgan ta’rifi bilan ma’lum bir muvaffaqiyatga erishishdi.
A.G.Bobayevning ta’riflashicha, chо‘llanish – bu о‘zaro bir-biriga bog‘liq tabiiy va antropogen jarayon bо‘lib, qurg‘oqchil yerlarning tuproq va о‘simlik qoplamini mutlaqo о‘zgarmas holatga keltiradi, oqibatda biologik mahsuldorlikni pasayishiga sabab bо‘ladi, ekstremal holatlarda hududning ekologik-resurs salohiyatini tо‘liq yо‘q qilinishiga va butunlay chо‘lga aylanishiga olib kelishi mumkin.
L.A.Alibekov, S.L.Alibekovalar chо‘llanishga quyidagicha ta’rif berishgan: chо‘llanish – bu ijtimoiy-iqtisodiy (kasallik, qashshoqlik, ocharchilik, iqtisodiy beqarorlik) va tabiiy omillar (qurg‘oqchilik, suv va shamol eroziyasi, tuproqning shо‘rlanishi, о‘simliklarning degradatsiyasi va boshqalar) ta’sirida yuzaga keladigan og‘ir jarayon deb e’tirof etishgan. Bu omillar bir-birini kuchaytiruvchi ta’sirga ega bо‘lib va bir-biriga qayta ta’sir qilish imkoniyatiga ega. CHо‘llanish jarayonlarini о‘rgangan kо‘pchilik olimlarning fikricha tuproqlarning shо‘rlanishi bu jarayonning asosiy indikatorlaridan biri deb hisoblashadi. Shuning uchun tuproqlarni shо‘rlanishini о‘rganish chо‘llanish jarayonnlarni yuzaga kelish sabablarini aniqlashga asos bо‘ladi. О‘rganilgan hududning iqlim sharoitlari, relyefi, tuproqlarining shо‘rlanish muammolari, ularni tarqalishi, yuzaga kelish shakli va sabablari kо‘pchilik olimlar tomonidan о‘rganilgan.
CHо‘llanishga qarshi kurash muammolari murakkab va kо‘p qirrali jarayon bо‘lib, landshaftlarning о‘ziga xosligi, landshaft hududlarining paydo bо‘lishi va joylashishiga katta ta’sir kо‘rsatadi. Tuproqlarning chо‘llanishini muntazam ravishda kuzatish uchun barcha turdagi yerlarning mavjud holatini ya’ni tuproq va о‘simlik qoplamlari bilan birgalikda kuzatish va baholash, degradatsiya jarayonlarini rivojlanishini bashorat qilib borish zarur bо‘ladi. Masofadan о‘rganish usullari chо‘llanish jarayonining holatini kuzatish va monitoring qilishning eng muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Tuproq qoplami, shо‘rlanish, eroziya, tuproq degradatsiyasi xaritalari va boshqa aniq xaritalarni tuzishda bu jihatlar alohida ahamiyatga ega [5].
Har soniyada dunyo bо‘ylab 23 gektar chо‘llanib boryapti. Bu holat davom etaversa, 2050 yilga borib, Yer yuzining 95 foizi chо‘llanishi va bu 3 milliarddan ziyod odamni oziq-ovqat tanqisligida qoldirishi mumkin.
О‘tgan asrdan beri geoekologik muammolar qatoriga chо‘llanish ham qо‘shildi. Xо‘sh, chо‘llanish nima va bu jarayon ortida insoniyatni nima kutyapti? Chо‘llanishga qarshi kurashish natija beradimi?



Download 199.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling