O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
Farg’ona Davlat Universiteti
Sirtqi bo’limi Psixologiya yo’nalishi
18.61 -guruh talabasi ---------------------------------ning
Umumiy psixologiya fanidan yozgan
KURS ISHI
Mavzu: Faoliyat tizimidagi qarama-qarshilik shaxs rivojlanishini harakatlantiruvchi kuch sifatida (A.N.Leontev,L.L.Rubinshteyn)
Ilmiy rahbar :------------------------------------------------------
Farg’ona 2023
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………
|
|
1.Bob Faoliyat tizimidagi qarshiliklar va ularni mohiyati
1.1. Faoliyat tizimidagi qarama qarshiliklar haqida muloxazalar…….
|
|
1.2. Faoliyat va uning nomoyon bo’lishi ……..………………………………
|
|
II BOB. Faoliyatning predmeti va subekti tushunchasi
|
|
2.1. Faoliyat va motivatsiya uyg’unligi …………………………………….
|
|
Xulosa…………………………………………………………….................
|
|
Adabiyotlar ro’yxati……………………………………………………….
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi Jamiyatimizning kelajagi bo’lgan yoshlar chuqur bilimga ega bo’lgan, fikrlash qobilyati yetarlicha o’sgan, hayotiy muommolarni mustaqil hal qila oladigan kishilar bo’lishi kerak. Kelajak avlod haqida qayg’urishi, sog’lom barkomol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Prezidentimiz aytib o’tganidek, “O’zbekistonning kelajagi buyuk davlatdir”. Mustaqil O’zbekistonimizning kelajagi yoshlarning qo’lidadir. Shuning uchun ham yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ularni zamon talabiga javob beradiga, yuqori malakali ongli mutaxassislar qilib tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Respublikada ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish yo’lida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish va bu borada qabul qilingan hujjatlar mohiyatini keng jamoatchilik tomonidan chuqur anlab yetishga har tomonlama sharoit yaratildi. Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllantirishiga olib keladi. O’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz. Zotan, barkamol avlod, komil insonni tayyorlash bu jamiyatimiz uchun eng muhim muqaddas vazifadir. Shu nuqtai-nazardan olib qaraydigan bo’lsak, yoshlarimizni qolaversa, o’quvhchilarda har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo ularning psixologik xususiyatlarini mukammal bilishimiz darkor. Chunki inson psixologiyasi juda murakkabdir. Inson bolasining shaxs sifatida shakllanishi, psixik rivojalanishi, temperament va xarakter xususiyatlarini shakllantirish muhim ro’l o’ynaydi. O’quvchilar davri o’zining serqirraligi bilan boshqa davrlardan farqlanadi. Maktab, kollej, litsey o’quvchilarini komil inson bo’lishi uchun ularning chinakam inson bo’lishi ta’lim va tarbiyaning eng muhim faoliyatidir. Faoliyatning psixologik nazariyasi umumjahon psixologiyasida yaratilgan edi. SHuningdek, u L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontev, A.R. Luriya, A.V. Zaporojets, P.YA. Galperin va boshqa ko‘pchilik ruhshunoslarning asarlarida yoritib berilgan.[2]
Faoliyat – bu sub’ektning olam bilan o‘zaro ta’sirlashuvining rivojlanuvchi tizimi. Bunday o‘zaro ta’sir jarayonida psixik tasvirning yuzaga kelishi va uning ob’ektda ifodalanishi, shuningdek, sub’ektning voqelik bilan o‘z munosabatlarini ro‘yobga chiqarishi sodir bo‘ladi. Faoliyatning istalgan oddiy akti sub’ekt faolligining ifodalanish shakli bo‘lib hisoblanadi, bu esa, har bir faoliyatning undovchi sabablarga ega bo‘lishi va ma’lum natijalarga erishishga yo‘naltirilishini bildiradi. Shunday qilib, faoliyatni odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta’riflash mumkin. Faoliyat predmetlilik va sub’ektlilik xususiyatlariga ega. Faoliyat predmeti deb, u bevosita shug‘ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo‘lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o‘quv faoliyatining predmeti – bilim, malaka va ko‘nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti – yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat sub’ekti bo‘lib odam, individ hisoblanadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |