O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi farg’ona Davlat Universiteti


Faoliyat nazariyasida ma’lum sharoitlardan ko‘zlangan maqsad masala deb ataladi


Download 41.73 Kb.
bet5/10
Sana23.04.2023
Hajmi41.73 Kb.
#1387250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FAOLIYAT VA MOTIVATSIYA

Faoliyat nazariyasida ma’lum sharoitlardan ko‘zlangan maqsad masala deb ataladi. Masala echish jarayonini tasvirlashda ularni amalga oshiruvchi harakatlarni ham, muolajalarni ham ko‘rsatish lozim.
Muolajalarning asosiy xossasi ularning kamroq anglanganligi yoki umuman anglanmaganligidan iborat. Bu xossalari bilan muolajalar ongli maqsadni ham, harakatning bajarilishini nazorat qilishni ham belgilab beradigan harakatlardan tamomila farq qiladi.
Muolajalar ikki turga bo‘linadi: ba’zilari adaptatsiya, moslashish, bevosita taqlid qilish yordamida yuzaga keladi; boshqalari harakatlarni avtomatlashtirish vositasida paydo bo‘ladi. Birinchi turdagi muolajalar anglanmaydi, ularni ongimizda, hatto, maxsus vositalar yordamida ham hosil qilish mumkin emas. Ikkinchi tur muolajalar ong chegarasida joylashadi. Ular osongina dolzarb anglanuvchilarga aylanishi mumkin.[1]
Har bir murakkab harakat harakatlar ketma-ketligi va «to‘shaluvchi» muolajalar qatlamidan iborat. Har bir murakkab harakatda dolzarb bo‘lgan ongli va anglanmagan faoliyatlar o‘rtasidagi chegaraning belgilanmaganligi harakatlar ketma-ketligini muolajalar ketma-ketligidan ajratib turuvchi chegaraning harakatchanligini bildiradi. Bu chegaraning yuqoriga yo‘nalgan harakati muolajadagi ba’zi harakatlarning (asosan, eng soddalarining) o‘zgarishini anglatadi. CHegaralarning pastga harakatlanishi esa, aksincha, muolajalarning harakatga aylanishini, ya’ni, faoliyatning maydaroq birliklarga bo‘linishini bildiradi. Quyida shunga mos misol keltiramiz. Munozara vaqtida sizda yangi g‘oya tug‘ildi, va siz ifodalanish usulini hisobga olmagan holda, asosan, mazmunidan kelib chiqib, uni bayon qildingiz, deb tasavvur qilamiz. Siz ko‘plab, ya’ni, aqliy, nutqli va h.k. muolajalar bilan ta’minlangan harakatni amalga oshirgan bo‘lasiz. Ularning barchasi birgalikda g‘oyani bayon qilish faoliyatini amalga oshirgan bo‘ladilar.
Faoliyat tuzilishidagi eng quyi daraja – psixofiziologik vazifalarni ko‘rib chiqamiz. Faoliyat nazariyasida bu vazifalarga psixik jarayonlarning fiziologik ta’minoti kiradi. Ularga odam organizmiga xos bo‘lgan his etish, o‘tmish taassurotlarining qoldiqlarini hosil qilish va qayd etish layoqatlari, motor layoqati va boshqalar kiradi. Mos ravishda sensor, mnemik, motor vazifalar haqida so‘z yuritish mumkin. Bu darajaga shuningdek, asab tizimi morfologiyasida mustahkam o‘rin tutgan tug‘ma va hayotning birinchi oylarida yuzaga keladigan mexanizlar kiradi. Barcha layoqat va mexanizmlar insonga tug‘ilishi bilanoq beriladi, ya’ni ular irsiyat tomonidan belgilangan bo‘ladi.



Download 41.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling