Kurs ishining maqsadi: Faoliyatning tizimliligida qarama qarshiliklarni o’rganish .
Kurs ishining predmeti faoliyat va motivatsiya
Kurs ishining metodologik asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prizidentining asarlari , O’zbekiston Kadrlar tayyorlash milliy dasturi , shuningdek horij mamlakatlarida o’tkazilgan G.Ayzenk , A. Bine ,F.Galton, N.Drujin va A.N.Leontov va boshqalarning raxbarlar va ularning faoliyati borasida olib borgan tatqiqotlari nazariy g’oyalari dissertatsiya ishimizning metodologik asosi bo’lib hizmat qiladi.
Kurs ishining nazariy ahamiyati: Olingan natijalar ijtimoiy psixologiya , boshqaruv psixologiyasi, psixodiagnostika, umumiy psixologiya fanlarini nazariy jihatdan boyitishga yordam beradi hamda psixologiyaning maxsus tarmog`i sifatida insonlarning psixologik xavfsizligini ta’minlashda asosiy manba sifatida xizmat qiladi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Olingan ma’lumotlar, xulosa va amaliy tavsiyalardan psixologiya sohalarini, shaxs kamolotiga ta’sir etuvchi psixologik salomatlik masalalarini ijobiy va salbiy tomonlarini anglashda , xarakter va temperamentdagi salbiy tomonlarini bartaraf etishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: kirish, 2 bobdan , 3 bo’lim, xulosalardan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan , ilovalardan iborat.
|