1.Bob Faoliyat tizimidagi qarshiliklar va ularni mohiyati
1.1. Faoliyat tizimidagi qarama qarshiliklar haqida muloxazalar
Faoliyatning predmeti va sub’ektidan tashqari, ushbu tushuncha bilan faoliyat vositalari va natijalari ham bog‘liq. Faoliyatni amalga oshirishda odam uchun mehnat vositalari sifatida u yoki bu harakat va muolajalarni bajarishda foydalanadigan asboblar tushuniladi. Faoliyat natijalari bo‘lib, moddiy yoki ma’naviy xususiyatga ega bo‘lgan yaratilgan mahsulotlar hisoblanadi.[1]
Shunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
- faollikning ichki motivga ega shaklidir;
- inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy yoki har tomonlama etuk mahsulotning yaratilishi;
- insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi;
- insonning faoliyati o‘zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon bo‘ladi, faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o‘zida insoniy bilimlar va malakalarni mujassamlashtiradi.
Faoliyat nazariyasi to‘laligicha A.N. Leontevning ilmiy ishlarida, xususan, «Faoliyat. Ong. SHaxs» asarida (M., 1982) bayon etilgan. Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini to‘liq tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi. Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketmaketlik tuzilishiga ega. U bir necha qatlam yoki darajalardan iborat. Yuqoridan quyiga harakatlanib, ularni nomlab chiqamiz: alohida faoliyatlar darajasi (yoki faoliyatning alohida turlari); harakatlar darajasi; muolajalar
|
|
|
|
darajasi; psixofiziologik vazifalar darajasi. SHunday qilib, faoliyat tuzilishining tarkibiy qismlariga motiv, maqsad, harakat (tashqi, predmetli va ichki, aqliy; interiorizatsiya va eksteriorizatsiya jarayonlari), muolajalar, psixofiziologik vazifalar kiradi. Motiv – bu faoliyatga undovchi sabab. Maqsad – bu istalgan, ya’ni, faoliyatni bajarish bilan erishiladigan natijaning tasviri.
Harakat – bu faoliyat tahlilining asosiy birligi. Ta’rifga ko‘ra harakat – bu maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon. «Harakat» tushunchasiga oid quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |