O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 36.36 Kb.
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi36.36 Kb.
#209077
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqil ish

Ilmiy tadqiqotning xossalari quyidagilar: - ilmiy-tadqiqotni amalga oshirishda mavhum, mantiqiy tafakkurga tayanish;

- timsollar, tushunchalar, mulohazalar, nazariyalar va mavhum g‘oyalar ko‘rinishidagi yangi bilimlar ilmiy ijodning mahsuli hisoblanadi; - ilmiy tadqiqot jarayoni ham empirik, ham nazariy xarakter kasb etishi mumkin. Empirik tadqiqot kuzatish va eksperiment jarayonida о ‘rganilayotgan obyekt bilan bevosita olib boriladigan amaliy ishni anglash va umumlashtirish natijasidir. Nazariy tadqiqot fanning tushunchalar apparatini takomillashtirish va rivojlantirish hamda obyektiv voqelikni bilvosita anglash, shuningdek, empirik tadqiqotlar materiallari asosida ishlab chiqiladigan nazariya bilan bog'liqdir. - Ilmiy tadqiqot ko‘p hollarda jamoaviy xususiyatga ega bo‘ladi. Chunki hatto alohida olingan olimlar tomonidan gipotezalar, nazariyalar, aniqlangan dalillar muhokama qilinadi, ularga taqrizlar beriladi, hamkasblar tomonidan tanqidiy baholanadi. - Ilmiy kashfiyotlar tarixiy bosqich bilan shartlangan bo‘ladi. Bunday shartlanish jamiyat taraqqiyotining u yoki bu bosqichida yuzaga keladigan zaruriyatlar bilan bog'liqdir. - Ko‘p hollarda ilmiy g‘oya va kashfiyotlar o‘z davridan ilgarilab ketadi, natijada ular jamoatchilik tomonidan bir necha o‘n yilliklardan so‘ng tan olinadi va ko‘plab etakchi olimlar o‘liinidan so‘nggina shon- shuhratga erishadilar. Ilmiy tadqiqot intuitiv bilimdan foydalanish zaruriyatini anglatadi. Ilmiy tadqiqotning natijasi prinsipial jihatdan inson bilish jarayonining butun tarixi kontekstidagi obyektiv, yangi bilim hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot jarayonidagi takrorlanmaslik mezoni faqatgina ilmiy ijodga o‘ziga taalluqli boiib, uning natijasiga ta’sir etmaydi. Ilmiy tadqiqot - betakrorligi, mohiyatan yangi bilimlarga erishish vositalarining o‘ziga xosligi hamda natijalaming takrorlanishi bilan xarakterlanadigan bilish hodisasi bo‘lib, uning asosini intuitiv bilimni o‘zgartirish jarayoni tashkil etadi. Ilmiy tadqiqotni tavsiflash uchun «har qanday haqiqat bema’nilik sifatida boshlanib, xurofotda yakunlanadi», degan hikmat ko‘proq mos keladi.




Download 36.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling