O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 1.34 Mb.
|
Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- HISOBOTI SAMARQAND 2023 Olib borilgan ishlar hisoboti
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI “MATEMATIKA” FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA YO’NALISHI 320-GURUH TALABASI XAMIDOV JAHONGIR SODIQJON O’G’LINING UZLUKSIZ MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA TAYYORLAGAN HISOBOTI SAMARQAND 2023 Olib borilgan ishlar hisoboti Men Xamidov Jahongir Sodiqjon o’g’li Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Matematika” fakulteti Amaliy matematika yo’nalishi 320-guruh talabasiman. Bizlarga 3-bosqich o’qish jarayonida haftasiga 2 kun uzluksiz malakaviy amaliyot bo’lib, bu amaliyotni o’zim o’qigan va hozirgi kunda ish faoliyatimni olib borayotgan maktabimda hozirgi kunga qadar olib bormoqdaman. Men ishlayotgan maktab Samarqand viloyati Jomboy tumani Qo’ng’rot mahallasida joylashgan 9-maktabda. Bu maktabga men 2022-yil 5-sentabrdan ishga qabul qilindim va hozirgi vaqtda 0.5 stavkada informatika fanidan o’qituvchi sifatida ish olib bormoqdaman. Men jamoa bilan tezda o’rganib kettim va ustoz shogirt an’anasiga binoan men ham malakali ustozga biriktirildim ya’ni shogirt tushdim. Men ustozimdan dars o’tish texnologiyasini o’rgandim. Kundalik.com platformasida ishlash jarayonlarni kasbiy faoliyatini biz shogirtlar bilan bo’lishdi va menga maktab ma’muriyati tomonidan , , 6, , , 8, 9, 10 sinflariga informatika o’qituvchisi sifatida tayinlashdi. Men dars o’tish jarayoniga tezda moslashib ketdim va o’quvchilarim bilan darslarni sifatli o’tishga harakat qildim. Sinflarga o’tilayotgan dars jarayonlari bilan ozroq sizlarni tanishtirib o’tsam. , -sinflar bu endi informatika darsini birinchi boshlayotgan sinflar hisoblanishadi. Bu sinflarga dars o’tish jarayonimda boshida biroz qiyinchiliklarga uchradim. Chunki bu sinflarga birinchi informatika fani haqida va kompyuterdan foydalanish to’g’risidagi gigeyinik qoidalarni tushuntirdim. So’ngra bub u sinflar bilan chiqishib kettik va hozirgi vaqtda bu sinflar bilan MS WORD dasturi haqida tushunchalar berilib borilayapti. 6 – sinf. Bu sinf bilan biz scratch dasturida spraytlar orqali turli xil animatsiyalarni qilishni o’rganishdan boshladik. Keyinchalik sinfni ichida bu dasturga qiziquvchi bollar ham ko’payishdi. Chunki bu dastur yosh bollar ongida ya’ni tasavvurida aks etkan ertak qahramonlari ishtirokida turli xil animatsiyalarni yaratishdi. Bu bilan sinfda informatika faniga qiziquvchilar soni oshdi. , – sinf o’quvchilari bilan birinchi darsni axborotlar bilan boshladik so’ng esa bosqichma bosqich darslarni o’tish jarayonida sanoq sistemalarini ham o’rganitishga kirishdim. Birinchi navbatda sanoq sistemalari tarixi, keyin esa sanoq sistemalari haqida ma’lumot berib o’tdim. O’quvchilar sanoq sistemalari ustida amallarni o’zlari bajarishga kirishdi va bu sanoq sistemalarini mukammal tarizda o’rganishdi. Bu sinflar sanoq sistemalarini o’rganish bilan birga MS WORD va EXSEL dasturida ishlashni ham o’rganishdi. 8-sinf. Bu sinfga kirganimda juda sust, informatika fani nimaligini bilmasdi. Lekin ularning sinfiga kitobida juda qiziqarli mavzular berilgani uchun ular informatika faniga mehr qo’yishdi. Bu sinf bilan birga ijtimoiy tarmoqlar bilan tanishish va ijtimoiy tarmoqlar bilan SMS marketingni o’rganishni boshladik. Keyin bu sinf internetga qiziqqani uchun bu tarmoqlarni va SMS ni juda tez o’rganib olishdi. 9-sinf. Bu sinf bilan biz mantiq tushunchasi bilan informatika kursini boshladik. Bu mavzu boshida ularga ozroq qiyinchilik tug’dirdi lekin ko’p o’tmay bu mavzularni tezda o’zlashtirib olishdi. Hozirda ular bilan birga Phyton dasturlash tilini o’rgatib bormoqdaman. 10-sinf. Bu sinf bilan birga EXSEL dasturini o’rganish bilan 10-sinf darsligini boshladik. Bu sinf juda savodsizroq sinf bo’lgani uchun sal qiynalishdi lekin amaliy ishlashgandan so’ng ular ko’nikib ishlashdi. Hozirda ular bilan birga ACCES dasturini o’rganayapmiz. Keling dars jarayonidan qisqacha lavhalar tomosha qilamiz. Men kundalik.com dasturi asosida dars o’tishga harakat qildim va pedagokik mahoratimni mudtahkamlab bordim va menga oliy toifali ustozlarim yordam berishdi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling