O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


Download 0.66 Mb.
bet10/11
Sana28.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1022836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mustaqillik davrida ajdodlarimiz ma’naviy merosiga munosabatning tubdan yangilanishi.

xazinalarga to‘la milliy-tarixiy an’analar bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik yaqin o‘tmishimizda jamiyatimizga qanchalar zarar keltirganligi qayd etilib, bu sohada yangicha vazifalar olg‘a surilgan edi: Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga og‘ir damda madad bo‘lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko‘z qorachig‘imizdek asrash va yanada boyitish, so‘zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqodining erkinligini ta’minlashimiz kerak27.O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov yangi kitobida o‘zining ushbu fikrlarini yanada rivojlantiradi va muayyanlashtiradi. Unda ajdodlarimiz merosiga birinchi darajali ahamiyat ajratilib, Yurtboshimiz ulkan g‘urur va iftixor bilan shunday deb yozadi:
Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi.Prezidentning yangi asarida bu to‘g‘ridagi qarashlarini umumiy ifodasi bilan cheklanib qolmay, ushbu mavzuga alohida fasl bag‘ishlab, unda milliy ma’naviyatimizning shakllanishiga asos bo‘lgan, bugungi kun yosh avlod ma’naviy olamini shakllantiradigan asosiy mezonlarni birma-bir batafsil ta’riflab beradi. Biz bu o‘rinda kitobning tegishli qismini to‘liq takrorlashga harakat qilmasdan undagi eng muhim jihatlarga diqqatni qaratib o‘tamiz.
Qadimgi bitiklar, xalq og‘zaki ijodi .Kitobda birinchi navbatda mintaqa xalqlarining eng qadimgi yozma merosi Avesto tilga olinadi. Ushbu
bebaho ma’naviy obidada borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg‘unligi masalasi odamning ruhiy olamiga
chambarchas bog‘liq holda ko‘rsatilganligi ta’kid etiladi. Ayniqsa, undagi ulug‘ axloqiy tamoyil ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal birligi bugungi
kunimizda ham ma’naviy ahamiyatini to‘liq saqlab kelayotganligiga alohida e’tibor qaratiladi. Xalq og‘zaki ijodi va uning noyob durdonalari ham
millat ma’naviyatini o‘zida yorqin aks ettiruvchi noyob boylik ekanligini Prezident kitobida «Alpomish» dostoni misolida hayajonli satrlarda ochib berilgan. Bu dostonning ko‘p asrlik milliy davlatchiligimizning
xalqona badiiy ifodasi ekanligi haqidagi mulohazalar xalq ardoqlagan bahodir alplar timsoli naqadar ulug‘vor ramzlarni o‘zida yashirganiga bizning diqqatimizni tortadi. Muallif mustaqillik tufayli bor
hashamati bilan qayta tiklangan Navro‘z bayramining chuqur falsafiy
mazmuniga ham alohida e’tibor qaratadi. Bu qadim bayramimiz biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustivor qudrati va cheksiz sahovatining, ko‘p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror
ifodasi bo‘lib kelayotganligi ta’kidlanadi. Shu o‘rinda Yuksak ma’naviyat
– yengilmas kuch kitobining bir noyob xususiyatini alohida ajratib
ko‘rsatishni xohlar edik. Muallif nazariy teranlikni yorqin misollar, ehtirosli ifodalar bilan ajoyib uyg‘unligiga erisha bilgan va bu bilan bizga o‘xshagan ko‘pgina darslik va qo‘llanmalar yozishga bel bog‘laganlarga ibratli namuna ko‘rsatgan. U qadim bitiklar, xalq og‘zaki ijodi, marosim va urf-odatlarimizni ma’naviyatni shakllantiruvchi muhim mezonlardan ekanligini oddiy sanab o‘tish bilan cheklanmaydi, balki ularning har biriga bir yorqin misol keltirib, ushbu tasnifdagi har bir asarda alohida bir ma’naviy olam mavjudligini ko‘z oldimizda yaqqol gavdalantirib
beradi.
Ma’lumki, yurtimizdagi bizga ma’lum ilk shakllangan yaxlit ma’naviyat tizimi Avesto kitobida o‘z aksini topgan. Bu kitob mustaqillik sharofati bilan hozirgi o‘zbek tiliga to‘liq tarjima qilinib nashr etildi.
Bir paytlar bu kitob muqaddas mazdayasna diniga asos bo‘lgan bo‘lsa, bugun biz unga yirik adabiy yodgorlik sifatida qaraymiz. Avesto matnlari shakllangan, yig‘ilgan va qayta yig‘ilgan davrlar asotir tafakkur davri bo‘lgani sababli bu kitobda bayon etilgan ma’naviy qadriyatlar tizimi keyinchalik boshqa yurtlarga tarqalib, turli siyosiy, g‘oyaviy ta’sirlar ostida ko‘p joylarida mushriklik aqidalari bilan chalkashib ketdi. Masalan, Zardusht gohlarida tilga olingan 7 amshosipandlar mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, qadim avesto tilida Spinta Maynyu (Sipand Miynu) - tafakkur olami, Ashah Vahishta (Ardabehesht) – go‘zal haqiqat,
mukammal nizom, Vuhuvmana (Bahman)– ezgu niyat, Spinta Ormaitiy (Ispandormaz) - komil aql, Zashra Vayrayah (Shahriyor)– umid dunyosi, Amirmitota (Amurdod) – umrboqiylik, abadiyat, Xavravatot (Xo‘rdod)
– komillik, to‘g‘rilik ma’nolarini anglatib kelgan. Keyinchalik kohinlar talqinida bularning harbiri ilohiy xilqat sifatida tasavvur qilinib, ularga sig‘inish qoidaga aylangan, ya’ni Zardusht da’vatidagi yagona Parvardigor - Axura Mazda(ilohiy bilim egasi, ma’nosida)ga e’tiqod qilish o‘rniga yuqoridagi kabi ma’naviy qadriyatlarni ilohlar, ya’ni sig‘inish ob’ektlariga aylantirish holati yuz bergan.
Islom dini bu sohada masalani oydinlashtirdi. Qur’oni karimning nozil bo‘lishi bilan umumbashariy miqyosda uzil-kesil asotir tafakkurdan ilmiy tafakkurga o‘tishning e’tiqodiy asoslari mukammal tus oldi. Keyinroq borib ma’naviyatga oid fanlarning umummetodologik asosi - naqliy va aqliy bilimlar uyg‘unligi mustahkam poydevorga ega bo‘ldi. Prezident asari diqqat bilan o‘qilganda ayni shu jihatlar ham e’tibordan chetda qolmagani ma’lum bo‘ladi.
Prezident I.A.Karimov o‘z asarida ma’naviyatning yuksalishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yana bir mezon - islom dini haqida maxsus to‘xtalib o‘tishni zarur deb hisoblaydi. Chunki ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy ma’naviyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr- oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlar aynan shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi.28 Kitobda yana shunday deyiladi: ... xalqimizning ma’naviyatini shakllantirishga, har qaysi insonning Olloh marhamat qilgan bu hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, umrning mazmunini anglashi, avvalambor, ruhiy poklanish, yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo‘lmaydi.29 Ma’lumki, sho‘rolar davrida din xalq uchun afyundir degan haqoratli tamg‘a ostida xalqimizning imon-e’tiqodi, ming yillik ezgu qadriyatlari toptab kelindi, imon ilmga zid qo‘yildi. Afsuski, bunday qarashlar bugungi kunda ham ba’zi o‘zini ziyoli hisoblovchilar, hatto ma’naviyat sohasiga aloqador kishilar ongini to‘liq tark etgani yo‘q. Ular bugun ham Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Abu Iso Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Mahmud Zamahshariy kabi butun jahon tan olgan zotlarning e’tiqodi, demakki, islom ma’rifatiga qo‘shgan beqiyos hissalariga bepisand nazar bilan qarashga, ya’ni shunday ulug‘ zotlardan ko‘ra o‘zlarini
bilimdonroq, ongliroq hisoblashga uyalmaydilar. Hanuz diniy bilimlarni dunyoviy bilimlarga zid qo‘yishga moyillik bildiradilar. Prezidentning quyidagi e’tiroflari ayni shunday tamoyillarga munosib javob sifatida jaranglaydi: Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne- ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Kitobda, shuningdek, islom ma’rifatining uzviy qismi bo‘lmish tasavvuf irfonining buyuk namoyandalari Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshbandlarning muborak siymolariga chuqur ehtirom izhor qilinib, ularning millatimiz ma’naviyatini shakllantirishdagi umrboqiy hissalari tilga olinadi. Agar biz bu e’tiroflarni I.Karimovning yana Ahmad Yassaviy, shayxi valitarosh deb nom taratgan Najmiddin Kubro kabi buyuk ma’naviyat pirlari haqida turli sabablar bilan bildirgan mulohazalari bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, umuman Prezidentimizning tasavvuf ta’limotiga nisbatan bo‘lgan ulkan e’tiborlari aniq-ravshan bo‘ladi. Bu behuda emas. Aslida nafaqat milliy ma’naviyatimiz takomilida, balki umumbashariy miqyosda ma’naviy qadriyatlar ustivorligini ta’minlashda tasavvuf irfonining tarixiy xizmati allaqachon o‘z isbotini topgan. Buyuk murshidlar ishlab chiqqan irfoniy takomilning 4 bosqichi (shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat) haqidagi tasavvurlar tizimi, darhaqiqat, shaxs ma’naviyatini shakllantirish borasida katta siljishlarga olib keldi. Agar Forobiy, Biruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib singari islom ma’rifatchiligi namoyandalarining yosh avlod tarbiyasiga oid qarashlarida aqlga, bilimga tayanish ustunlik qilgan bo‘lsa, tasavvuf ta’limoti ko‘ngilni poklash, ilm va amal uyg‘unligi, umumbashariy mehr, har ishda niyat xolisligi masalalariga e’tibor qaratdilar. G‘azzoliydan boshlab inson vujudida ko‘ngil – podshoh, aql – vazir degan qarash yetakchi o‘ringa o‘ta boshladi va Alisher Navoiy ijodida bu tamoyil o‘zining mukammal ifodasini topdi. Shuningdek, Prezident asarida islom ma’rifati va diniy aqidaparastlik jaholati butkul ikki qarama-qarshi qutb ekanligining juda ishonarli isbotlari keltirilgan. Darhaqiqat, ulug‘ ajdodlarimiz doimo taqlidiy imonga, aqidaparastlik jaholatiga ayovsiz tanqidiy munosabat bildirib kelganlar. Yurtimizda 70-80 yillardan boshlab kommunistik aqidaparastlikdan nusxa ko‘chirish asosida yuzaga kelgan ba’zi oqimlarning kelib chiqish makonlari surishtirib borganda xorijiy ta’sirlarga borib taqalishi bejiz emas, bizning yurtimizda ularning
ildizlari mutlaqo topilmaydi.


Xulosa


Xalqimizning moziy sinovlaridan o‘tib kelayotgan boy madaniy va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va ananalari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik uchun kurashlari, ota-bobolarimizning mustaqillik yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari xamda ularni amalga oshirishda ma’naviy rux bergan tafakkur tarzida namoyon bo‘ladi. U asrlar mobaynida yillar sinoviga dosh berib, sayqallanib,takomillashib kelgan.


Bu tafakkurning markazida Yaratganning eng ulug‘ mo‘jizasi bo‘lmish insonning ulug‘ligi va mo‘tabarligi g‘oyasi yotadi. Binobarin, u qadrlanishi, e’zozlanishi lozim. Chunki, mamlakatning xasti, farovonligi, ana shu mexnatkash insonlarning mexnatiga, faoliyatiga bog‘liq. Shu tufayli xam Sharqda komil inson g‘oyasi qadimdan buyuk orzu bo‘lib, donishmandlarimiz xayolini band etib kelgan. Insonning azizligi unga o‘z xatti-xarakatlarini o‘zi mustaqil idora etishiga imkoniyat beruvchi aql-zakovat ato etilgani bilan bog‘liqdir. Ya’ni, inson o‘z aql- idroki yordamida olamni gullatib-yashnatadi. Ammo bu aql-idrokda nafaqat yashnatuvchi, balki vayron etuvchi kuch xam mavjud. Xayotda ezgulik xukmron bo‘lishi uchun axd yaxshilikka, adolatta xizmat qilishi zarur. Buning uchun esa u sog‘lom ma’naviyat izmida bo‘lishi lozim. Shu tufayli ota-bobolarimiz aql-idrokni yovuzlik qo‘liga tutkazmaslikka xarakat qilganlar, uni ma’naviyat bilan, iymon- e’tikod, insof va diyonat bilan boshqarishga aloxida e’tibor berganlar. Bu tamoyil xalqimiz ruxini, daxosini aks ettiruvchi o‘lmas qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqdir. Xususan, buyuk ajdodimiz, soxibqiron Amir Tsmurning sog‘lom ma’naviyat maxsuli bo‘lgan «Kuch- adolatdadir» degan shiori milliy g‘oyaning tarkibiy qismiga aylanib kelgan, mamlakat birligini ta’minlash, markazlashgan davlat barpo etishda, ayniqsa uni odillik bilan boshqarishda ma’naviy-mafkuraviy asos bo‘lib xizmat qilgan. Shu bois Temur saltanatida ilm-ma’rifat yuksak qadrlangan, insonning sha’ni, or-nomusi e’zozlangan, inson va uning mol-mulki davlat muxofazasiga olingan, qaroqchilik, o‘g‘rilikka keskin barxam berilgan edi. Soxibqiron bobomizning «Mening saltanatimning u chetidan bu chetiga, boshida oltin to‘ldirilgan laganni yosh bola ko‘tarib o‘tsa xam, uning mulkiga xech kimsa daxl eta olmaydi» degan so‘zlari xayotiy xaqiqat edi, yoki ayollarning og‘ir jismoniy ishlardan ozod qilinganiga e’tibor bering. Aytaylik, yordamchisi yo‘q, biron ayol suv oladigan chelakni darvoza tashqarisiga chiqarib qo‘ysa, shu joydan o‘tgan mo‘min-musulmonlar chelakni olib, unga suv to‘ldirib shu joyga qo‘yib ketishar edi. Do‘konlarga savdogarlar umuman qulf osishmas edi. Bularning xammasi o‘sha zamonda xayot iymon va e’tiqod, insof va diyonat talablari bilan boshqarilganini, odamlar ana shu yuksak tuyg‘ular bilan yashaganini ko‘rsatadi. Mo‘min-musulmonlar shunday turmush tarziga odatlanishgan, o‘rganishgan edi. Ular o‘zlari och qolishsa xam o‘zganing mulkiga qo‘l tekkizmas edi.
Bu xalqning mentalitetiga singib ketgan edi.Totalitar tuzum sharoitida esa inson sun’iy ravishda mulkdan begonalashtirildi. Odamlar ongiga, mulk egalariga nafrat tuyg‘usi majburan singdirildi. Bu o‘zgalar mulkiga ko‘z olaytirish, xatto tajovuz qilish uchun yo‘l ochdi. Odamlar birovning xaqidan xazar qilmaydigan, o‘g‘irlik va talonchilikdan jirkanmaydigan xolatga kelib qoldi. Jamiyatda ma’naviy qashshoqlik muxiti paydo bo‘ldi.
Milliy mafkura ijtimoiy taraqqiyot rivojiga qarab takomillashib,yangilanib bordi. Davr talabi bilan o‘rtaga tashlangan muayyan qoidalar o‘z vazifasini o‘tab bo‘lib, o‘rnini yanada dolzarbroq boshqa xususiyatlarga bo‘shatib beradi. Milliy mafkura ayni ana shunday doimiy yangilanish maxsuli,ong va tafakkur xosilasi xisoblanadi. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonning mustaqilligini mustaxkamlash va buyuk davlatga aylantirish xaqidagi siyosiy xuqquqiy, axloqiy estetik falsafiy, ilmiy, ekologik,diniy, demografik, tarixiy qarashlar yig‘indisi bo‘lib, O‘zbekiston xalqini istiqbolga yuksak ishonch, iymon e’tiqod ruxida tarbiyalovchi g‘oyat qudratli ma’naviy qurol, g‘oyaviy omil xisoblanadi. Ana shu sababdan xam mamlakatimiz xududini yosh mafkuralar poligoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymay, O‘zbekiston xalqining
ongi, dunyoqarashi, xayotga ijtimoiy munosabati, xatti-xarakatlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirib, milliy istiqlol mafkurasini yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish,bugungi kundagi muxim vazifadir. «Buning yo‘li –odamlarimiz, avvalambor yoshlarimizning iymon –e’tiqodini mustaxkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va xurmat qilish fazilatini qaror toptirish.Ularning, men o‘zbek farzandiman, deb g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir».
Mafkuraviy kurashlar kuchaygan bugungi kunda yoshlar qalbida ona vatanimizga, boy tariximizga, milliy qadriyatlarimizga, millatning o‘lmas ruxi bo‘lgan ona tilimizga, ota-bobolarimizdan meros muqaddas dinga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ularning mafkuraviy immunitetini shakllantirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Zero,yurtboshimiz aytganlaridek, biror bir kasallikni davolashdan oldin inson organizmida avvalo unga qarshi immunitet xosil qilinadi Biz xam yoshlarimiz qalbi va ongida zararli g‘oyalarga qarshi
mafkuraviy immunitetni shakllantira olsak, turli xil
«da’vatchi»larning aldovlariga uchmaydigan, o‘z yurti, Vatani va xalqi uchun fidoyi insonlarni tarbiyalay olamiz. Xullas milliy g‘oyani
mexnatkashlar ongiga singdirish orqali ularda mafkuraviy
immunitet xosil qilish zamon amri, davr talabi. Bu bir zumda, bir pastda amalga oshiriladigan jarayon emas.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling