O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti sirtqi bo‘lim yo‘nalishi
Download 182.48 Kb.
|
4-sinf o\'qish qo\'zichoq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang’ich sinf o’qish darslari uchun Mavzu
- Rivojlantiruvchi maqsadi
- DARSNING BORISHI I Tashkiliy qism
- O’qituvchi:: Nаvbаtchimiz kim ekаn Nаvbаtchi
- Ustоz: Hаmmа sоg`mi, оmоnmi Sizlаr dаrsgа tаyyormi O`quvchi: Rаhmаt, ustоz, оmоnmiz, Bizlаr dаrsgа tаyyormiz. Ustоz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO‘LIM YO‘NALISHI 3-KURS TALABASI ODILOVA ZILOLANING “ONA TILI O‘QITISH METODIKASI” FANIDAN MUSTAQIL ISHI MAVZU:QO‘ZICHOQ (masal) Boshlang’ich sinf o’qish darslari uchun Mavzu: “Qo‘zichoq” masali Rauf Tolib Darsning maqsadlari: Ta'limiy maqsadi: O’quvchilarga “Masal” haqida ma’lumot berish, Masaldan ibratli xulosa chiqarishga o’rgatish, mehnat insonni ulug’lashi, menat qilgan odam qadrlanishi haqida atroflicha tushuncha berish; Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni ona Vatanga muhabbat sadoqat, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini qadrlash ruhida tarbiyalash, halollikka, rostgo’ylikka, mehnatsevalikka, o’zgalar mehnatini qadrlashga o’rgatish, Vatanga munosib farzand bo’lib kamol topishlariga hissa qo’shish; Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni mustaqil fikrlay olish va ifodali o’qish qobiliyatini rivojlantirish. Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, suhbat Dars shakli: noan’anaviy Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars jihozi: Qish fasliga oid bukletlar, tarqatmali testlar, Darslik, mehnat haqidagi hikmatlardan namunalar va b Fanlararo aloqa: tabiatshunoslik, ona tili, tasviriy san’at
DARSNING BORISHI I Tashkiliy qism: a) salomlashish; b) davomatni aniqlash; e) she’riy daqiqalar. O`quvchilаr: Gаr sinfgа kirsа ustоzlаrimiz, Tik turib qаrshi оlish burchimiz. O’qituvchi: Mеning аziz o`quvchilаrim, Gulg`unchа-yu lоlаlаrim Аssаlоmu аlаykum. O`quvchi: Minnаtdоrmiz biz Sizdаn Tа`zim hаr o`g`il-qizdаn O’qituvchi:: Nаvbаtchimiz kim ekаn? Nаvbаtchi: Sinfdа mеn nаvbаtchi, Ustоzimgа yordаmchi. Pоk tutаmаn хоnаni, Hаmdа yozuv tахtаni. Ustоzimiz shоd bo`ling, Bugun hаmmа shu yеrdа Dаrsingizni miriqib Eshitish umididа. Ustоz: Hаmmа sоg`mi, оmоnmi? Sizlаr dаrsgа tаyyormi? O`quvchi: Rаhmаt, ustоz, оmоnmiz, Bizlаr dаrsgа tаyyormiz. Ustоz: Dаrsimiz o’qish . Хo`sh, o’qish bizgа nimаni o`rgаtаdi? O`quvchilаr: Оdоb-ахlоqni o`rgаtаdi. Hаyotni o`rgаtаdi. Bоbоlаrimiz mеrоsini. Kitоblаrni sеvishni. O’qituvchi: Judа yaхshi. Dеmаk, o’qish bizdа yaхshi хislаtlаrni tаrbiyalаr эkаn. Dаrsimizning shiоri... O’quvchilar birgalikda: Vaqtingni bekorga o’tkazmagin hech, Ilm olish uchun o’qi erta - kech Sinf o’quvchilarini uch guruhga bo’laman. Guruhlar o’zlariga nom tanlab oladilar. Dars musobaqa tarzida olib boriladi. O’quvchilar “Qorbobo” , “Qorqiz”, “Quyoncha” nomli guruhlarga bo’linadilar. O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, mana diyorimiz O’zbekistonning ajdodlarimizning asriy orzusi bo’lgan istiqlolga erishganiga ham 30 yil bo’lmoqda. Garchi bu davr tarix oldida juda qisqa bo’lsada, mana shu qisqa davr ichida olamshumul o’zgarishlar, islohotlar sodir bo’ldi. 1-o’quvchi: Boshing egib ta’zim ayla shukrona ayt Seni guldek erkalagan chaman uchun Osmonlarda yurgan bo’lsang tuproqqa qayt, Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?! 2-o’quvchi:Ko’zi qora, yuragi oq shu el uchun, Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun. Ulug’ inson boshlab bergan shu yo’l uchun, Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?! 3-o’quvchi:Eldan ketib el bo’lganni kim biladi? Don axtargan go’shtxo’rlarga yem bo’ladi. Dil qonasa ona tuproq em bo’ladi, Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?! 4-o’quvchi:Buncha bino qo’yma zarrin choponlarga, Saratonda yaproq bo’lgin dehqonlarga Suyagani tayoq bo’lgin cho’ponlarga. Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?! 5-o’quvchi:Qachongacha qorning o’ylab o’tadirsan, Qachongacha ko’kdan chalpak kutadirsan, Axir Vatan bitta sen ham bittadirsan, Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?! 6-o’quvchi:Hech kimdan kam emassan kam bo’lmagaysan, Yerda qolsang oftob bo’lib kulmagaysan. Qachon belni mahkam tortib bog’lagaysan, Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?! Hamma:Shu soylarda suvlar urgin yuzingga sen, Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen. Shu savolni berib ko’rgin o’zingga sen, Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?! O’qituvchi: Yurt chorlasa birlashing, Aylaning bir tan-jonga. Xudoga sig'ingandek, Sig'ining shu Vatanga. Ushbu hikmat damo- dam, Jaranglasin sadodek, Bu dunyoda Vatan ham Bitta bo'lar xudodek. Har bir guruhlar bilan “Yaxshi tilak” mashqini o’tkazamiz . Bunda guruh a’zolari keyingi guruhga o’z ezgu tilaklarini tilaydilar. Masalan: 1-guruh: Biz guruhimiz a’zolari bilan keyingi guruhlarga yaxshi kayfiyat, omad va baxt tilaymiz. 2-guruh: Biz guruhimiz bilan sizlarga baxt va porloq hayot tilaymiz 1- guruh: Biz ham barchangizga chin yurakdan dars davomida xush kayfiyat hamroh bo’lsin deymiz 2- guruh: Men guruhim nomidan boshqa guruh a’zolariga, sinfdoshlarimga omad tilayman. Eng yaxshi tilak bildirgan o’quvchilar rag’bat oladilar. Guruhlarga sardor tanlab oladilar. O’qituvchi: Bugungi darsimiz davomida oltin qoidalarimizga amal qilishingizni so’rayman: Kompyuterda oltin qoidalar ko’rinadi: __ Bilimni oshirish, __ Yangilik o’rganish, __ Takrorlash __ Mustahkamlash __O’zaro hurmat __ Intizom __ Faollik __ Raqobat __ Ahillik __ Bir- birimizni tinglay olish O’tilgan mavzu bo’yicha savol javob o’tkazaman Download 182.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling