O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti maktabgacha taʼlim(sirtqi)


Download 186.19 Kb.
bet8/11
Sana21.06.2023
Hajmi186.19 Kb.
#1638597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch davlat un

Ikkinchi yo‘nalish bu- bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish. Bu yo‘nalishda boriladigan ta’lim-tarbiya mazmuni o‘zida quyidagi yo‘nalishlarni mujassamlashtiradi: nutq va tafakkurning rivojlanganligi, so‘z boyligi, ilk matematik tasavvurlar, tabiatga oid bilimlar, huquqqa va iqtisodga oid eng dastlabki bilimlar beriladi.
Nutq va tafakkurning rivojlanganligi so‘z boyligiga oid belgilangan talablarga erishish, bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirib borish, ularga ertak va hikoyalar aytib o‘qib berish, she’rlarni yod oldirish fikriy mushohada qilishga o‘rgatish, ta’limiy o‘yinlar vositasida tafakkurni ishlash kabi faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Tevarak atrofdagi narsa va hayotda yuz beradigan hodisalar bola nutqi va tafakkuri mazmunining asosini tashkil qiladi. Bola atrofda sodir bo‘lgan hodisalar bilan tanishish jarayonida zarur bilimlarni egallash bilan bir vaqtda, ularning nomi, vazifasi, hususiyatlarini bildiruvchi so‘zlarni o‘zlashtirib boradi. Kattalar, tarbiyachilar va tengdoshlari bilan muloqotda shu so‘zlardan foydalanib o‘z fikrini ifodalaydi.
Bolalarning tafakkuri rivojlanishini ta’minlashda ularning ilk matematik tasavvurlarini uzluksiz o‘stirib borish muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun matematikaga oid ta’lim-tarbiya mazmuning asosini tevarak-atrofdagi narsa yoki buyumlarni sanash, taqqoslash, o‘lchamlari jihatdan qiyoslash, ularni turgan o‘rnini ko‘rsatish (pastdan, balantdan, chapdan, o‘ngdan kabi), turli geometrik shakllarni farqlash, bir necha shakllardan boshqa bir shakllarni yasash kabilarni tashkil etadi. Bolalarning matematik tasavvurlariga asosan turli xil o‘yinlar orqali erishish maqsadga muvofiqdir.16
Bolalarga maktabga oid bilimlar berish ilk yoshdan boshlanadi. Ular tug‘ilgandan boshlab tevarak-atrofni qiziqib kuzata boshlaydilar, ulg‘aya boshlagan sari o‘zlarini o‘rab turgan narsalarni, buyumlarni, yuz berayotgan tabiat xodisalarni bilgilari keladi. Bu borada ota-onalar yoki kattalar tabiat haqida tushunchalar berib borishlari bolalarni dunyoqarashini o‘stirishga hizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maktabga oid bilimlar mazmunining asosini ular o‘rab turgan tabiat, ya’ni o‘simlik va hayvonlar, buyumlar, turli xil hodisalar, fasllar tabiatni muhofaza qilish haqidagi ilk tushunchalarni birini tashkil etadi.
Uchinchi yo‘nalish bu- ma’naviy madaniy etuklik.
Vatan tuyg‘usi, vatanparvarlik xislari, milliy g‘urur, mustaqillik g‘oyasi hamda o‘z hududi, o‘lkasi, halqiga mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta’limda ma’naviy-madaniy ishlarning asosini tashkil qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning odob-ahloqli bo‘lishi va mehnatga muhabbat qo‘yishga katta e’tibor beriladi. Bolalar ilk yoshdan boshlab uyda, ko‘chada, bog‘chada, mehmonda o‘zini tutish qoidalari, muomala madaniyati, ovqatlanish, kiyinish, echinish, saramjon-sarishtali yurish odobi, mehnatsevar bo‘lish, boshqalar mehnatini qadrlash kabi odatlarga o‘rgatiladi. Ana shu odatlar bolani odob-ahloqli, mehnatga layoqatli qilib tarbiyalash mazmunining asosini tashkil etadi.
Bolalarning ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishida nafosat tarbiyasi asosiy o‘rin tutadi. Tasviriy san’at asarlaridan zavqlana olish, musiqani tinglash va undan shodlana olish, qobiliyatlari bolalarda ilk yoshdan rivojlantirib boriladi.
Nafosat tarbiyasi mazmunining asosini chiroyli rasmlarni his etish, ulardan zavqlana olish, asosiy ranglarni bilish va farqlay olish, ayrim milliy cholg‘u asboblarni bilim, musiqa ohangiga mos ravishda raqsga tushishni va qo‘shiq ayta olish kabilarga o‘rganishni tashkil etadi.
«Uchinichi ming yillikning bolasi» tayanch dasturini yaratish maqsadida e’lon qilingan tanlovda Guliston shahridan «+uvonch» 31 bog‘cha-maktab majmui direktori Sabohat Mirjalilova, Toshkent shahrida pedagogika fanlar doktori +umri Abdullaeva, dotsent Muhabbat Rasulova, +o‘qon shahridan M.Karimova boshchiligidagi mutaxasislar tomonidan yaratilgan dasturlar mujassamlashtirib dastur yaratiladi. Bu jihatdan maktabdagi yoshdagi barcha bolalarni rivojlantirish uchun asos bo‘ladigan dastur sifatida tavsiya etilgan. Ushbu dasturni hayotga tadbiq etish maqsadida mazkur xujjat mazmuni asosida o‘quv metodik adabiyotlar majmui yaratildi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ahloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, ahloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Ahloqiy tarbiya vazifalari quyidagilar:

  1. Bolalarda ahloqiy his-tuyg‘ular, tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash.

  2. Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.

  3. Bolalarda ahloqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash.

  4. Xulqdagi salbif sifatlarni barxam toptirish.

Maktabgacha Ta’lim Muassasalarida ahloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda, ta’lim berish orqali amalga oshirish.
Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o‘yin materiallari, ommaviy axborot vositalari – oynai jahon, radio va boshqalar bolalarning ahloqiy tarbyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Kichik yoshli bolalar ahloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o‘yin mashg‘ulotlarida yaxshi o‘zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o‘zlashtirib olingan ahloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib etishlari dastlab mashg‘ulotlarda, keyinchalik o‘yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, musatqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.
Ahloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
- g‘oyaviy va tarbiya ishining ma’lum maqsadga qaratilganligi;
- ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini xurmat qilgan xolda yondashish;
- ahloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib borish;
- bolalarning faolligi;
- oila va MTMlarining tarbiyaviy ta’sirining birligi;
- bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;
- bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini ko‘zda tutish.
Ahloqiy tarbiya prinsiplarini pedagogik shart-sharoit bilan qo‘shib amaga oshirish bolaning ahloqiy rivojlanishiga samarali ta’sir etadi.17
Ahloqiy tarbiya metodlari. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ahloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga egadir. Aqiy tarbiya metodlari – bolalarning ahloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat usulidir. Ahloqiy tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. guruh. Ahloqiy ongni, ahloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xoxishini shakllantirishga qaratilgan metodlar.

  2. guruh. Madaniy xulq-atvor, ijobiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan metodlar.

  3. guruh. Ahloqiy his tuyg‘ular va munosabatlarni rag‘batlantirishga tilgan yordamchi metodlar.

Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga ahloqiy norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o‘rgatiladi. Ularda ahloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi.
Bu guruh metodlariga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Bolalarning yaxshilik, yomonlik to‘g‘risidagi tasavvurlarini e’tiborga olish; ahloqiy xulq-atvor tormalarini muxokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o‘zlarini faol qatnashtirish; har bir bolaning his-tuyg‘usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lish.
Bolani noo‘rin tadqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish qa’tiyan mann qilinadi. Hamma metodlardan izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi.

Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda quyidagi eng asosiy vazifalarga e’tibor qaratishimiz joizdir Insonparvarlik hissini tarbiyalash. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanadigan ahloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim o‘rin tutadi. Insonparvarlik hissi ahloq normalari va qoidalari o‘rgatish asosida rivojlanadi.
Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o‘rgatib borish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e’tiborga olish zarur. Kichik bolaga yaxshi bo‘l deganingiz bilan yaxshi bo‘lib qolmaydi, chunki unda yaxshilik bilan yomonlikni to‘g‘ri tahlil qilish hayotiy tajribasi etishmaydi. Bu yoshdagi bolalarni yaxshi ishlar qilishga o‘rgatiladi: yiqilib tushgan bolani turg‘azib qo‘yishga yordam berish, uning ustki kiyimlarini qoqib qo‘yish, yupatish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish, o‘yinchog‘ini o‘rtog‘iga berib turish, tik turgan kishiga joy ko‘rsatish, eng muhimi boshqalarga ko‘rsatishgan xizmatdan xursand bo‘lishga o‘rgatish.
Kamtarlik, to‘g‘rilik, halolik va quvnoqlik xususiyatlarini tarbiyalash.
Bu xususiyatlar sog‘lom shaxsni tarbiyalashning eng muhim omillaridan hisoblanadi.
Kamtarlik har bir kishining eng muhim va olijanob fazilatlaridan biridir. Bu asosan maktab yoshidan tarbiyalanadi. Ammo maktabgacha yoshidan boshlab, bolalarga kamtarlik hissini singdirish, manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni yo‘qotib borish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zlarini boshqa bolalardan ustun qo‘yishga urinadilar, ba’zan ota-onalarining kasbi bilan ham maqtanadilar. Bunday xolatda bolalarning ota-onalari bilan tegishli ish olib borish, har bir kasbning zarurligi va muhimligi to‘g‘risida aniq misollar bilan tushuntirish zarur. Bolalar ayrim ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqa bolalarni kamsitsalar, tarbiyachi bolaga biror narsani bilmagan o‘rtog‘iga o‘rgatish kerakligini, o‘z-o‘zini maqtash yarashmasligini tushuntiradi.
Sofdillik va rostgo‘ylikni tarbiyalash yolg‘onchilik va vijdonsizlik paydo bo‘lishining oldini olish va unga qarshi kurash bilan uzviy bog‘liqdir.
Ba’zi bolalar o‘zlari to‘qigan, kattalardan eshitgan ertaklarini tushlarida ko‘rgandek qilib ko‘rsatishga urinadilar. Bunday holda ham urushmasdan «Ertak» to‘qishni yaxshi bilgani uchun maqtash kerak.
SHanday qilib, bolalardagi xarakterning ijobiy namunalarini, ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ahloqiy tarbiyaning hamma samarali usullari bilan tarbiyalanib borilsa, ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Vatanparvarlikni tarbiyalash.
Vatanparvarlik ijtimoiy, tarixiy va ahloqiy his-tuyg‘ular sifatida odamning ijtimoiy taraqqiyoti davomida paydo bo‘ladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida vatanparvarlik faqat o‘z urug‘doshlariga, ona eriga, urf-odatlariga bog‘liq his bo‘lgan bo‘lsa, sinflar paydo bo‘lishi bilan vatanparvarlik g‘oyalari chuqurlashib, ijtimoiy hayotning tobora ko‘proq sohalariga chuqurrroq kirib bordi. Davrlar o‘tishi bilan bu tuyg‘u buyuk qudratga aylandi.
Vatanga muhabbatni tarbiyalash.
Vatanga muhabbat – eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga muhabbat hissi baynalminalchilik hissi bilan uyg‘unlashib ketgan. Vatanga muhabbat hissi maktabgacha yoshdagi bolalarda kattalar tomonidan bolalarning ruhiy taraqqiyotini va ular tafakkurining aniq va obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik bilan tarbiyalanib boriladi. SHuning uchun bu yoshdagi bolalarda vatanga muhabbat hissini, ularga yaqin va tanish bo‘lgan aniq faktlar, yorqin misollar orqali tarbiyalab boradi.
Baynalminal tarbiya.
Bizning respublikamiz o‘z mohiyati bilan baynalminaldir. SHuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarda baynalminalchilik, xalqlar do‘stligi hislarini tarbiyalab borish muhim ahamiyatga egadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi. Bunday his-tuyg‘ularni rivojlantirish asosan taqlid qilish orqali mukammallashib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga baynalminal-chilik his-tuyg‘ulari asosini shakllantirishda qardosh jumxuriyat-larda yashaydigan har bir millat vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish; maxsus mashg‘ulotlarda ularning urf-odatlari, madaniyati, san’ati, tabiati to‘g‘risidagi adabiyotlarni o‘qib berish, suhbat o‘tkazish, rasmlar ko‘rsatish, diafilmlar namoyish etish, millat bolalari hayoti to‘g‘risidagi xikoyalarni o‘qib berish foydali bo‘ladi.


Download 186.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling