O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi
Download 1.24 Mb.
|
DNKning fizik va kimyoviy xossalari
Barcha tirik hujayralarda bir xil funksiyani bajaradi, ya'ni genetik informatsiyani saqlash, nasldan – naslga uzatish va uni amalga oshirishni ta'minlaydi. DNK molekulasi genetik informatsiyani nukleotidlarning ketma -ketligi shaklida saqlaydi, RNKning turli xillari uni oqsillar biosintezi jarayonida amalga oshiradi. Nuklein kislotalarning yuqori molekulali makrobiopolimerlar bo‘lib, ularning molekulalari 4 xil nukleotidlardan tuzilgan bo‘lib, ular o‘z navbatida tarkiblarida 3 xilkomponentni – azotasoslari, uglevod komponenti – pentoza va fosforkislotasining qoldig‘ini tutadi. Nukleotidlarning tarkibiga qaysi bir uglevod kirganiga qarab nuklein kislotalar ikki katta guruhga bo‘linadi: dezoksiribonuklein kislotalar (DNK) va ribonuklein kislotalar (RNK). DNK tarkibida uglevod komponenti sifatida – dezoksiriboza uchraydi. Uchta azot asosi – uratsil, sitozin va timin pirimidin asoslari hisoblanadi. Sitozin ham DNK ham RNK tarkibiga kiradi, uratsil – faqat RNK va timin – faqat DNK tarkibiga kiradi. Nuklein kislotalar tarkibida ba'zi bir boshqa purin va pirimidin asoslari (digidrouratsil, psevdouridin, inozin, metiltsitozin va h.k.) ham topilgan. Ular ko‘proq RNK tarkibida uchraydi. Purin yoki pirimidin asoslari riboza yoki dezoksiribozani biriktirib olib, n u k l e o z i d deb ataladigan birikmani hosil qiladi. Nukleozid tarkibidagi riboza (dezoksiriboza)ning gidroksil guruhiga (5-chi holatdagi) fosfor kislotasining qoldig‘ini biriktirib n u k l e o t i d ga aylanadi. Nukleozidlarning nomi purinlarning nomiga – ozin suffeksini (adenozin, guanozin), pirimidinlarga esa – din suffeksini (uridin, timin, sitidin) qo‘shish bilan olinadi. Nukleotidlarning nomi nukleozidlar nomini ohiriga fosfor kislotasining qoldig‘ini soni va fosfat so‘zini qo‘shish bilan hosil qilinadi. Jumladan, agar nukleozid bitta fosfor kislota qoldig‘ini tutsa nukleozidmonofosfat, ikkita fosfor kislota qoldig‘i bo‘lsa nukleoziddifosfat va uchta qoldiq bo‘lsa – nukleozidtrifosfat deb ataladi va nukleozidning nomini, fosfor kislotasining soni va o‘zining nomini birinchi xarflari bilan qisqartirilib belgilanadi. Masalan, adenozinmonofosfat – AMF, adenozindifosfat – ADF, adenozintrifosfat – ATF va h.k. Nukleozid – 5‘- monofosfatlar nuklein kislotalar (RNK, DNK)ning asosiy struktura komponentlari (qurilish bloklari) bo‘lib xizmat qiladi. DNK va RNK molekulalari o‘zaro bir birlaridan kimyoviy tarkibi bilan farq qiladi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling