O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Yangi eroniy til davrida eroniyzabon xalqlarning yozuvi va yozma adabiyoti (IX-XV asrlar)


Download 405 Kb.
bet38/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
Bog'liq
5

Yangi eroniy til davrida eroniyzabon xalqlarning yozuvi va yozma adabiyoti (IX-XV asrlar)
Hozirgi zamon tirik eroniy tillarini tarixga nazar tashlasak, ularni yozuvga ega va ega emasligiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin.

  1. Qadimgi yozma adabiyotga ega bo‘lgan xalqlar. Bularga forslar, tojiklar va dariyzabon xalqlar kiradi, ular deyarli 2,5 ming yillik yozuv va adabiyotga ega.

  2. Keyinroq yozma adabiyotga ega bo‘lgan xalqlar. Bularga XV asrda yozuv va yozma adabiyotga ega bo‘lgan afg‘on (pashtu)lar kiradi.

  3. Yaqin o‘tmishda yozuv va yozma adabiyotga ega bo‘lgan xalqlar. Bularga osetin xalqi mansub. Ular XVIII asrda yozuvga ega bo‘lib, o‘z adabiyotini yaratmoqdalar. Buxoro juhudlari ham XX asr boshlarida kirill alifbosi asosida o‘z yozuvlariga ega bo‘ldilar.

  4. O‘z yozuviga umuman ega bo‘lmagan xalqlar. Bularga Erondagi lur va baxtiyor qabilalari, Afg‘onistondagi munjonlar va O‘rta Osiyo lo‘lilari kiradi. Lur va baxtiyor qabilalarining folklorini arab yozuvi asosida olimlar tomonidan o‘rganishga urunishlar bo‘lgan. O‘rta Osiyoda, asosan, O‘zbekistonda Buxoro lo‘lilari uchun o‘zbek, tojik va rus tillaridagi maktablar eshigi hamisha ochiqdir.

Shunday qilib yangi eron tillarini o‘rganish manbalari va bu tillarda yaratilgan adabiyotlarni ikki guruhga ajratamiz:

  1. original yozuvlar yodgorliklari: nasr va nazmdagi badiiy adabiyotlar, ilmiy va tarixiy bayozlarni o‘z ichiga olgan o‘rta asr qo‘lyozmalari, yangi va eng yangi davrdagi litografiya, ko‘paytirish vositalarining nashr mahsulotlari va matbuot;

  2. tadqiqotchilarning yodnomalari (til, folklor, etnografiya, hozirgi davrda maxsus ilmiy maqsadlarni nazarda tutgan). Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, hozirgi zamon eroniy tillar davrini ikki qismga ajratib o‘rganamiz:

a) o‘rta asr yodgorliklari (mumtoz fors-tojik adabiyoti IX-XVI asrlar);
b) hozirgi zamon eroniy tillar (XVI-XVII asrlardan to shu kunlargacha).



Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling