O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
O‘zbekistonda eronshunoslik
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eronshunoslik markazlari
- Transkripsiya
O‘zbekistonda eronshunoslik
Eroniy tillarda gaplashuvchi xalqlar bilan turkiyzabon xalqlar azal-azaldan yonma-yon yashab, ko‘plari deyarli ikki tillik bo‘lganliklari haqida ko‘plab ma’lumotlarga egamiz. O‘zbek mumtoz adabiyoti fors-tojik adabiyoti bilan hamnafas bo‘lib, ularning o‘zaro ta’siri haqida olimlarimiz ko‘p va xo‘b yozishgan. O‘zbekistonda olimlarimiz eronshunoslik bilan 1920-28-yillarda Turkiston davlat universitetida va 1944-yildan Toshkent Davlat universitetining sharq fakultetida, 1991-yildan esa Toshkent davlat sharqshunoslik institutida eron-afg‘on filologiyasi va xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti kafedrasida shug‘ullanishmoqda. Ular fors-dariy-pashtu tillarining xususiyatlari va adabiyotini o‘rganadilar. Ushbu sharqshunoslik maktabida yetishib chiqqan hozirgi zamon fors adabiyotining chuqur bilimdoni, Firdavsiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, f.f.doktori, professor, Shoislom Shomuxammedov, f.f.d. professor Abdurahim Mannonov, f.f.d. Orif Usmonov, dotsentlar S.Yuldasheva, Rahmonxo‘ja Inomxo‘jaevlar fors-dariy, pashtu tillari adabiyoti bilan shug‘ullanishsa, f.f.d., professorlar A.G‘.G‘aniev, A.Quronbekov, M.Imomnazarov, dotsentlar N.A.Muhammedova, M.Abdusamatov, Z.Umarov, A.Ismoilov, O.Shokirov, A.Vohidov va boshqalar fors, dariy tillarining grammatik, leksik-semantik va sotsio-lingvistik xususiyatlarini o‘rganish bilan mashg‘uldirlar. Tarix fanlari doktori professor M.Ishoqov, Asqar Maxkamov O‘rta Osiyoda birinchilardan bo‘lib, avestoshunoslik va So‘g‘dshunoslik yo‘nalishida ilmiy ishlar olib borishmoqda. Eronshunoslik markazlari Eroniy tillarning xususiyatlari ularning adabiyoti, tarixi va etnografiyasini o‘rganish bilan jaxonning turli mamlakatlarida ko‘plab olimlar mashg‘uldirlar. Eronning o‘zida Tehron, Isfahon, Shiroz, Tabriz, Mashhad shaharlarida faoliyat ko‘rsatayotgan universitetlarda, ilmiy-tekshirish markazlarida eroniy tillarning, xususan, fors tilining adabiyoti va tarixi o‘rganilmoqda. Afg‘onistonda Kobul universiteti va FAda pashtu, dariy va Afg‘onistonda mavjud bo‘lgan tillarning xususiyatlari, folklori va adabiyoti o‘rganilmoqda. Tojikistonda Tojikiston davlat universiteti, FA huzuridagi Sharqshunoslik institutida eroniy tillar bilan bir qatorda tojik tilining xususiyatlari va adabiyoti o‘rganilmoqda. Rossiyada eroniy tillar bilan Sankt-Petrburg va Moskva Davlat universitetlari va Rossiya FA huzuridagi sharqshunoslik instituti xodimlari shug‘ullanmoqdalar. Eronshunoslik bilan Yevropada Germaniya, Angliya, Fransiya, Shvesiya va Norvegiya davlatlarida, sharqda esa HHindiston, Pokiston, shuningdek, hamdo‘stlik mamlakatlaridan: Gruziya, Armaniston va Ozarbayjon, hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarida olimlar muvaffaqiyatli shug‘ullanib kelishmoqda. Transkripsiya Ma’ruza matnida uchraydigan qadimgi va o‘rta eroniy tillar va dialektlarga oid materiallarni berishda biz M.Oranskiyning «Vvedenie v iranskuyu filologiyu» kitobidagi (12-14-betlar) transkripsiya va shartli belgilardan foydalanishni ma’qul ko‘rdik. Chunki, eronshunoslikda hozirgi kunlarda transkripsiyaning turli variantlaridan foydalanilmoqda. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling