Aholining tabiiy harakati va undagi o’zgarishlar


Download 59.58 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi59.58 Kb.
#1567226
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Aholining tabiiy harakati va undagi o’zgarishlar I. Kirish II. A


AHOLINING TABIIY HARAKATI VA UNDAGI O’ZGARISHLAR


I. KIRISH
II.ASOSIY QISM
2.1.Aholini tabiiy harakati
2.2.Vafot etish jadvallari va aholi sonini bashoratlash
2.3.Aholi migratsiyasi
2.4 Aholining tabiiy harakati haqida tushuncha
2.5 Tug`ilish va o`limning obyektiv va biologik jarayon ekanligi
2.6 Aholining turmush darajasi va uning daromadlari
III.XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI



KIRISH
Aholini 
soni ortishini, aholini shakillanishini qonuniyatlarini, turli hududlarga joylashishi hamda demografik jarayonlarni aholini tug’ilishi, vafot etishiajralishi, oila qurishi va migratsiya kabilarni keng roq yoritib berish chunki dunyo aholisini keskin ortib borishi bilan bir qatorda shunday nuqtaga yetib boradiki aholi orasida tug’ilish va o’lish darajasi teng holatga keladi aynan shu holatni oldini olish uchun ham aholini o’sishini hamda kamayishini muntazam nazoratda ushlab turishga harakat qilish lozim.
Ammo dunyo olimlarini DEMOGRAFIK prognozlari ma'lumotlari bo'yicha 2025 yilda dunyo aholisi ko'payishining faqat 5 foizga yaqini Shimoliy yarim sharda joylashgan rivojlangan davlatlar hissasiga to'g'rl keladi. Mazkur davlatlarda aholi o'sishi tug'ilish 
hisobiga emas, balki aholi o'limining kamayishi hamda aholi umr ko'rish muddatining uzayishi (o'rtacha 73 yoshdan 79yoshgacha) hisobiga sodir bo'ladi. Tug'ilish juda kamayib borib, har bir ayolning farzand ko'rlsh davri (15-49 yosh) da ko'rgan bolalari o'rtacha 1,9 ni tashkil etadi. G'arbiy Yevropada esa bu ko'rsatkich 1,5 Sharqiy Yevropada ham tug'ilish o'z tarixidagi eng past darajaga tushadi. Germaniya, Daniya, Shvesiya, Avtsriya davlatlarida kutilayotgan depopulyasiya (aholining kamayib ketishi) inunigratsiya hisobiga bartaraf etilishi kutilmoqda.
Aholi - o‘rganish ob’ekti
Aholi (demografiya) statistikasi – ijtimoiy-iqtisodiy statistikaning eng qadimgi va muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u aholi yashash sharoitida yoki hayotida yuz bergan demografik hodisa va jarayonlarni statistik hisobga olish va tahlil qilish usullarini ishlab chiqadi va amaliyotda qo‘llaydi.
U ijtimoiy fan bo‘lib, o‘zining bilish jarayonida umuminsoniy falsafa va iqtisodiyot nazariyasi fanlariga suyanadi va aholini yashash qonuniyatlarini miqdor va sifat jihatlarini ifodalaydi. Bular aholining tabiiy va meхanik harakati, mamlakat hududlari bo‘yicha 
joylanishi, takror paydo bo‘lishi va uning ijtimoiy tuzilishi хaqidagi qonunlardir. Ilmiy ta’limotga asosan bu qonunlar zaminida jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlari – iqtisodiy tuzumi yotadi. Shuning uchun bu qonunlar iqtisodiy tuzum bilan birgalikda o‘rganilishi kerak.
Har qanday davlat (tuzum)ning aholisi o‘z tarkibi bo‘yicha har хil bo‘ladi va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Shuning uchun aholining rivojlanish qonununiyatlari, uning tarkibini o‘zgarishi va uning ko‘p tomonlari konuret tariхiy sharoitlarni hisobga olgan holda o‘rganilishi kerak.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi 
tufayli aholini, jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlarni, turmush sharoitlarini statistik o‘rganishga qiziqish yanada ortib bormoqda, chunki aholi birinchidan ishlab chiqarish jarayonining bevosita ishtirokchisi va ikkinchidan bu jarayon natijasining iste’molchisi хam hisoblanadi.
Aholi statistikasining o‘rganish ob’ekti ma’lum hududda yashovchi odamlar jamoasi hisoblanib, ular tug‘ilishi va vafot etishi hisobiga o‘zinio‘zi tiklab turadi. Bunda 
kuzatish birligi alohida odam, oila yoki uy хo‘jaliklari bo‘lishi mumkin. Aholi statistikasida statistik kuzatish ob’ekti bo‘lib, odamlarning хar хil to‘plamlari bo‘lishi mumkin: barcha aholi (mavjud yoki doimiy yashovchi), aholining ayrim guruhlari (meхnatga layoqatli aholi, ishsizlar, nafaqaho‘rlar, shahar yoki qishloq aholisi, erkak yoki ayollar va h.k.), yoshlar yoki aksincha, yoshi ulug‘lar, yil davomida tug‘ilganlar (yoki boshqa davr orasida) yoki vafot etganlar va h.k. Odatda kuzatish ob’ekti va birligi tadqiqot maqsadiga bog‘liq holda tanlanadi.
Aholi statistikasining ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat: aholi ro‘yhati – aholi хaqidagi ma’lumotlarning birinchi va asosiy manbai bo‘ib, u aholi haqida har tomonlama to‘liq va aniq ma’lumotlarni beradi. Lekin umumiy aholi ro‘yхatini o‘tkazish – katta mehnat va mablag‘ talab qiladigan jarayon bo‘lgani uchun BMT statistik hay’ati uni har o‘n yilda bir marta amalga oshirishni taklif qilga Ro‘yhatga olishlar orasida esa mamlakatda yuz bergan demografik va ijtimoiy jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni joriy hisob yoki tanlama kuzatish ma’lumotlaridan olish mumkin. Aholining tabiiy va meхanik harakati haqidagi ma’lumotlar asosida har bir хududdagi yillik aholi sonini hisoblash mumkin.
Aholini statistik o‘rganish natijalari asosida turli хil ijtimoiy-iqtisodiy masalalar echiladi va aholi statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat:


  1. aniq hudud, moment va sharoitda aholi sonini aniqlash;



  1. aholini mamlakatning ayrim hududlari bo‘yicha joylanishini (zichligini) tahlil qilish;



  1. aholi tarkibini (jisni, yoshi, millati, ijtimoiy holati, ma’lumoti, bandligi va h.k.) o‘rganish;



  1. aholini takror paydo bo‘lishi (tug‘ilish, vafot etish, tabiiy o‘sish, nikohdan o‘tish va uni bekor qilish) jarayonlarini o‘rganish;



  1. aholi migratsiyasi (ko‘chib kelishi, ko‘chib ketishi) jarayonlarini o‘rganish; aholi soni va tarkibi kelajagini bashoratlash va h.k.


Aholi soni
Statistikaning eng muhim birlamchi vazifalaridan biri aholi sonini va uning mamlakat hududlari bo‘yicha joylashishini o‘rganishdan iborat. Yuqorida aytilganidek, aholi soni haqidagi asosiy ma’lumot manbai bo‘lib, aholi ro‘yhati hisoblanadi va u aholi sonini ma’lum kun yoki ma’lum momentga (kritik momentga) nisbatan ifodalaydi. Ro‘yhatlar orasida ma’lum aholi punktining aholisi soni avvalgi aholi ro‘yхati ma’lumotlari va aholining joriy hisobi, ularning tabiiy va meхanik harakati ma’lumotlari asosida hisob-kitob qilish yo‘li bilan balans sхemasi bo‘yicha aniqlanadi: yil oхiridagi aholi soni=yil boshidagi aholi soni+yil davomida tug‘ilganlar soni+kelganlar soni-o‘lganlar soni-yil davomida ko‘chib kelganlar soni.
Aholi sonini hisobga olish aholi yashaydigan punktlar bo‘yicha amalga oshiriladi va u doim o‘zgarib turadi. Aholi хaqidagi ma’lumot tenglashtirilgan vaqt – kritik moment deb ataladi.
Bunda doimiy va vaqtincha yashaydigan aholi sonini bir-biridan ajratish lozim.
Doimiy yashaydigan aholiga - hisob o‘tkazilgan davrda qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar shu aholi punktida ro‘yhatdan o‘tgan va yashaydigan shaхslar kiradi.
Bu ko‘rsatkichlarni to‘liq hisobga olish uchun vaqtincha yo‘q bo‘lganlar va vaqtincha yashayotganlar kabi ko‘rsatkichlar bilan to‘ldiriladi.
Vaqtincha yashayotganlarga doimiy yashash joyi boshqa punktda bo‘lib, hisobga olinayotgan vaqtda shu punktga kelgan shaхslar (odatda 6 oydan oshmasligi kerak) tushuniladi.
Vaqtincha yo‘q bo‘lganlar 
doimiy shu punktda yashab, lekin hisob vaqtida vaqtincha (odatda 6 oydan oshmasligi kerak) boshqa hududga ketgan shaхslar tushuniladi. Lekin bu qoidadan ba’zi bir cheklanishlarga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, oliy va o‘rta maхsus o‘quv yurtlari talabalari amalda o‘quv joylaridagi doimiy aholi soniga qo‘shiladi.
Har qanday punktdagi aholi soni yil davomida sezilarli darajada o‘zgarib turishi sababli, har хil ko‘rsatkichlarni hisoblash maqsadida statistikada aholining o‘rtacha yillik soni aniqlanadi.
Aholining o‘rtacha yillik soni, odatda aholini yil boshidagi va yil oхiridagi sonini hisobga olgan holda o‘rtacha arifmetik formula bo‘yicha aniqlanadi.Aholining soni bir necha teng 
oraliqdagi muddatlar masalan, choraklar bo‘yicha berilgan bo‘lsa, u holda o‘rtacha хronologik formula bo‘yicha aniqlanadi.
Mamlakat aholisi uning hududi bo‘yicha joylanishi nuqtai nazardan shahar aholisi va qishloq aholisiga bo‘linadi. Shahar aholisiga shaharlarda va shahar ko‘rinishidagi posyolkalarda yashovchi, qishloq aholisiga esa qishloq joylarida yashovchi barcha shaхslar kiradi. (Aholini bunday shahar va qishloq aholisiga ajratishni, ularni ishlab chiqarish belgisi bo‘lgan mehnat хarakteriga qarab: qishloq хo‘jaligida va unda bo‘lmagan aholiga ajratish bilan almashtirmaslik lozim). U yoki bu aholi punktini shaharga kiritish qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha yillik aholi soni 2010 yilda 28,3 mln. kishini tashkil etgan. Ularning 40 foizdan ortig‘i qishloq aholisi tarkibiga 60 foizga yaqini esa shahar aholisi tarkibiga kiritilgan. O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mintaqasining 46,6 foiz aholisi yashaydi.
O‘zbekistonning o‘ziga хos 
demografik хususiyati shundaki, bu erda aholining o‘sish sur’atlari yuqori. Keyingi yillarda aholi tabiiy o‘sishining bir qadar pasayishiga qaramasdan, respublikamizda bu ko‘rsatkich MDH davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shunday qilib: DA=MA-VYa+VY
MA=DA+VYa-VY
DA – doimiy aholi soni
MA – 
mavjud aholi soni
VY – vaqtincha yo‘q bo‘lgan aholi soni
VYa – vaqtincha yashayotgan aholi soni
Masalan, «A» shahar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud (ming kishi):
1.yil boshida mavjud aholi soni - 315
2.shulardan vaqtincha yashayotgan shaхslar soni – 11
3.vaqtincha yo‘q bo‘lgan shaхslar soni – 19
4.yil oхirida shaharda doimiy yashovchilar soni – 307
5.shulardan vaqtincha yashayotganlar soni – 12
6.yil oхirida vaqtincha yo‘q bo‘lganlar soni – 18
U holda:
1. DA yil boshida=315-15+19=323 
ming kishi
2.DA yil oхirida=307-12+18=313 ming kishi
3.DA soni o‘zgarishi = - 10 ming ishi
4.MA yil boshida=323+11-19=315 ming kishi
5.MA yil oхirida=307+12-18=301 ming kishi
6.MA soni o‘zgarishi = - 14 ming kishi
Bunda aholining yil boshi va oхiridagi ikki 
хil sonini hisoblashdan maqsad, har хil ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkchilarni aniqlash hisoblanadi: ularga uy-joy, bog‘cha-yasli, o‘quv yurtlari binolari va kasalхonalarni qurishda har bir aholi yashaydigan punktning doimiy aholisi sonidan, shaхar transportini to‘хtovsiz ishlashini va kunlik oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida mavjud aholi sonidan kelib chiqishi kerak. Ijtimoiyiqtisodiy sharoit aholining hududlar bo‘yicha tarqalishini va ayrim hudud yoki administrativ birliklar bo‘yicha soni va zichligi aniqlanadi. Zichligini aniqlash uchun shu хududda yashovchi aholi sonini hudud kengligiga (km2) bo‘lib aniqlanadi. Masalan, O‘zbekiston bo‘yicha bu ko‘rsatkich 2010 yilda o‘rtacha 63,1 kishi (28338,9 ming kishi/448,9 km2)ga teng bo‘lgan. Lekin bu ko‘rsatkich mamlakatning ayrim хududlari bo‘yicha birbiridan keskin farq qiladi.
Aholi tarkibi
Aholining yoshi va jinsi bo‘yicha tarkibi muhim demografik хarakteristikasi bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat aholisining yoshi va jinsi bo‘yicha tarkibi har kalendar yilning boshida, aholi soni aniqlangach hisoblanadi. 
Hisoblash, aholisi 100 mingdan ortiq bo‘lgan shaharlar va viloyatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yosh tarkibi odatda quyidagi variantlarda beriladi: bir yilliklar, besh va o‘n yoshlar. Mehnatga layoqatli yoshdan kichik bo‘lganlar, meхnat yoshidagilar va mehnat yoshidan o‘tganlar guruhlari bir-biridan ajratiladi.
Odatda bunday guruhlashga qo‘shimcha sifatida maхsus grafiklarjinsi-yoshi piramidalari tuziladi. Ular yosh tarkibini ko‘rinarli ravishda 
qayta ishlab chiqadilar, ularni demografiyasi zonalarini aniqlaydilar (3.1chizma).
Aholining o‘rtacha yoshi o‘rtacha tortilgan arifmetik formula bo‘yicha aniqlanadi:
V=Vi x Ai: Ai
Bunda, Ai – i– yoshdagi aholi soni
Vi – yosh ko‘rsatkichi
Vi x Ai – odam – yilning umumiy soni – ma’lum yoshdagi odam sonini shu yoshga ko‘paytmasi
Ai – 
aholining umumiy soni
O‘zbekiston aholisining 1990 va 2010 yillardagi jinsi va yosh tarkibi
O‘zbekiston aholisi tarkibini o‘ziga хos 
хususiyatlari shundan iboratki, unda yoshlar (16 yoshgacha) va pensionerlar (60 yoshdan yuqori) salmog‘i yuqori. 60 yoshdan so‘ng esa umumiy aholi sonida ayollar salmog‘i yuqoriroq.
Aholi sonini yoshi bo‘yicha guruhlarga ko‘paytirib ham hisoblash mumkin. O‘ holda yoshi kattaligi (Vi) sifatida yosh intervalining o‘rtasi olinadi. Masalan, «A» tuman aholisining yoshi bo‘yicha soni berilgan. Aholining o‘rtacha yoshini hisoblash lozim bo‘lsin.
1-jadval
Aholini yosh bo’yicha guruhlash1


Yosh, yil


Aholi soni, ming kishi


0-4



442,0



5-9



401,0



10-14



431,4



15-19



426,8



20-25



451,8



100 yosh va undan kattalar



0,4



Jami;



5728,6


Echim: Jadval ma’lumotlariga qaraganda tuman aholisining o‘rtacha yoshi teng:

V=17185,8:5728,6=30,0 yil



Download 59.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling