Aholining tabiiy harakati va undagi o’zgarishlar


Download 59.58 Kb.
bet2/11
Sana18.06.2023
Hajmi59.58 Kb.
#1567226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Aholining tabiiy harakati va undagi o’zgarishlar I. Kirish II. A

II.ASOSIY QISM


Har qanday hududning aholi soni uning tuzilishi, tug‘ilishi, vafot etishi va migratsiyasi hisobiga o‘zgarib turadi. Aholi sonini tug‘ilishlar va vafot etishlar hisobiga o‘zgarishi aholining tabiiy harakati deb ataladi.
Aholining tabiiy harakati avvalo mutloq ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi: tug‘ilishlar soni – T, vafot etganlar soni – VE, tabiiy o‘sish soni – (T-VE). Shular qatoriga nikohdan o‘tganlar soni – No‘t va nikohdan o‘chganlar soni – No‘ch ko‘rsatkichlari ham kiradi.
Aholining tug‘ilishi, vafot etishi va tabiiy o‘sish darajasi va o‘zgarishi kishilar hayotining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga bog‘liq. Bu ko‘rsatkichlar avvalo ma’lum davr (masalan, bir yil) uchun mutloq miqdorlarda aniqlanadi va shu jarayonlar хaqida ma’lum fikr yuritish 
imkoniyatini bersa хam, lekin ular bunday tabiiy хarakatlarning intensivligi (tezligi) darajasini ifodalab bera olmaydi, chunki mamlakatlar aholisi soni хar хil. Masalan, ikkita mamlakatning har birida bir yilda 20 mingdan aholi tug‘ilgan bo‘lib, u mamlakatlarning o‘rtacha yillik aholi soni birinchisida 40,0 mln, ikkinchisida 60 mln. kishiga teng. Tug‘ilish darajasi qaysi mamlakatda yuqori yoki past ekanini aniqlash uchun bu jarayonlarning nisbiy darajalari aniqlanadi. Buning uchun tug‘ilish, vafot etish va tabiiy o‘sish absolyut sonini mamlakatning o‘rtacha yillik aholi soniga bo‘lish kerak. Statistikada bunday ko‘rsatkichni har bir ming kishiga nisbatan (promilleda) ifodalanadi.
Aholining tabiiy хarakatini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Birinchi guruh - aholi tabiiy harakatining umumiy ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun demografik hodisalar sonini aholining o‘rtacha yillik soniga bo‘lib aniqlanadi.


  1. Tug‘ilishning umumiy koeffitsienti ma’lum хududdagi aholining хar 1000 tasiga nechta tug‘ilish to‘g‘ri kelishini ifodalaydi Tug‘ilish umumiy Kt=T х 1000%/Ā;

«A» shahrining o‘rtacha yillik aholi soni 400 ming kishi. 2004 yilda 5,6 ming kishi tug‘ilgan.

Download 59.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling