Aholining tabiiy harakati va undagi o’zgarishlar
-jadval: Ayrim mamlakatlarda kutilayotgan umr uzunligi (yosh)
Download 59.58 Kb.
|
Aholining tabiiy harakati va undagi o’zgarishlar I. Kirish II. A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakat
4-jadval:
Ayrim mamlakatlarda kutilayotgan umr uzunligi (yosh)
Bunday holat O‘zbekiston va Rossiyada demografik holat yaхshi emasligini bildiradi. Kutilayotgan umr uzunligi rivojlangan mamlakatlarga qaraganda erkaklar uchun – 13 yosh, ayollar uchun 8 yoshga kam. Vafot etish jadvalllari ham butun aholi uchun, erkaklar uchun, ayollar uchun, shahar aholisi uchun, qishloq aholisi uchun (umuman va alohida erkaklar va ayollar uchun) tuziladi. Vafot etish jadvallari ma’lumotlari aholi sonini bashoratlash uchun, shuningdek umrni sug‘urta qilish ta’rif stavkalarini tuzish uchun foydalaniladi. Davlat va ayrim regionlar darajasida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni amalga oshirish uchun aholi soni, joylanishi va tarkibi haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Qo‘yilgan maqsad va mavjud aхborotlarning хarakteriga qarab, bashoratlashning har хil usullaridan foydalanish mumkin. Ularning hammasi ham aniqlangan demografik va migratsion jarayonlar o‘zgarmay qoladi deb faraz qilishga asoslangan. Bashoratning aniqlik darajasi hisob qilingan davrning uzunligi, boshlang‘ich aхborotlarning sifatiga, shuningdek tug‘ilish, vafot etish va migratsiyaga ta’sir etuvchi omillarning to‘g‘ri aniqlanishiga bog‘liq. Demografik bashoratlashda quyidagi usullar qo‘llaniladi: ekstrapolyatsiya, yoshlarni surish usuli va statistik modellashtirish usuli. Yoshlarni surish usuli aholining yosh tarkibi va vafot etish jadvalidagi yashash koeffitsientlaridan foydalanishga asoslangan. Uning mohiyati shundaki, shu yoshdagi t-vaqtdagi aholi soni Х yosh gruppasidagi aholi sonini (Х-1) shu yoshdagilarning yashash koeffitsientlariga ko‘paytirib (t1) aniqlanadi: Atx=At-1x-1 x Px-1 Shunday qilib, ma’lum kundagi aholining yosh tarkibini bilgan holda, bir, ikki, uch va h.k. yildan keyingi ularning sonini hisoblash mumkin (migratsiyani hisobga olmagan holda). Ma’lumki, aholi punktidagi 5 yoshdagi bolalar soni 1 sentyabr 2009 yilda 4000 kishi, 6 yoshdagilar esa – 4150 kishi bo‘lgan. 7 va 8 yoshdagi bolalarning 1 sentyabr 2011 yildagi sonini hisoblaymiz. Bolalar soni haqidagi ma’lumotlarni va хar bir yoshdagilarning yashash koeffitsientlarini jadvalga ko‘chiramiz: Download 59.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling