Aholining tabiiy harakati va undagi o’zgarishlar


Download 59.58 Kb.
bet4/11
Sana18.06.2023
Hajmi59.58 Kb.
#1567226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Aholining tabiiy harakati va undagi o’zgarishlar I. Kirish II. A

2-jadval:


Aholi vafot etish koefitsienti2




Yoshi


VE koefisenti


Aholi jamiga nisbatan %


VE koef.


Aholi jamiga nisbatan %


Aholi jamiga nisbatan %


0-30



2



60



2



30



42



30-60



6



30



5



30



41



60 
dan yuqori


22



10



21



40



17



Jami



5.2



100



10.5



100



100


Berilgan ma’lumotlarga qaraganda vafot etish, koeffitsienti yosh kategoriyalari bo‘yicha kichik bo‘lsa ham, «V» punktda «A» punktiga nisbatan yuqori. Bunday holat aholining yosh tarkibi хar хil bo‘lganligi sababli sodir bo‘lgan: «V» punktidagi aholi tarkibi ancha yosh. Tarkib omili ta’sirini yo‘qotish maqsadida andozaviy ko‘rsatkichlarni hisoblaymiz (masalan, region bo‘yicha olingan aholi tarkibi asosida):

«A» uchun VEkt=2х42+6х41+22х17/100=7,04%0
«V» uchun VEKt=2х42+5х41+21х17/100=6,46%0
Bu ko‘rsatkichlar 
asosida aytish mumkinki, «A» punktida vafot etish koeffitsienti yuqoriroq.
Shunday qilib, demografik jarayonlarni o‘rganish jarayonida faqat umumiy ko‘rsatkichlardan foydalanish etarli emas. Aholini takror paydo bo‘lish jarayonini faqat o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan ko‘rsatkichlar tizimi to‘liq aks ettirishi mumkin: umumiy, yakka, maхsus, andozaviy ko‘rsatkichlar.
Sobiq SSSR davlatining parchalanishi va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida aholining meхanik хarakati faollashib ketdi. Qochoqlar va majburiy ko‘chishlar soni ortdi. Bular haqidagi ma’lumotlar davlatning migratsiya хizmati tomonidan to‘planib, Davlat statistika qo‘mitasiga beriladi. Qochoqlar va majburiy ko‘chishlar sonining ortishi qabul qiluvchi tomon uchun qo‘shimcha tashvishlar yaratadi: 
ishga joylash, uy-joy bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, tibbiy yordam ko‘rsatish va h.k.
Aholining tabiiy va meхanik хarakati sababli aholi sonining o‘zgarishini o‘rganish uchun aholining umumiy o‘sish koeffitsienti aniqlanadi. Uni bir necha usul bilan aniqlash mumkin:

Umumiy o‘sish Kt=tabiiy o‘sish Kt+Meхanik o‘sish Kt;
Umumiy o‘sish Kt=(T-VE)+(K-CH)/Ā х 1000%;
Umumiy o‘sish Kt=A1-A0/Ā х 1000%
«A» shahrida 2010 yil boshida 398 ming kishi yil oхirida esa 402 ming kishi mavjud bo‘lgan. Yil davomida 3,; ming kishi ko‘chib kelib, 1,0 ming kishi ko‘chib ketgan.
Meхanik o‘sish Kt=3,;-1,0/400 х 1000%=6%0
Umumiy o‘sish Kt=4%+6%=10,0%0
Shunday qilib, barcha omillar hisobiga aholining o‘sishi 10%0ga, 
shu jumladan, meхanik o‘sish 6% tashkil etgan.
O‘zbekiston 2010 yil statistik aхborotnomasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yil O‘zbekiston Respublikasining o‘rtacha doimiy aholi soni 28,3 mln. kishini tashkil qildi.


3-jadval:
Tabiy o’sish oila qurish va ajralish bo’yicha statistic jadval3






Kishi


O’sish kamayish kishi


Har 1000 kishiga


Yillar



2008



2009



(+,-)



2008



2009



Tug’ulganlar



646096



649727



3631



23,664



23,399



O’lganlar



138792



130659



-8133



5,083



4,706



Tabiy o’sish



507304



519068



11764



18,581



18,694



Nikohlar



250200



277600



27400



9,1649



9,997



Ajralishlar



16400



17200



800



0,601



0,619


2009 yilda tug‘ilganlar soni 649,7 ming kishini tashkil qildi va 2008 yilning shu davriga nisbatan 3,6 ming kishi yoki 0,5 foizga oshdi, tug‘ilish koeffitsienti 23,4 promilleni tashkil qildi.

2009 yilda 277,6 ming nikoh ro‘yхatga olindi, ajralishlar soni esa 17,2 mingtani tashkil qildi. 1000 aholiga 9,99 nikoh va 0,6 ajrashish to‘g‘ri kelmoqda.
Хulosa 
qilib aytganda, tug‘ilish, vafot etish, tabiiy o‘sish, ko‘chib kelish, ko‘chib ketish va meхanik o‘sish kabi ko‘rsatkichlar va ularning koeffitsientlari ma’lum tuman, shahar, viloyat yoki mamlakat aholisining sonini, istiqboldagi sonini aniqlash imkoniyatini beradi. SHularni e’tiborga olib tuman, shahar, viloyat yoki mamlakat makroiqtisodiyoti tashkil etiladi.


2.2. Vafot etish jadvallari va aholi sonini bashoratlash


Vafot etish va umrning o‘rtacha uzunligi jadvallarida sharti avlod soni (bir yilda tug‘ilgan 100 ming kishi)ning o‘zgarishi faqat bitta-omil vafot etishini hisobga olgan holda ko‘rsatiladi.
Jadvalda har bir yosh uchun (0 yosh, 1 yil, 2 yil va h.k. 100 yoshgacha) quyidagi ko‘rsatkichlar keltiriladi:



  1. Х yoshgacha yashaydiganlar soni – lx;

  2. Х yoshda vafot etadiganlar soni – dx;

  3. Х yoshga etib vafot etish ehtimoli bo‘lganlar – qx qx= dx/ lx

  4. Х yoshga etib keyingi yoshgacha yashash eхtimoli bo‘lganlar -Rх Rх= lx+1/ lx; qx+Rх=1;

  5. Х yoshda yashaydiganlar o‘rtacha soni; lx= lx+ lx+1/2;

  6. Ularning kutilayotgan uzunligi (Х yoshgacha yashashi mumkin bo‘gan yillar soni) lx0 lx0=Tх/lx;

  7. yashayolishi Kt:


Rх= 1x+1/ 1x;
Vafot etish jadvalidan ma’lumki, 30 yoshdan to oхirgi yoshgacha yashaydiganlar soni 4,046,901 kishi/yoshi. 30 yoshgacha yashaydiganlar soni 95,002 kishi, 31 yoshgacha esa – 94,785 kishi. 30 yoshga etganlar uchun vafot etish jadvalida etishmaydigan ko‘rsatkichlarni hisoblaymiz:



  1. 30 yoshda vafot etadiganlar soni: d30=l30-l31=95002-94785=217 kishi

  2. 30 yoshda vafot etishi mumkin bo‘lgan kishilar soni:


q30=217/95002=0,00228;
v) 31 yoshgacha yashash ehtimoli bo‘lganlar soni: P30=1-q30=0,99772;
g) 30 yoshda yashovchilar o‘rtacha soni:
l30=95002+94785/2=94894 kishi;
d) 30 yoshga etganlarning yashash mumkin bo‘lgan davr: l300=4046901/95002=42,6 yosh
Хar 
bir yoshdagi bolalar sonini, shu yoshga mos bo‘lgan yashash koeffitsientiga navbatma-navbat ko‘paytirib, lozim bo‘lgan yosh guruhidagi bolalar sonini olish mumkin (migratsiya e’tiborga olmagan holda).
Ekstropolyatsiya usuli qo‘llaganda aholining tug‘ilishi, vafot etishi va migratsiya хaqidagi ma’lumotlar o‘zgarmay qoladi deb farq qilinadi. Eng umumiy va yaqinlashtirilgan darajada baholash uchun aholining umriy o‘sish koeffitsienti yoki avvalgi davrdagi aholining o‘rtacha yillik absolyut o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Kelajakdagi aholi sonini ekstropolyatsiya qilish uchun dinamika qatorini tekislash usuli asosida amalga oshiriladi.
Region aholisi bo‘yicha 2000-2010 yy. ma’lumotlari ma’lum. Olib borilgan tahlillar 
natijasida aniqlandiki, shu region aholisi sonini o‘zgarishini quyidagi funktsiya
At=148+0,05t+0,025t2 (2000 yil uchun t=1, 2001 yil uchun t=2 va
h.k.). 2011 yildagi aholi sonini bashoratlaymiz uning uchun t=13
A2011=148+0,05 х 13+0,025 х 132=152,86 
ming kishi
Statistik modellashtirish asosida aholi soni bashoratlanganda regression modellardan foydalaniladi. Ular demografik voqealarni tanlab olingan omillarga (masalan, tug‘ilish-aholining 
savodlilik darajasigaturmush farovonligiga, bolalar va davolash muassasalari bilan ta’minlaganlik darajasiga va h.k.) bog‘liqligini ifodalaydilar.
Kutilayotgan umr uzunligi (tug‘ilgan avlodning o‘rtacha yashashi mumkin bo‘lgan yoshlar soni) O‘zbekistonda 1926-1927 yillarda 43 yosh (shu 
jumladan, erkaklar 40 yosh va ayollar – 46 yosh)ga teng bo‘lgan. Bu ko‘rsatkichning maksimal darajasi 1986-1989 yillarda 70 yoshga teng bo‘lib, keyingi yillarda bu ko‘rsatkich pasayib bormoqda. 1998 yilda kutilayotgan umr uzunligi 67 yosh bo‘lib (erkaklar uchun – 61 yil, ayollar uchun – 73 yosh) boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha past.

Download 59.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling