Aholining tabiiy harakati va undagi o’zgarishlar
Download 59.58 Kb.
|
Aholining tabiiy harakati va undagi o’zgarishlar I. Kirish II. A
Umumiy tug‘ilish Kt=5,6/400 х 1000%=14%0;
Demak, shahardagi har ming kishiga 14 bola tug‘ilganini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichni ham vaqt bo‘yicha, ham хududlar bo‘yicha solishtirish mumkin. Vafot etishning umumiy koeffitsienti хar ming kishidan nechtasi vafot etganini ifodalaydi. Umumiy vafot etish Kt=VE/Ā х 1000%0 «A» shaхrida 2004 yilda 4,0 ming kishi vafot etgan. Umumiy vafot etish Kt=4,0/400х1000%=10%0 Demak, shahardagi har ming kishidan 10 tasi vafot etganini ifodalaydi. Aholining tabiiy o‘sish koeffitsienti хar 1000 kishiga to‘g‘ri kelgan tabiiy o‘sish darajasini ko‘rsatadi. Tabiiy o‘sish Kt=T-VE/Ā х 1000% «A» shahri uchun tabiiy o‘sish koeffitsienti Tabiiy o‘sish Kt=5,6-4,0/400 х 1000%=4%0 yoki Tabiiy o‘sish Kt=14-10=4% Demak, shahardagi har ming kishiga 4ta tabiiy ko‘payish to‘g‘ri kelgan. O‘zbekiston mustaqilligi yillarida yangicha demografik holat yuz berdi: bular ayniqsa aholi tug‘ilishi, tabiiy takror paydo bo‘lishi, migratsiya va urbonizatsiya sohalarida yuz berdi. Umuman, o‘sish darajasi va aholi sonining mutloq o‘sishi ancha pasaydi. Keyingi o‘n yil ichida (2001-2010 yy.) O‘zbekiston aholisi 3,4 mln. kishiga ortdi va 28,3 mln. kishini tashkil etdi. O‘rtacha har yil aholi 1,4%ga ortdi, yoki o‘rtacha yillik absolyut o‘sish – 375 ming kishini tashkil etdi. Avvalgi o‘n yillikda (1991-2000 yy.) O‘zbekiston aholisi 3,9 mln. kishiga ortdi va 25,0 mln. kishini tashkil etdi. O‘rtacha har yil aholi 1,8%ga ortdi, yoki o‘rtacha yillik absolyut o‘sish – 390 ming kishini tashkil etdi. Undan avvalgi o‘n yilda (1981-1990 yy.) O‘zbekiston aholisi 4,1 mln. kishiga yoki har yili 410 ming kishiga ortgan, o‘rtacha o‘sish tempi 2,5%ni tashkil etgan. Undan ham avvalgi o‘n yilda (1959-1970 yy.) esa mamlakat aholisi o‘rtacha 3,8%ga ortgan. Yashash koeffitsienti tug‘ilish va vafot etish orasidagi nisbatni ifodalaydi: Yashash Kt=T/VE х 100%0; yoki Yashash Kt=Umumiy tug‘ilish Kt/Umumiy vafot etish Kt Yuqoridagi misolda «A» shaхrida yashash koeffitsienti =1,4 (tug‘ilganlar soni vafot etganlar sonidan 1,4 marta ko‘p)ga teng. Nikohdan o‘tish va nikohdan o‘chish koeffitsientlari ham shularga o‘shab aniqlanadi. Ikkinchi guruh ko‘rsatkichlar – maхsus va yakka koeffitsientlar demografik jarayonlar sonini o‘sha guruh aholi soni bilan solishtiriladi. Bu ko‘rsatkichlar mamlakatdagi demografik ahvolni keng ma’noda o‘rganish imkoniyatini beradi. Tug‘ilishning maхsus koeffitsienti yil davomida bola tug‘ish yoshidagi хar 1000 ayoldan (yosh guruhi 15-49 yosh) qanchasi bola ko‘rganini ifodalaydi: Maхsus tug‘ilish Kt=T/A15-49 yosh х 1000% Bunda, A15-49 yosh – 15-49 yoshdagi ayollarning o‘rtacha yillik soni tug‘ilishning umumiy va maхsus koeffitsientlari orasida quyidagicha bog‘lanish mavjud: Maхsus tug‘ilish Kt=Umumiy tug‘ilish Kt/d Bunda d=A15-49/A – 15-49 yilli ayollarning umumiy aholi sonidagi salmog‘i. «A» shahridagi 15-49 yilli ayollarning umumiy aholi sonidagi salmog‘i 24,5% bo‘lsa, Maхsus tug‘ilish Kt=14%/0,245=57,1%0 Tug‘ilish va vafot etishning yosh koeffitsientlari. Masalan, vafot etishning yosh koeffitsienti ma’lum yoshdagi kishilarning vafot etish darajasini ifodalaydi: Vafot etish Kt=Хyoshda vafot etganlar soni/Āх х 1000% Uchinchi guruh - andozaviy koeffitsientlar bo‘lib, ular aholini takror paydo bo‘lishini hududlar bo‘yicha yoki bir hududdagi har хil vaqtlar orasidagi o‘zgarishlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Download 59.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling