O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Download 405 Kb.
bet6/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
5

Sak (xo‘ton) tili. Eramizning I minginchi yillariga oid sharqiy Turkiston hududida, asosan Xo‘tonda, topilgan buddiy dini asosida yozilgan diniy va dunyoviy adabiyotlar va xujjatlar tiliga aytiladi.
Baqtriya tili. Amudaryoning yuqori oqimi shimoldagi hisor tizmalari va janubda hinduqush tog‘lari orasida yashagan qadimgi baqtriya xalqlarining tili. Fors tilidagi adabiyotlarda “tohar” deb ham nomlanadi. hozirgi Baqtriya tilida yozilgan matnlar (XX asrning 50-yillari) Shimoliy Afg‘onistonda (So‘rx Ko‘tol) topilgan. Ularning biri nisbatan katta, ikkinchisi esa yozuv parchalaridan iboratdir. Bu xristian dinining boshlanishi davrida yozilgan bo‘lib, yunon alifbosining o‘zgargan variantida yozilgan.
Alan tili. O‘rta asrlarda janubiy Rusiya va shimoliy Kavkazning cho‘l zonalarida joylashgan alan qabilalarining tili. O‘rta asr olimlarining asarlarida alan tilidagi ba’zi so‘zlar va iboralar uchrab turadi.3


Hozirgi zamon eroniy tillar
Hozirgi zamon eroniy tillar oilasiga tojik, fors, afg‘on, osetin, kurd, baluj kabi ko‘p sonli xalqlar bilan birga nufuzi kichik parachi, ormuri, munjon, tat, talish, yag‘nob va pamir tillaridan – shug‘non, ravshan, yazg‘ulom, vaxan, ishkashim kabi tillar hamda Erondagi lur, baxtiyor, mazandaron, kumzori va kaspiybo‘yi shevalari kiradi. Bu tillar va shevalar haqida keyingi boblarda alohida to‘xtalamiz.


Eron tilshunosligida tarixiy-qiyosiy uslub (metod)
Eron tilshunosligining asosiy uslubi bu tarixiy – qiyosiy uslubdir. Bu uslubning asosiy vazifasi til yoki tillarning tarixini tiklashdir. Bunda o‘rganilayotgan til yoki tillar guruhini qarindosh tillar bilan qiyoslash asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Eng qadimgi eroniy tillarning yodgorligi bo‘lmish Avesto, Ahamoniylar davrining mahsuli mixxat yozuvlarini deshifrofka qilish, o‘rta fors, So‘g‘d, parfyan, xorazm tillarini o‘rganishda bu uslubning ahamiyati juda katta bo‘ldi. Shu uslubni qo‘llash natijasida osetin, afg‘on, pamir, skif va boshqa tillarning eroniy tillar guruhiga taaluqli ekanligi aniqlandi va eroniy tillar o‘rtasidagi munosabatlar hamda ularning taraqqiyotini ichki qonunlari ochib berildi.



Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling