O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Download 405 Kb.
bet7/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56
Bog'liq
5

Tayanch iboralar
O‘lik tillar, tirik (jonli) tillar, qadimgi eroniy tillar, o‘rta eroniy tillar, eramizdan avvalgi, milodgacha bo‘lgan davr, tarixiy qiyosiy uslub.


Savollar

  1. Tillar oilasi haqida nimani bilasiz?

  2. Eroniy tillar oilasiga kiruvchi qadimgi va o‘rta eroniy til davriga oid tillar haqida qaysi kitoblarda ma’lumotlar bor?

III. MAVZU


ISH REJASI:

  1. Eroniy tillarning mustaqil guruhga ajralishi.

  2. Eroniy tillar tarixining davrlanishi.

  3. O‘rta Osiyoning oriyzabon qabilalari.

  4. Umumoriyzabon qabila jamoasining parchalanishi.

  5. Eroniy tillar guruhining ajralishi.



Eroniy tillarning mustaqil guruhga ajratilishi.
Eroniy tillarning tarixiy davrlanishi
O‘rta Osiyo va unga chegaradosh viloyatlarda qadim-qadimdan eroniyzabon xalqlar yashashgan. O‘rta Osiyo va unga qo‘shni Afg‘oniston ham Eron hududlari, ayniqsa, bu maydonlardagi daryo vohalari, tog‘ yonbag‘irlari aholi yashashi uchun juda qulay bo‘lgan. O‘zbekistonning janubiy hududidagi Teshik Tosh g‘orida (Boysun tog‘i) topilgan eng qadimgi (eramizdan av. 100-40 ming yillar) oid qabr yoki Xorazm vohasidagi arxeologik qazilmalar (kelt-minor madaniyati) yoki Amudaryo yoqasidagi qamish va daraxtlardan qurilgan uylar buning yaqqol misolidir. Bu yerlarda yashagan xalq qaysi tilda gapirishgani fanga ma’lum emas, lekin bu yerli aholining iqtisodiy-madaniy hayotini aks ettiruvchi lavhadir.


O‘rta Osiyoning oriyzabon qabilalari
Eramizdan avvalgi III-II minginchi yillargacha O‘rta Osiyo hududining eng qadimgi qismlarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, Veda va Avestoni yaratgan hindiy zabon va eroniyzabon xalqlar birgalikda bir hududda yashashgan va bir-biriga yaqin qarindosh oriyzabon shevalarida so‘zlashishgan. Buni shundan ko‘rish mumkinki, ikkala epik kitoblarning mazmuni ham umumiydir. Diniy mafkura ham umumiy etnik nom (av. A’rua, ved.arua) ham umumiydir. Xatto xudolarning nomi ham bir-biriga o‘xshash. M.Avestoda shoh Ilma va uning o‘g‘li Vivaxvantni veda qaxramoni shoh Yama va uning o‘g‘li Vivasvant bilan taqqoslash ham bunga kifoya qiladi. Bunday o‘xshashliklarni ko‘plab keltirish mumkin. Eng asosiysi, Avesta tili va Veda tili (veda sanskrit) o‘zining grammatik va fonetik tuzilishi, so‘z yasalishi va siktaksisi bo‘yicha bir-biriga juda yaqindir. Yuqoridagi zikr etilgan omillar Avesta va Vedani yaratgan tillar bir umumiy til – oriy til negiziga olib keladi.
Fan yuqoridagilarga asoslanib shunday xulosaga keladiki, qadim zamonlarda hindiy zabon va eroniy zabon xalqlar oriy tilining shevalarida gapirishgan lekin, fanni ikki savol qiziqtiradi:

  1. Oriyzabon xalqlar hindiy va eroniy zabon guruhlarga ajralguncha qaysi hududda yashashgan?

  2. Qaysi davrda oriyzabon xalqlarni qabila jamoasi umumiy qabila jamoadan ajrala boshlagan?




Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling