O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi eroniy tillar davri (IX-X asrdan shu kunga qadar)
- Ba’zi eroniy tillarining o‘zaro chatishib ketishi jarayoni
XII. MAVZU
ISH REJA: Yangi eroniy tillar davri. Ba’zi eroniy tillarning qo‘shilib ketish jarayoni. Eroniy va g‘ayrieroniy tillarning qo‘shilib ketish jarayoni. Yangi eroniy tillar davrida eroniyzabon xalqlarning yozuvi va yozma adabiyoti. Yangi eroniy tillar davri (IX-X asrdan shu kunga qadar) Yangi Eron til davri deganda ko‘pchilik eron tillari tarixini arab alifbosi asosida yozilgan manbalarga qarab tushunadi. Albatta, bunga hozirgi zamon fors, dari, afg‘on va boshqa tillar kiradi, lekin sobiq ittifoq davrida arab alifbosidan majburan, chetlatilgan hozirda krill va lotin yozuvidan foydalanayotgan tojik, tolish, pomir tillari, hamda Kavkazda eroniy tillar guruhiga kiruvchi osetin, tat tillari ham shular jumlasidandir. Ba’zi eroniy tillarining o‘zaro chatishib ketishi jarayoni Arablar istilosiga qadar fors dialektlari parfyan va boshqa eroniy dialektlar bilan chatishib, butun Xuroson vohasiga tarqalgan edi. Buni Ibn al-Mukaffa (721-757), Muqaddasiy (X asr) va at-Tabariy (838-923) o‘z asarlarida yozib qoldirgan edilar. VII asrda jonli fors tili Marv viloyatida ham tarqalgan edi. O‘rta Osiyodagi so‘g‘d va tohar tillarining fors tili bilan qo‘shilib ketishi jarayoni uzoq vaqt davom etdi. Arablar istilosidan keyin ham so‘g‘d tili fors tiliga o‘z o‘rnini tezda bo‘shatib bermadi. Lekin iqtisodiy omillar hayotda o‘z hukmini o‘tkazib, shaharlik so‘g‘d va toharlar rasmiy til sifatida fors tilini qabul qilganlar. Buni tarixchi Buxari Nershahiy (X asr) tasdiqlaydi. Fors tilining O‘rta Osiyoga keng tarqalishida arablarning qo‘shinlari ham katta rol o‘ynagan. Chunki arab qo‘shinlari tarkibida ko‘pchilikni xurosonliklar tashkil qilardi. Arablar ularni «mavali»lar deb atardilar. IX-X asrlarda Movarannahrda shu jumladan, Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlarda yerli aholi to‘la fors tilida gapirishga o‘tgan edi. Zarafshon vohasining qishloq joylarida so‘g‘d tili butun o‘rta asr davomida saqlanib qoldi, uning dialektlaridan biri hozir ham Yag‘nob daryosi bo‘ylarida mavjud. Lekin tojik tili uni sikib chiqaryapti, natijada ular hozirgi kunda ikki tillikdir. Aynan shu usulda sharqiy eron til guruhiga kiruvchi Toharistonning tog‘li rayonlarida yashovchi aholi va Pomir tog‘ining baland joylarida yashovchi shug‘non, ravshan yazg‘ulom va boshqa tillarda gapirishuvchi xalqlar ham tojik tilini qabul qilib, hozirda ular ham ikki tillikdirlar. Bu tillardagi toponimlar hozir ham tojik tilida saqlanib qolgan. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling