O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Sak (xotan) tili va sak toxar dialektlari yodgorliklari
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorazm tili yodgorliklari
Sak (xotan) tili va sak toxar dialektlari yodgorliklari
XX asr boshlariga qadar eramizdan avvalgi II asrlarda Amudaryoning yuqori oqimi Baktriya, Drangiana, Araxoziya viloyatlarini egallagan va keyinchalik shimoliy-g‘arbiy Hindistonga o‘z hukumronligini o‘tkazgan sak va tohar qabilalari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q edi. Shuningdek, xionit-eftalit qabilalari haqida ham fan hech qandan ma’lumotga ega emasdi. Bular Xitoy Turkistonidan O‘rta Osiyo va Baktriyaga to‘rt-besh asr keyinroq kelgan qabilalar edi. Bular haqida asosiy manba bo‘lib, tanga pullar xizmat qildi. Ma’lumki, Ulug‘ Kushon va Eftalit podshohlari pul tanga zarb etib, yunon alifbosidan foydalanishgan. Shohlar nomini aks etgan bu tangalarda «Saunaku sa» «Shohanshoh» va «Sah» «Shoh», «xiatay» «podshoh» so‘zlari bor ediki, bularning o‘zi ham bu tillarning eroniy tillar guruhiga kirishiga dalolat beradi. Lekin keyingi yillargacha tohar tili deganda qaysi tilni tushunish kerak degan savol turardi. Hozirgi paytda tohar tili VIII-IX asrlarda Xitoy Turkistonida tarqalgan sharqiy Eron tillaridan sak xujjatlari tiliga tenglashtiriladi. Xorazm tili yodgorliklari O‘rta Osiyodan chiqqan, asli xorazmlik bo‘lgan Abu Rayhon Beruniy va az-Zamaxshariylar qadimgi Xorazmda alohida til borligini qayd qilib o‘tishgan. Beruniy o‘zining «Al-asar al-baqiyan al-kurun-al-xaliya» (avvalgi ajdodlardan qolgan izlar) kitobida bir bobni xorazmliklarning bayramlari, taqvimlarini bayon qilishga ajratgan. Zamaxshariyning «Muqaddimatul – adab» nomli arabcha-forscha lug‘atida bir necha fikxga oid formulalar xorazm tilida tarjimasiz berilgan, shuningdek 40 ga yaqin xorazm so‘zlari (13 ta fraza) ham lug‘atda keltirilgan. XII asrda yashagan xorazmlik huquqshunos al-Qazminiyning «qiyat-al-munya» nomli arabcha qo‘lyozmasida nikoh, taloq, qullarni ozod qilish, qasam, xarom va axloqqa oid boblar berilgan. Asarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bayozda xorazm tilidan olingan, alohida so‘zlar, frazalar, xatto butun-butun dialoglar arab harfida, arabcha matn bilan paralel berilgan. Bu qo‘lyozmaga bir daftar ham ilova qilinib, unda bayozda keltirilgan xorazmcha so‘zlarning ma’nolari keltirilgan. Kitobda keltirilgan har bir fraza arab yoki fors tiliga tarjima ham qilingan. Bu bayoz hozircha xorazm tili haqidagi eng mukammal manba sifatida hisoblanib kelinmoqda. 30-yillar oxirida S.P.Tolstov boshchiligidagi ekspedisiyaning arxeologik qazishmalari ham xorazm tili haqida katta ma’lumot berdi. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling