O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Hind alifbosi asosidagi yozuv


Download 405 Kb.
bet29/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56
Bog'liq
5

Hind alifbosi asosidagi yozuv
Eroniy tillarni vasf qilishda hindiy yozuvlardan braxmi alfaviti qo‘llanilgan. Xotandan topilgan sak tilidagi matnlar shu alifboda yozilgan. Hind alifbosining Xitoy Turkistoniga tarqalishi eramizning I minginchi yillarining oxirgi asrlarida budda dinining kirib kelishi bilan bog‘liqdir.


Yunon alifbosi asosidagi yozuv
Yunon alifbosi Iskandar Zulqarnayn yurishidan keyin Parfiya davlatida ish yuritish qog‘ozlarida, keyinroq esa Grek-baqtriya davlatida qo‘llanila boshladi. Keyinroq bu alifbodan uluG‘ Kushon podshohligida hamda Eftalit-xionitlar davlatida ham foydalanishgan.
1950-60-yillarda janubiy Tojikistonda bronzadan yasalgan qo‘ng‘iroq va loydan yasalgan idish topildiki uning yozuvlari yunon alifbosi asosida edi.
Janubiy Rossiya va Kavkaz oldida yashovchi eroniyzabon qabilalardan alanlarga eramizning V asrida Vizantiya va Gruziyadan xristian dini o‘tib keldi, shu qatori din bilan birga yunon alifbosi ham asta tarqala boshladi.


O‘rta fors tillarining yodgorliklari
O‘rta fors tilining boshlang‘ich davridan (er.av.VI-IV asrlar) to eramizning III asri o‘rtalarigacha bu tilning rivoji haqida birorta manba qolmagan. Fors tili taraqqiyotining deyarli 6 asri xujjatsiz qolyapti. Faqat Sosoniylar sulolasi o‘rnatilgandan so‘ng turli toifadagi manbalar yozilinib, ba’zilari bizgacha yetib kelgan. O‘rta fors tili yodgorliklarini biz quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin:

  1. tosh yozuvlar;

  2. muhr, idish, tangaga yozilgan yozuvlar;

  3. o‘rta fors tilidagi kitobiy va diniy adabiyotlar (otashparastlar tomonidan saqlanganlari);

  4. moniy matnlari;

  5. turli papiruslar.



Tayanch iboralar
Oromiy yozuv va oromiy tili pahlaviy yozuvi, pahlaviy tili, hind yozuvi, Xitoy Turkistoni, Sharqiy Turkiston, Grek-Baqtriya davlati, Eftalit-xionit davlati


Savollar

  1. Oromiy yozuvi qaysi davrlarda va qaysi sulolalar hukumronligi vaqtida qo‘llanilgan?

  2. Hind va yunon yozuvlari asosida yozilgan qanday yozma manbalarni bilasiz?

  3. O‘rta fors tilining qanday yozma adabiyotlari mavjud?


Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling