O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Mumtoz fors adabiy tilining dialektologik asosi


Download 405 Kb.
bet43/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Bog'liq
5

Mumtoz fors adabiy tilining dialektologik asosi
G‘arbiy Erondan tortib to sharqiy Turkistongacha bo‘lgan maydonga tarqalgan fors tili o‘z-o‘zidan hududiy shevalarga bo‘lingandi. X asrda yashagan arabiyzabon geograf Muqaddasiy Xuroson, Seyiston va Movarannahrni yaxshi bilagan. U bu viloyatlarda fors (tojik) tilining Nishopur, Bust, Mavr, Balx, Hirot, Buxoro, Samarqand, Shosh, Farg‘ona shevalari mavjudligini ta’kidlab o‘tgan. Uning yozishicha, Tus va Nisa shevalari bir-biriga juda yaqin, Seraxs va Obivaod shevalari esa Marv shevasiga o‘xshash. Bomiyon, Tohariston, Termiz shevalari Balx dialektiga yaqin turadi. Marv va Balh shevalari orasida muomalada bo‘lgan Juzjon shevasi har ikki dialektga yaqin turadi. Asosiy farqlar fonetika va leksik qatlamlarda uchraydi. Bu degan so‘z forsiyzabon xalqlarda umumzabon yo‘q degan xulosaga olib kelmaydi. Lekin fors tojik adabiy tilining dialektal bazasi qaysi dialekt asosida shakllangan degan savolga javob bera olmaydi. Rus eronshunoslaridan K.G.Zaleman «Kratkaya grammatika novopersidskogo yazika», V.A.Jukovskiy «Novopersidskiy pismenniy yazik», I.M.Oranskiy «Vvedenie v iranskuyu filologiyu», eronlik olimlardan Malik ush-Shuaro Bahor «Sabkshenosi» va Parviz Notel Xonlari «Zabonshenosi va zabone forsi» asarlarida mumtoz fors adabiy tili Xuroson, Seyston va Movarannahr shevalari asosida shakllanganini ta’kidlab o‘tishadi. Mumtoz fors adabiy tili o‘zining leksik, semantik fonetik va grammatik til normalariga ega edi. (YE.E.Bertels).
XV asrgacha fors va tojik adabiy tillarining til xususiyatlari bo‘yicha keskin chiziq tortish mumkin emas. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda XV-XVI asrgacha faqat fors termini ishlatilmay ko‘pincha fors-tojik termini qo‘shib ishlatilmoqda (SH.Shomuhammedov).


Tayanch iboralar
Davlat tili, xalqaro til, Somoniylar sulolasi, fors tojik adabiy tili, Xuroson dialekti. Fors-tojik tilining normalari.


Savollar

  1. Arab tili qachon xalqaro til darajasiga ko‘tarilgan?

  2. Fors tojik tilidagi yozma adabiyot qaysi davrda gullab yashnadi?

  3. Mumtoz fors-tojik tilining dialektologik asosi haqida eronshunos olimlarning qanday fikrlari mavjud?


Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling