O‘zbekiston respublikasi oliy ta`lim vazirligi


Termitlar (Isoptera) turkumi


Download 0.82 Mb.
bet4/12
Sana09.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1475738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sapartayeva Xazina zoologiyadan kurs ishi

Termitlar (Isoptera) turkumi. Termitlar - tropik iqlimda tarqalgan, jamoa bo‘lib yashovchi hasharodar. Termitlar oilasi murakkab polimorf bo‘lib, bir necha xil individlar: ishchilar, navkarlar, erkaklari va urg'ochisidan iborat. Ishchilarining kattalgi 0,8-1 sm bo‘lib, jinsiy voyaga yetmagan urg‘ochi yoki erkak individlardan iborat. Ulaming boshi katta, mo‘ylovi, oyoqlari va jag‘lari yaxshi rivojlangan, lekin qanoti bo‘lmaydi. Ishchi termitlar oilada erkak, urg‘ochi, navkarlar va lichinkalami boqish, in qurish vazifasini bajaradi (qarang: 170-rasm). Navkarlarining boshi juda yirik, ustki jag'lari kuchli rivojlangan va o‘tkir bo‘ladi. Erkagi ishchilariga о‘xshash, lekin mustakil oziqlanolmaydi. Ona termit juda yirik bo ‘lib, ко ‘payish vazifasini bajaradi. Oilada juda ko‘p (ba’zan bir necha million) ishchilar, bir necha erkagi, ko'plab navkarlari va bitta ona termit bo‘ladi. Qanotlar ona va erkak termitlarda faqat ко‘payish davrida hosil bo‘ladi, keyin sinib tushadi.Tropik mamlakatlarda yashaydigan termitlar 2-3 m balandlikda in yasaydi. Turkiston termiti Ancantho termes turkestanicus 0 ‘rta Osiyoning dasht va cho‘llarida keng tarqalgan, 80-100 sm chuqurlikda in quradi, yoki yog'ochlaming ichida yashaydi. Bu termit oilasi bir necha yuzta individdan iborat. Termidar o‘simlik qoldiqlari, yashil o‘simliklarbilan oziqlanadi. Ulaming ichagida o‘simlik kletchatkasini o‘zlashtirishga yordam beradigan bir xo‘jayrali xivchinlilar simbioz yashaydi. Turkiston termiti yog‘och inshootlarga ziyon keltiradi.
Termitlarni turlarga ajratadigan bo'lsak, bizda asosan yog'ochlarga zarar keltiradigan, Xitoy va Yaponiyada esa to'g'onlarni kemiradigan xili uchraydi. Ozuqa to'plash jarayonida uning turiga qarab termitlar o'zidan parchalovchi kislotalar ishlab chiqaradi. Bundan ko'rinib turibdiki, bilvosita yer ostidan o'tgan har qanday jismni zararlaydi. Undan tashqari biron-bir ishlab turgan uskunani ayrim qismlari oralarini loy bilan to‗ldirishi natijasida ishdan chiqishiga olib keladi.U 1826 yili Ustyurt tekisligiga ekspeditsiya tashkillashtirib, shu erdan termitlar bo‘yicha ko‘plab ma‘lumotlar to‘plagan. 1946 yili Qoraqalpog‘istonning Ustyurt tekisligida o‘tkazgan ekspeditsiya safarida A.L.Yanshin gumbazsimon do‘ngliklarni ko‘radi. Keyinchalik bu do‘ngliklarda asosiy tabiiy buzuvchi bo‘lgan termitlarning bor ekani aniqlanib, bu termitlarning tur tarkibi entomolog A.A. Maxotin tamonidan aniqlangan. 1998-2000 yillar orasida Qoraqalpog‘iston respublikasiga qarashli Bioekologiya institutining entomologiya laboratoriyasi hodimlari tamonidan Qoraqalpog‘iston respublikasining Beruniy tumanining «Ozot», «Navoiy», Maxtumquli fermer xo‘jaliklarida va shu yerda joylashgan sut ferma hududida termitlarning ekologik tarqalishlarining va ularning keltiradigan zarari bo‘yicha dastlabki ilmiy ishlar olib borildi. Bu tadqiqot natiyjasida asosan bu yerda, termitlarning yog‘och va yog‘ochdan ishlangan buyumlarga juda ko‘p zarar keltiradiganligi, shuningdek, bu termitlarning tarqalishiga asosiy sabab - antropogen faktor ekanligi aniqlandi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling