O‘zbekiston respublikasi oliy ta`lim vazirligi


- rasm. Termitlarning uyalari


Download 0.82 Mb.
bet7/12
Sana09.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1475738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sapartayeva Xazina zoologiyadan kurs ishi

6- rasm. Termitlarning uyalari.
Osiyo termitlari yorug‘likdan chochiydigan hashoratlar bo‘lib maxsus himoya vositasiz yashay olmaydi. Quyosh nuri, shamol, issiq, sovuq ularga halokatli ta‘sir qiladi. Bundan tashqari termitlarnindg ko‘pgina kushandalari mavjud. Buyumlarni termitlar zararlashdan oldin, hashorat ularning tashqi tomonidan loy-suvoq qilib oladi. Bunday loy-suvoq termitlarni tashqi muhit omillaridan himoya qiladi. Loy-suvoqlar ostida turib termitlar zararlashi mumkin bo‘lgan barcha narsalar bilan oziqlanadilar. Tabiatda loy- suvoqlar termitlar uyasida, o‘simliklarda, tuyoqli hayvonlar tezaklarida, tashlandiq qog‘ozlarda taxtalarda, fanerada uchraydi. Bunday loysuvoqlar yoz oylarida telegraf va elektr o‘tkazgichlar yog‘och ustunlarida va qurigan daraxtlarda ham kuzatiladi. Aholi yashaydigan hududlarda termit loy-suvoqlarini hashak, somon, o‘tin, taxta, yog‘och qipiqlari va bo‘laklari, hayvonlar tezaklari, qurilishda esa yog‘och panjara, devor, nonvoyxona, uylarning ichki va tashqi devorlari, deraza, eshik romlari, taxta, ip-gazlama buyumlari hamda devorlarga tegib turgan boshqa h.k. narsalarda kuzatiladi. Xonadonlarda termitning bor yo‘qligini ularning loy-suvoq o‘rashidan ham aniqlanadi.
3. Termitlar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi kurashish choralari
O‘zbekistonda termitlar zararlantirgan aholi uylari yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Tahlillarga ko‘ra, 2009 yilda 2,5 ming atrofida odamlar xonadoni zararlangan bo‘lsa, 2022 yil yarmiga kelib bu ko‘rsatkich 19 mingga yaqinlashdi.Qahramon Rustamov bu zararkunandaning tarqalishi haqida gapirarkan, shunday deydi: «Termitlar Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Samarqand viloyatlarida juda ko‘p uchraydi. Zararlangan aholi uy-joylarida favqulodda holatlar kelib chiqish ehtimoli kundan-kunga kuchaymoqda. Chunki termitlar tufayli qurilish materiallarining mexanik og‘irlikni ko‘tarish darajasi keskin zaiflashadi. Sal yer silkinishi natijasida o‘sha uy-joylarga zarar yetishi shubhasiz».
Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi montironing natijalariga ko‘ra, madaniy-tarixiy obidalarda 46 ta zararlanish holati kuzatilgan. Misol uchun, butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan, YUNESKO muhofazasidagi «Ichan-Qal’a» tarixiy yodgorlik majmuasidagi 33 ta tarixiy obidaning yog‘och o‘ymakorligi ishlanmalariga termitlar jiddiy darajada zarar yetkazmoqda. Juma masjidi, Paxlavon Mahmud maqbarasi, Muhammad Inoq va boshqalar shular jumlasidan.Bundan tashqari, Termiz tumanidagi I-III asrlarga tegishli Buddaviylik ziyoratgohlaridan biri Fayoztepa obidasi hududining 100 foizi termitlar bilan zararlangan. Surxondaryodagi Al Hakim At-Termiziy, Qashqadaryodagi Hazrati Imom masjidi, Navoiydagi Imom Xasan-Xusan ziyoratgohi va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Mizdaxkan kompleksi tarixiy obidalarida termitlarning zararli faoliyati qayd etilgan.«2014−2017 yillarda madaniy meros obektlarini himoya qilish uchun davlat tomonidan mablag‘lar ajratildi. Bu vaqt ichida «Ichan qal’a»da to‘liq monitoring va termitlarga qarshi kurash ishlarini olib bordik, zarar keltirish holati to‘xtadi. Biroq, «Ichan qala» atrofidagi odamlar xonadonlari uchun pul ajratilmadi. Aholi esa bu ishni o‘z hisobidan qilishni xohlamadi. Natijada, 2018 yildan boshlab fuqarolar yashash uylaridagi termitlar «Ichan qal’a»dagi obidalarga yana kirib kela boshladi», — deb aytadi .Bugungi kunda termitlardan tashqari, uchta mo‘ylovli yog‘ochxo‘r qo‘ng‘izlar ham tarixiy obidalardagi yog‘ochlarga zarar yetkazmoqda. Bu holat Shahrisabz, Buxoro va bir nechta shaharlarda kuzatildi. Bu hasharotga qarshi kurashish usullari juda murakkab.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling