O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi buxgalteriya hisobi va audit


Ichki auditni tashkil etishning huquqiy asoslari


Download 90.95 Kb.
bet8/16
Sana03.12.2023
Hajmi90.95 Kb.
#1801328
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazir-fayllar.org

2.2. Ichki auditni tashkil etishning huquqiy asoslari.
Ma`lumki, har bir korxona, umuman tadbirkorlik sub`ekti o`zining moliyaviy xo`jalik faoliyatini vaqti-vaqti bilan o`rganib, tahlil qilib, unga baho berishi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yo`llarini aniqlab, kelgusi ish rejalarini belgilab olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu ishlarni amalga oshirishda auditorlik xizmatlarining o`rni alohida ahamiyat kasb etadi. Audit auditorlik tekshiruvini amalga oshiruvchilar nuqtai-nazariga ko`ra quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Tashqi audit.
2. Ichki audit.
Xalqaro Ichki Auditorlar Instituti keltirgan ta`rifga ko`ra, “ichki audit - korxona tomonidan uning o z faoliyatini tekshirish va baholash maqsadida tashkil etilgan xizmatdir” 4
«Ichki audit – korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo`linmalari tomonidan O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ta sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo`li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma`lumotlarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to liqliligi va ishonchliligini ta`minlash, xo`jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tamoyilari, aktivlarning saqlanishi hamda korparativ boshqarish printsiplari joriy etilishi bo`yicha korxona tarkibiy bo`linmasining (ichki audit xizmati) faoliyati;
ichki audit xizmati - mazkur Nizom talablari hisobga olingan holda korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy qismi.»5
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta i lashga va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo yi ha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;


ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funktsiyalari hisoblanadi:
har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq ko`rsatilgan yo`nalishlar bo`yicha tegishli tekshirishlar o`tkazish yo`li bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlar bo` yicha);
tuziladigan xo`jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o`tkazish;
buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda, korxonaning tarkibiy bo`linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo`yicha maslahatlar berish;
texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik, tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o`takazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko`maklashish.

Download 90.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling