O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’limi jismoniy madaniyat yo’nalishi
Hujumda va himoyada o’yin texnikasi
Download 1.85 Mb.
|
VOLEYBOL O\'YINI TEXNIKSI TASNIFI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- T o’pni o’yinga kiritish.
- Pastdan to’pni o’yinga kiritish.
Hujumda va himoyada o’yin texnikasiHujumda o’yin texnikasi to’p bilan va to’psiz bajariladigan usullardan tashkil topadi. Birinchisiga tik turish, siljish va sakrashlar, ikkinchisiga – to’pni uzatish, oshirish, hujumlar zarba va (fint) aldamchi harakatlar kiradi. Turish. Texnik usulni yaxshi bajarish uchun o’yinchi ko’proq, “tayyor turishi” deb ataladigan qulay vaziyatda turadi. Hujum harakatida ko’proq qulay bo’lgan vaziyat yuqori tik turish bo’lsa, himoya esa ko’proq past holda turiladi. Hujum harakatida ko’proq qulay bo’lgan vaziyat yuqori tik turish bo’lsa, himoyada esa ko’proq past holatda turiladi. Tik turish qulay start holat vujudga keltiradi, keyinchalik undan kerakli yo’nalishiga siljishni engil bajariladi. Siljish. Maydonchada siljish, yurish, yugurish, sakrash orqali bajariladi. Voleybolchilar maydoncha bo’ylab gavdani biroz oldinga engashtirib, oyoqlarni engilgina bukib, yumshoqqina siljiydilar. To’pga kelish uchun tez yugurish qo’llaniladi (3-5m masofadan). Hujum zarbasini berishda, to’siq qo’yishda va ikkinchi to’pni oshirishda ko’proq tez-tez sakrash bilan davom etadi. Sakrash. Sakrash turgan joyda va yugurib kelib, odamdagidek ikki oyoqda depsinish bilan bajariladi. Hujum zarbasini berish uchun sakrashdan oldin oyoqlar parallel holda 20-30sm masofada qo’yiladi. Gavda bunday holatda oldinga engashadi, qo’l yuqoriga siltab, o’yinchi yuqoriga sakraydi. Bir oyoq depsinib sakrash kamdan-kam qo’llaniladi. (45-rasm) T o’pni o’yinga kiritish. To’pni o’yinga kiritig muhim texnik usullardan hisoblanib, nafaqat o’yin boshlashga va ochkoni yutib olishga imkon beradi. To’pni o’yinga kiritishni pastdan va yuqoridan, shuningdek to’g’ridan va yondan to’pni o’yinga kiritishga bo’linadi. Ko’pchilik o’yinchilar to’pni o’yinga kiritishni to’pni aylantirish va aylantirmasdan bajaradilar. To’pni uchish tezligi oshirish bilan keng diapazonda o’zgaradi. Pastdan uzatganda to’p sekin uchadi, yuqoridan esa tez uchadi. Pastdan to’pni o’yinga kiritish. To’pni o’yinga kiritishni bajarishda, o’yinchi to’rga yuz bilan turishi eng ko’p qulay holat hisoblanadi. Oyoqlar elka kengligida va biroz bukilgan holda qo’yiladi. Bitta oyoq maydonchada oldinga qo’yilgan. To’p tirsakdan bukilgan qo’lda bo’lib, taxminan bel balandligida bo’ladi. Zarba beruvchi qo’l siltash uchun orqaga uzatiladi, so’ngra yuqoriga otilgan to’p pasayishi vaqtida, past-orqa tomoniga zarba beriladi. Zarba berish vaqtida panjalar mustahkam langan, barmoqlar siqilgan. Gavdani og’irligini orqada turgan oyoqdan oldinda turgan oyoqqa o’tkaziladi. To’pni uchish yo’nalishi va balandligi panjani to’p bilan bir-biriga tegish vaqtiga bog’liq bo’ladi. To’pni oshirishni musht bilan ham bajarish mumkin. (46-rasm) Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling