O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti
Tijorat banklari tomonidan 2019 yil 1 dekabr holatiga (yil boshidan) ajratilgan investitsion kreditlar to’g’risida
Download 187.45 Kb.
|
KURS ISHI IN
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Banklarning evolyutsiyasi, bozor iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati.
Tijorat banklari tomonidan 2019 yil 1 dekabr holatiga (yil boshidan) ajratilgan investitsion kreditlar to’g’risida
MA’LUMOT Iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash, texnik va texnalogik yangilash, uning raqobatdoshligini oshirish,eksport salohiyotini yuksaltirish, innovatsion va energiyani tejaydigan texnalogiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqazishlarni joriy etish,jahon bozorida talab mavjud bolgan tovarlar ishlab chiqarishni o;zlashtirish vas hu orqali mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini taminlashda bank tizimi tomonidan olib borilayotgan investitsion siyosat oz samarasini bermoqda. Xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik vatexnalagik yangilash, zamonaviy texnalogiya asosida raqobat bardosh mahsulot ishlab chiqazishni tashkil etish maqsadlariga 2018-yilning 1-dekabr holatiga 35,1trln.som yoki 2017-yilning shu davriga nisbatan 2.4 barobarga ko’p investitsionkreditlar ajratildi. Bunda banklarning banklarning investitsiyaviy faoliyati ustuvor ravishda tarmoqni rivojlantirish va mahalliylashtirish,hududlarni rivojlamtirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirishga qaratilmoqda. 1.Banklarning evolyutsiyasi, bozor iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati. O'zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta'sir qiluvchi tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning evolyutsion, tadrijiy yo'lini bosib o'tishga, anchagina mashaqatlarni bartaraf etishiga to'g'ri keldi.1991-yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishini o'zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish uslublarini o'zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo'la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi, mamlakat Markaziy bank zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos sifatida xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish va tijorat banklari tizimi, to'lov tizimini shakllantirish vazifalsi qo'yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish, tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi. 1995 yil bank qonunchiligini o’zgartirish davri bo'lgani bilan ajralib turadi. Tarixiy muhim hujjat “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asosini boyitdi, balki O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi, alohida maqomi va vakolatlarini, asosiy maqsad-vazifalarini belgilab berdi. 1996 yil ushbu yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi qonuni ikkinchi darajali bank tizimi tijorat banklari faoliyatini huquqiy asosini konkretlashtirdi. Mazkur jarayon 1997 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni e'lonidan so'ng jadallashdi. Unda jismoniy shaxslarning ellik foizdan kam bo'lmagan ulushi bilan banklar tashkil qilish uchun imtiyozlar taqdim etish ko'zda tutilgan . 1997 yil bank tizimini rivojlanish tarixida bank faoliyatida axborot tizimlarini joriy qilish boshlangani bilan ahamiyatlidir. Shu tariqa, moliyaviy va iqtisodiy axborotni sifat jihatidan yangi iste'molchilari mahalliy va xorijiy investorlari paydo bo'ldi.Mazkur davrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov davlatimizda moliya-bank tizimini rivojlantirish, uning faoliyatini mustahkamlash, sifat jihatidan yaxshilash masalasiga yanada ko'proq e'tibor brdi. Shu munosabat bilan qator yetakchi banklar (“O'zsanoatqurilishbank”, “Asaka” va boshqalar)ning kapitallashuv darajasini oshirish bo'yicha muhim qaror qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” ustav fondini ko'paytirish to'g'risida”gi qarori mazkur bankni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish bo'yicha a kredit markazlaridan biriga aylantirgan holda uni faoliyatini sifat jihatidan yaxshiladi. Ushbu davrdagi har bir yil davlat bank-moliya tizimining rivojlanishida yangi bosqich sifatida qayd etiladi. 2001 yil. Ushbu yilning 1 iyulidan e kichik biznes korxonalari o'zlari ishlab chiqargan tovarlar (ish va xizmatlar)ni bank kassalari orqali belgilangan tartibda valyuta ulushini o'z hisobiga o'tkazish yo'li bilan naqd xorijiy valyutada amalga oshirishga ega bo'ldi. 2002 yil aholini banklardagi omonatlarini ximoyalashni ishonchli, samarali mexanizmi yaratildi.O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to'g'risida”gi qonuni doirasida Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tashkil qilindi. Davlat-tijorat Xalq bankidan boshqa, respublikamiz hududida ofaoliyatini olib boruvchi hamma banklar unga a'zo bo'ldi. Ishonchlilik, xizmat ko'rsatishni yuqori sifati, barcha mijozlar bilan sheriklik munosabatlari O'zbekiston banklarining asosiy printsiplarga aylana bordi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, davlatimizda chakana xizmatlar rivoji xalqaro bank va moliya kapitalini keng jalb qilgan holda qo'shma banklarni tashkil qilishga ta'sir ko'rsatdi. Respublikamiz bank bozori yuz foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarni vujudga kelishi sababli tubdan o'zgardi. Xususiy banklarni xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchaytirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan bo'ldi. Davlatimiz hukumati va Markaziy bank soliq imtiyozlari va kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy yordam taqdim etgan holda ularng rivojlanishini rag'batlantirib bormoqda. Ayni damda xususiy banklarning soni tijorat banklarin umumiy sonini yarmini tashkil etadi. Respublikamizda xususiy banklar rivojlanishini rag'batlantirish raqobatni oshirishga, ko'rsatilayotgan bank xizmatlarning sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarni samarali taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o'z navbatida, xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish va rivojlantirish jarayonlariga yaxshi ta'sir ko'rsatmoqda. O'zbekiston Respublikasining“Iste'mol krediti to'g'risida”gi qonuni iste'molchilarning huquq va manfatlarini ximoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatli. Mazkur qonun turar-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash borasida aholini imkoniyatlarini kengaytirishga, binobarin, banklarda iste'mol kreditlash hajmini sezilarli darajada ortishiga xizmat qiladi. O'zbekiston tijorat banklari respublikamizdagi va jahon bank hamjamiyatidagi yangi voqelikka javoban o'zlari taklif qilayotgan xizmatlari to'plamini ko’paytirdi, bozorga yangi bank mahsulotlarini chiqardi va ayni paytda moliya institutlari faoliyatini xalqaro standartlarini joriy etishga kirishdi. Download 187.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling