O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti


Kredit tizimi haqida tushuncha va uning tarkibiy qismi


Download 187.45 Kb.
bet4/5
Sana02.05.2023
Hajmi187.45 Kb.
#1420884
1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHI IN

3.Kredit tizimi haqida tushuncha va uning tarkibiy qismi.
Krеdit tizimidagi asоsiy o’rinni bank institutlari, bank institutlari tarkibida esa salmоqli o’rinni tijоrat banklari egallaydi. Tijоrat banklari krеdit tizimining bоshqa 9 bo’g’inlariga nisbatan ko’prоq bo’sh rеsurslarni jalb qiladi va ko’p miqdоrda mijоzlarga krеditlar bеradi.
Bank kreditlari qarz oluvchilar tomonidan hoxlagan maqsadda ishlatilishi mumkin. Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud uslubiy asoslarga suyanadi.Uning asosiy elementlari bo'lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalarning ma'lum tamoyillari asosida olib boriladi. Bular kreditning qaytarib berilishligi va muddatliligi, taminlanganligi, maqsadliligi va to'lanishligi tamoyillaridir.
Kreditning qaytarib berilishligi tamoyili. Bu tamoyil kreditning mustaqil iqtisodiy kategoriya ekanligi shartidir, qaytib berilishlik kreditning umumiy belgisi hisoblanadi.
Qaytib berilishlik o'z-o'zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga va qiymat aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishni tugashi - bu hali qaytarib berish emas faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashdir. Kreditning maqsadliligi. Bu tamoyilning mohiyati shuki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan bo'lishi zarur. Bunda kredit muayyan, aniq obyektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zahiralariga, tayyor mahsulotga va jo'natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hokozo.
Kredit tomonidan bajariladigan funksiyalar turli adabiyotlarda har xil beriladi. Ko'p adabiyotlarda kreditning 4 ta funksiyasi ko'rsatilgan va asoslangan bo'lib, bular quyidagilardir:
- kapitallarni qayta taqsimlash va foyda normasini tekislash (tengiashtirish);
-muomala xarajatlarini tejash;
- kapitalning markazlashuvi;
- kapitalning yig'ilishi va jamg'arish funksiyasi.
Biroq boshqa ko'pgina kitoblarda kreditning boshqa 4 ta funksiyasi ko'rsatilgan:
- qayta taqsimlash funksiyasi;
- qayta takror ishlab chiqarish funksiyasi;
-muomaladagi haqiqiy naqd pul mablag'larini kredit muomala vositalari biian almasbtirishi;
-rag'banlantirish funksiyasi.
a) Kreditning qayta taqsimlanish funksiyasi 2 ko'rinishda — pul va tovar shakllarida amalga oshirilisbi mumkin.
b)Takror ishlab chiqarish funksiyasida esa kredit 2 xil ko'rinishda namoyon bo'ladi:
1.Qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar ularga kerakli kapital hajmini ta'minlaydi, tadbirkorlik faoliyatini olib borisbiga imkon yaratiladi.
2.Turli korxonalarga kredit berilishi natijasida jamiyat miqyosida ishlab chiqarish uchun yaxshi va yomon holatlar (sharoitlar) vujudga kelishi murakin (sifat, tannarx, baho).
c)Muomaladagi haqiqiy va naqd pul mablag'larini kredit to'lov vositalari bilan almashtirish funksiyasida haqiqiy (oltin) puilar pul belgilari (banknotalar) bilan almashtiriladi.
d)Rag'banlantirish funksiyasida kredit ishlab chiqarishga va muomalagc mikro va makro darajada ta'sir ko'rsatadi. Buning natijasida inablag'lardar tejamli foydalanishga asos yaratiladi.
Shuningdek, Kredit inavatsion jarayonlarda ishlab chiqarishga ilmiy tadqiqot natijalarini joriy qilish va ishlab chiqarish texnologiyasini ozgartirish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur.

Download 187.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling