O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


Visual Studio 2022 muhitida ishlash


Download 0.78 Mb.
bet2/4
Sana18.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1210837
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi2

1.1. Visual Studio 2022 muhitida ishlash.
Microsoft Visual Studio integratsiyalashgan dasturiy ta’minot ishlab chiqish muhiti va bir qator boshqa vositalarni o‘z ichiga olgan Microsoft mahsulotlari qatoridir. Ushbu mahsulotlar sizga konsol ilovalari va grafik interfeysga ega o‘yinlar va ilovalarni, shu jumladan Windows Forms texnologiyasini, UWPni qo‘llab-quvvatlaydigan dasturlarni, hamda veb-saytlarni, veb-ilovalarni, vebxizmatlarni mahalliy va boshqariladigan kodlarda ishlab chiqish imkonini beradi. Microsoft tomonidan Xamarin sotib olingandan so‘ng, IOS va Android dasturlarini ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi. Visual Studio IntelliSense texnologiyasini qo‘llab quvvatlaydigan va kodni osongina qayta ishlash qobiliyatiga ega manba kodi muharririni o‘z ichiga oladi. O‘rnatilgan tuzatuvchi manba darajasidagi tuzatuvchi yoki mashina darajasidagi tuzatuvchi sifatida ishlashi mumkin.

  • Bugungi kunda Visual Studio quyidagi versiyalarga ega:

1. Visual Studio 97
2. Visual Studio 6.0 (1998)
3. Visual Studio .NET (2002)
4. Visual Studio .NET 2003
5. Visual Studio 2005
6. Visual Studio 2008
7. Visual Studio 2010
8. Visual Studio 2012
9. Visual Studio 2013
10. Visual Studio 2015
11. Visual Studio 2017
12. Visual Studio 2019
13. Visual Studio 2022

  • Visual Studio quyidagilardan birini yoki bir nechtasini o‘z ichiga oladi:

  • Visual Basic

  • .NET va undan oldin Visual Basic

  • Visual C++

  • Visual C# (Visual Studio .NET dan beri kiritilgan)

  • Visual F# (Visual Studio 2010 dan beri kiritilg

JavaScript Python (Visual Studio 2019 dan beri kiritilgan) XAML Visual Studio Version 4.0 dan oldin Visual Basic 3, Visual C++, Visual FoxPro va Source Safe mustaqil paketlar sifatida yuborilgan .
Bugungi kunda Visual Studio ning oxirgi Visual Studio 2022 eng ommabop bo‘lib, u ko‘plab qulayliklarga ega.
Jumladan, oldingi versiyalarga nisbatan bir qancha tez terish funksiyalari qo‘shilgan va foydalanuvchilar uchun ham bir qancha qulayliklar yaratilgan. Shu bilan birga shuni qo‘shimcha qilish kerakki, Visual Studio 2022 oldingi versiyalardan o‘zining dastur yozilayotgan paytda beradigan takliflari ko‘pligi va muqobilligi bilan ajralib turadi.
Quyida Visual Studio 2022 muhitida yangi dastur hosil qilish va uning bir qancha funksiyalarini ko‘rib chiqamiz: Visual Studio 2022 ilovasiga kirilgandan keyin yangi loyiha yaratish tugmasi bosiladi.

So‘ngra yaratiladigan dasturga rejimi tanlanadi:
Misol uchun Console (.NET Framework) rejimini tanlaymiz.Keyin dasturga nom berish oynasi chiqadi.Bunda dasturga nom berishimiz va kompyuter xotirasining qaysi jildida saqlanishini ham ko‘rsatishimiz mumkin.

Shundan keyin dastur oynasi ochiladi va biz dasturimizga kodlarni yozishimiz mumkin bo‘ladi.


1.3.Algoritmlar va ularning to’liq tuzilishining bosqichlari va ishlab chiqish uslublari.
Algoritmlarning turli tariflari mavjud. Rasmiy tariflaridan biri bo’yicha algoritm bu qo’yilgan masalani bir xil yechishiga olib keluvchi aniq harakatlarning ketma-ketligi. Bu tushunchadan algoritmning quyidagi xossalari kelib chiqadi:
1.Diskretlilik-aniqlanayotgan jarayonni qadamba-qadam ko’rinishi;
2.Ommaviylik-algoritm o’xshash masalalar turkumini yechishi kerak;
3.Tushunarlilik-algoritmda beriladigan ko’rsatmalar foydalanuvchiga tushunarli bo’lib, uning talablariga javob berishi kerak;
4.Aniqlilik-algoritmda malum tartibda amallarni bajarish nazarda tutilishi kerak va bajaruvchiga joriy qadam tugatilishi bilan qaysi qadam keyinki bo’lib bajarilishi aniq ko’rsatilishi kerak.
Algoritmlar rasmiy ravishda bajariladi, bu degani bajaruvchi bajarilayotgan amallarni mazmunini anglash shart emas. Algoritm tuzish jarayoninga algoritmlashtirish deyiladi.
Algoritm tuzish jarayonida nazariy va amaliy nuqtai nazardan algoritmlar,dasturlash va EHMlarni qo’lllash bilan bog’liq bo’lgan bilimlar kerak. Asosiy maqsad bu masalani qo’yish, masalani yechish algoritmni tuzish, algoritmi mashina dasturi ko’rinishida amalga oshirish algoritmni samaradorligini ko’rsatish, muammolarini o’rganish. Bu jarayonlar algoritmni to’liq yaratish tushunchasiga olib keladi va quyidagi bosqichlarni belgilaydi:
1.Masalani qo’yilishi.
2.Modelini yaratish.
3.Algoritmni ishlab chiqish.
4. Algoritmni to’g’riligi tekshirish.
5.Algoritmni amalga oshirish.
6.Algoritmni va ularni murakkabligini tahlil qilish.
7. Dasturni tekshirish.
8.Hujjatlashtirish.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling