O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Ipak yo’li innovatsiyalar universiteti


Download 150.4 Kb.
bet7/8
Sana20.06.2023
Hajmi150.4 Kb.
#1633470
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Falsafa

Bahouddin Naqshband. asos solgan so‘fiylik ta’limotining nazariy asoslaridan birini Xudo, dunyo va insonning o‘zaro nisbati muammosi tashkil etadi. Bu bosh muammo talqinida so‘fiylarni ikki yo‘nalish – teistik va panteistik yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Alloh hamma narsaning yaratuvchisi deb e’tirof etilgan, insondan tashqarida turgan, dunyo uzra yuksalgan va bilish mumkin emas deb e’lon qilingan bo‘lsa, so‘fiylar ta’limoti monoteizm shakl-shamoyilini kasb etgan, dunyo va Xudo tushunchalari tenglashtirilgan taqdirda bunday ta’limot panteistik deb hisoblangan1.
Bahouddin Naqshband hayotning mazmunini Haqiqat (Olloh)ga erishishga intilishda ko‘rgan va Haqiqat (Olloh)ga erishish tashqi narsalar haqidagi bilim – shariatga asoslanadi va ichki narsalar haqidagi bilim – tariqat jarayonida yuz beradi, deb hisoblagan. U shariat Qur’oni karim va hadislarni bilishdan kelib chiquvchi diniy qonun-qoidalar to‘plami ekanligidan kelib chiqqan. Tariqat odam Haqiqatga erishish uchun qaysi bosqichlardan o‘tishi, Allohni anglash va u bilan birikish uchun qanday to‘siqlarni engishi lozimligini belgilaydi. Bunda bilish jarayonida shariatdan tariqatga o‘tish darhol yuz bermaydi. Faqat shariatni o‘zlashtirish va uning talablarini bajarish orqali Haqiqat yo‘lidan jadalroq va samaraliroq borish mumkin. Odam bilishning har bir bosqichi (m So‘fizm nazariyasi va amaliyoti ongning tashqidan ichkiga, ochiqdan yashiringa sayohatini nazarda tutadi. Bahouddin Naqshband tariqat ezoterik (yashirin, mistik) fan, u hammaga ochiq emas, uni faqat o‘zini Haqiqatga baxshida etgan odamlar anglab etishi mumkin, deb hisoblagan.
So‘fizmda mistik bilish zamirida «O‘zini bilgan odam o‘z Ollohini biladi» degan tamoyil yotadi. O‘zini o‘zi bilish orqali Ollohni bilish maqsadga erishishning eng qisqa yo‘lidir. Bahouddin Naqshband yaratgan ta’limotning asosida «Dil ba yor-u, dast ba kor», ya’ni «Ko‘ngil yorda, qo‘l – ishda», degan shior yotadi.
Xulosa. G‘arb va SHarqda o‘z tafakkur uslubida bilimlarni ifodalash va o‘zlashtirishning o‘z mexanizmlari va shakllari, bilim va haqiqatga eltuvchi yo‘lni yorituvchi o‘z mo‘ljallari mavjud. SHarq ta’limotlari va tafakkur uslubini SHarq amaliyoti va tajribasidan olingan SHarqqa xos usullar va metodlar yordamida tushunish va ichdan anglab etish mumkin. sayohatini nazarda tutadi. Bahouddin Naqshband tariqat ezoterik (yashirin, mistik) fan, u hammaga ochiq emas, uni faqat o‘zini Haqiqatga baxshida etgan odamlar anglab etishi mumkin, deb hisoblagan.
XULOSA

Qadimgi SHarq va G‘arbda falsafaning rivojlanishi, o‘ziga xosligi va betakrorligidan qat’iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega. Birinchidan, falsafiy tafakkur SHarqda ham, G‘arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson o‘zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham qo‘yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‘lim nima va h.k.


Ikkinchidan, G‘arb va SHarq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‘lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa bu erda jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi er mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.



Download 150.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling